Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


O’quvchilar bilan to’g’ri pedagogik muomalada bo’lish uchun qanday munosabat o’quvchida qanday oqibatlarni keltirib chiqarishni oldindan bilish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə61/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

O’quvchilar bilan to’g’ri pedagogik muomalada bo’lish uchun qanday munosabat o’quvchida qanday oqibatlarni keltirib chiqarishni oldindan bilish.
Shaxs odam ishtiroq etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimsining ta'siri ostida va unda o’zi bajaradigan faoliyat ta'sirida tarkib topadi.
Ijtimoiy muhitning, jamoaning shaxsga ta'siri to’g’risida gapirilar ekan, sotsial psixologiya ishlab chiqayotgan referent guruh tushunchasiga asoslanish zarur. Gap shundaki, hamma odamlar ham, hatto eng yakin tevarak-atrofdagi odamlar ham maktab o’quvchisining shaxsiga ta'sir qilavermaydi, ko’plarning fikirlariga u befarq karaydi. Xar bir odam uchun bo’lganidek, har bir maktab o’quvchisi uchun ham ayrim guruhlar (ba'zang bunday guruh bir kishidan tarkib topgan bo’lishi mumkin) mavjut bo’ladi, u shaxs sifatida bu guruhning fikirlari, o’zi uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan mulohazalari bilan xisoblashadi.
Oila, sinf, sinefdagi ayrim o’quvchilar, ba'zi o’qituvchilar, xovlidagi ulfatlar, yakin dust va xokazolar muayyan maktab o’quvchisi uchun ana shunday referent guruhlar bo’lishi mumkin. Maktab o’quvchisining tez-tez uchrab turadigan tirbiyaviy ta'sirlarga befarq yoki hatto salbiy munosabatda bo’lish xollarida ko’pincha o’quvchining tarbiyachiga ma'lum bo’lgan referent guruh pozitsiyasilaturishi sabab bo’ladi. A.V.Petrovskiyning oqilona fikriga ko’ra, agar tarbiyachi, maktab uo’quvchsisi hech narsa va hech kim bilan xisoblashmaydi, uning uchun hech qanday obro’li odamlar yuk, unga hech kim ta'sir qila olmaydi, deb davo qiladigan bulsa, bu narsa odatdatarbiyachining maktab o’quvchisining axloqiy poeziyasining belgilab beradigan ta'sirli referent guruhlardan mutlako xabarsiz eknligini bildiradi.
Psixologlar tarbiyaviy ish metodlarining psixologik asoslariniishlab chiqayotganlarida,tarbiyaning har qanday metodiga abstrakt tarzda qarab va uni baholab bo’lmaydi, degan fikrga asoslanadilar.
Shaxsning ijobiyt yo’nalishini tarkib toptirish uchun, maktab o’quvchisiningn barcha vaziyat va holatlarda to’g’ri yo’l to’tishni istashi hamda to’g’ri yo’l to’tishi uchun uning nima qilishni bilishi, o’zi xurmat qiladigan kishilarning nima qilayotganlarini ko’rishi va o’zi ham to’g’ri xulq-atvorli bo’lishni mashq qilish (bu – eng muhimi) zarur.
Bilimlar – axloqiy tasavvurlar va tushunchalarning muayyan tizimsini egallamasdan turib haqiqiy e'tikodlarni tarkib toptirib bo’lmaydi. O’z-o’zidan bu bilimlar axloqiy xulq-atvorni belgilamasdan turib, unga muhim ta'sir ko’rsata olmaydi.
Axloqiy ongni tarkib toptirishning eng muhim yo’li o’quvchilarning o’zlarida to’g’ri xulq-atvorni yuzaga keltirish bilan axloqiy tajribani boyitish va umumlashtirish yo’lidir, albata. O’quvchilardagi axloqiy bilimning turli-tuman formalari, ularning ongi va xis-tuygulariga jonli, yorkin otashin so’zning (tarbiyachilar, maktab kutubxonalari tomonidan uyushtirilgan individual va kollektiv etik suhbatlari, ma'ruzalar, munozaralar, kitobxonlar konferentsiyalarining) ta'siri bu ishni ancha tuldirishi mumkin .
Hatto faol ta'sir ko’rsatishning ajoyib ustasi bo’lgan A.S. Makarenko ham axloqiy (etik) suhbatlarning chinakam tarafdori edi.Uning o’zi nazariy axloqiiy turdagi suhbatlarning konspektini yozar, ularda eng yaxshi axloqiynazariyaning eng katta samaralarining ko’rar edi.
Muayyan tamoyillar ishlab chiqilgan bo’lib, axloqka doirsuhbatlar usha tamoyillar asosida tuzilishi kerak.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin