I.Tashkiliy qism:Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga savollar bilan murojat qiladi.
1.Angliya va Fransiya o`rtasidagi Yuz yillik urush qachon bo`lib o`tgan?
2.Yuz yillik urushga nima sabab bo`ldi?
3.Fransiya qo`shinlarining urushning bosqichidagi mag`lubyati sabablari nimada edi?
4.Jakeriya qo`zg`oloni haqida ma`lumot bering.
O`quvchilar savollarga javob bergandan keyin rag`batlantiriladi.
O`qituvchi yangi mavzuni aytmasdan oldin o`quvchilardan yurtimiz tarixida bo`lib o`tgan bosqinchilik urushlari haqida va milliy ozodlik harakati kurashchilari to`g`risida ma`lumot beradi va buyuk vatanparvar bobolarimiz haqida so`raydi, o`quvchilar Jaloliddin Manguberdi,Amir Temur, Temur Malik va boshqalar haqida ma`lumot beradilar. O`qituvchi yangi mavzuni aytadi va Fransiya tarixida xalq ozodligi uchun kurashgan Janna D`Ark haqida ma`lumot beradi.