Oltingugurtli konlarning shaxtalari gaz (serovodorod) va chang miqdoriga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
Oltingugurtli konlarning shaxtalari gaz (serovodorod) va chang miqdoriga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
a) oddiy ish rejimli zaharli gaz va chang xavfi bo‘lmagan shaxtalar;
b) ish sharoitlariga quyida keltirilgan qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan zaharli gaz xavfi bo‘lgan shaxtalar;
v) ish sharoitlariga quyida keltirilgan qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan chang portlash xavfi bo‘lgan shaxtalar;
Gaz va chang xavfi bo‘lgan oltingugurt shaxtalariga tarkibidagi o‘rtacha oltingugurtning miqdori kamida 12% bo‘lgan ruda qazib olinadigan shaxtalar kiradi.
Zaharli gaz xavfi bo‘lgan oltingugurt shaxtalari uchun quyidagi tadbirlarning bajarilishi shart hisoblanadi:
Zaharli gaz xavfi bo‘lgan oltingugurt shaxtalari uchun quyidagi tadbirlarning bajarilishi shart hisoblanadi:
a) kapital va tayyolash qazilmagohlarini kovlashda – oldinga (5-10 m) burg‘ilash usulidan foydalanish;
b) tarkibida erigan serovodorod bo‘lgan shaxta suvlarini yopiq nov yoki quvurlarga chiqarish;
v) shaxta tushadigan ishchilarni respiratorlar bilan ta’minlash;
CHang portlash xavfi bo‘lgan oltingugurt shaxtalari ruda tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab ikki guruhga ajratiladi:
I guruh - 12 dan 18% gacha
II guruh - 18% dan ortiq
CHang portlash xavfi bo‘lgan shaxtalar uchun quyidagi tadbirlarning bajarilishi shart hisoblanadi:
CHang portlash xavfi bo‘lgan shaxtalar uchun quyidagi tadbirlarning bajarilishi shart hisoblanadi:
I guruh shaxtalar uchun:
a) qazilma devorlaridan changni yuvish;
b) portlatish oldin zaboyni suvlash.
II guruh shaxtalar uchun:
a) zaboyni suvlash va muntazam ravishda qazilma devorlaridan oltingugurt changini yuvish;
b) saqlovchi PM yordamida elektr portlatish;
v) portlash xavfi bo‘lmagan elektr uskunalaridan foydalanish.
Oltingugurt changi xavfi bo‘lgan shaxtalardagi kon yo‘llari uchun ballast sifatida faqat inert jinslar qo‘llanilishi kerak.