Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
Xulosalar 
Ta‘mirlash xo‘jaligining vazifalari: jihozlarni ekspluatatsiya qilish va 
ta‘mirlashning ratsional tizimlarini tashkil etish, jihozlarni ishlatish muddatini 
oshirish maqsadida jihozlardan foydalanish madaniyatini oshirish,ta‘mirlash 
ishlarining mehnat sig‘imi hamda tannarxini kamaytirish va sifatini oshirish, 
jihozlarni modernizatsiya qilish. 
Ta‘mirlash ishlarini tashkil etish tizimlari: talab bo‘yicha ta‘mirlash, defekt 
vedomosti bo‘yicha ta‘mirlash, ROT va texnik xizmat ko‘rsatish tizimi. 
Ta‘mirlash ishlarini tashkil etish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi 
mumkin: markazlashgan, markazlashmagan, aralash.
ROT tizimi – jihozlarni doimiy ravishda ishga tayyor turishlarini 
ta‘minlashga qaratilgan ta‘mirlash va xizmat ko‘rsatish tadbirlarining yig‘indisi. 
Nazorat savollari. 
1. Ta‘mirlash xo‘jaligining vazifasi nimalardan iborat? 
2. Ta‘mirlash xo‘jaligining tarkibi qanday? 
3. Ta‘mirlash ishlari qanday usullarda amalga oshiriladi? 
4. ROT tizimining mohiyati nimada? 
5. Ta‘mirlashning qanday turlari mavjud? 
6. ROT tizimi qanday normativlarga asoslanadi? 
7. Ta‘mirlash murakkablik kategoriyasi nima uchun belgilanadi? 
8. Ta‘mirlash ishlari qanday rejalashtiriladi? 
9. Ta‘mirlovchi ishchilar soni qanday aniqlanadi? 
10. Ta‘mirlash mehnat sig‘imi qanday aniqlanadi? 
 
Testlar: 
1. Joriy ta'mirlash moxiyati nimada? 


a) joriy ta'mirlash xajmi bo'yicha kichik ta'mirlash turi bo'lib, unda tez yeyiluvchi 
detal va bo'g'inlarni almashtirish va qayta tiklash hamda mexanizmlarni sozlashdir; 
b) joriy ta'mirlash — kichik ta'mirlash turi bo'lib, unda barcha detallarni 
almashtirish amalga oshiriladi; 
c) joriy ta'mirlash — mexanizmlarni sozlash operatsiyalaridir; 
d) joriy ta'mirlash — tez yeyiluvchi detallarni almashtirish v asozlash aniqligini 
tekshirishdir; 
3. Ta'mirlash ishlarini tashkil etish qanday shakllarda amalga oshiriladi? 
a) markazlashtirlgan, aralash; 
b) markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan, aralash; 
c) yakka tartibli, aralash, markazlashtirilgan; 
d) markazlashtirilmagan, markazlashtirilgan; 
4. Ta'mirlash murakkablik kategoriyasi deganda nimani tushunasiz? 
a) mashinaning konstruktiv xususiyatlarini ifodalaydi; 
b) ta'mirlashning xususiyatlarini xarakterlaydigan ko'rsatkichdir; 
c) jihozning konstruktiv va ta'mirlash xususiyatlarini sifat xarakteristikasidan 
iborat; 
d) texnologik va ta'mirlash xususiyatlarining sifat xarakteristikasidir; 
5. ROT tizimida qanday ta'mirlash turlarini bilasiz? 
a) kichik, o'rta; 
b) kichik, joriy, zudlik remont; 
c) o'rta, kapital, yakuniy; 
d) kichik, o'rta, capital;
6. Ta'mirlashlar aro davr qanday aniqlanadi? 
a)Tr = Ts / (Ro‘ * Rm * 1) Bu yerda : Ts- ta'mirlash sikli davomiyligi.
b)Tr = Ts / (Ro‘ + Rm * 1) Ro‘ -o'rta ta'mirlashlar soni.


c)Tr = Ts / (Ro‘ * Rm + 1) Rm – kichik ta'mirlashlar soni. 
d)Tr = Ts / (Ro‘ + Rm + 1) 
7.Korxonaning rejali ogaxlantiruvchi ta'mirlash (ROT) tizimi tarkibiga nimalar 
kiradi ? 
a) jihozlarni to'liq nazorat qilish, ta'mirlash ishlarining mehnat sig'imi 
normativlari; 
b) ta‘mirlashlararo xizmat ko'rsatish davriy ta‘mir operatsiyalari, rejali 
ta‘mirlashlar; 
c) kapital ta‘mirlash, xizmat ko'rsatish; 
d) ta‘mirlash sikli, ta‘mirlash sikli tizimi, jihozni ta‘mirlashda turib qolish 
davomiyligi; 
8. ROT tizimida ta‘mirlasharo davr nima? 
a) kapital ta‘mirlash va tekshiruv o'rtasida jihozning ishlash davri; 
b) ikki tekshiruv orasida jihozning ishlash davri; 
c) o'rta ta‘mirlash va tekshiruv o'rtasida jihozning ishlash davri; 
d) ikki ketma - ket ta‘mirlash o'rtasida jihozning ishlash davri; 
9. 2 kapital ta‘mirlash orasidagi davr nima deb yuritiladi? 
a) ta‘mirlashlararo davr; 
b) kuzatishlararo davr; 
c) ta‘mirlash sikli; 
d) ta‘mirlash sikli tizimi. 
10. Kuzatishlar aro davr nima? 
a) 2 ketma - ket kuzatish yoki kuzatish va keyingi ta‘mirlash orasidagi davrdir; 
b) 2 ketma - ket ta‘mirlash orasidagi davr; 
c) 2 kapital ta‘mirlash orasidagi muddatdir; 
d) kapital ta‘mirlash va kuzatish orasidagi vaqtdir; 



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin