Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
 
G.M.DAVLYATOVA, O.N. TO’YCHIYEVA, A.A.SALIMOV 
 
 
 
 
 
 
 SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH 
 
DARSLIK 
 
(5230100 ―Iqtisodiyot‖ ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
FARG’ONA-2020 
 
 


―Sanoat korxoalarida ishlab chiqarishni tashkil etish‖. Darslik 
 
G.M.Davlyatova, O.N.To‘ychiyeva, A.A.Salimov 
Darslikda sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning nazariy 
va amaliy asoslari yoritilgan. Xususan, ishlab chiqarish korxonalari tuzilmasi va 
xarakteristikalari, ishlab chiqarish turlari va usullari, ishlab chiqarishni tashkil 
etishning oqimli va partiyali usullari, yordamchi va xizmat ko‘rsatish 
xo‘jaliklarini tashkil etish, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, korxonada texnik 
nazoratni tashkil etish, korxonalarida mehnatni tashkil etish, sanoat korxonalarida 
tezkor rejalashtirish masalalariga e‘tibor qaratilgan. 
Darslik 5230100 ―Iqtisodiyot‖ (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) ta‘lim 
yo‘nalishida tahsil olayotgan oliy o‘quv yurti talabalari va professor-o‘qituvchilar 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan iqtisodiyotning turli sohalaridagi mutaxassislar 
ham foydalanishi mumkin. 
Taqrizchilar:
I.f.d., professor N.Maxmudov 
I.f.n., dotsent I.Xotamov 
I.f.n., dotsent E.A.Muminova


KIRISH 
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholining turmush farovonligini 
oshirish zaruriyati insonlardan yangicha iqtisodiy fikrlashni talab qiladi. Bu esa 
ularda iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirish zaruriyatini keltirib chiqarali. Xususan, 
2019 yil 8 oktyabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
―O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi PF-5847-sonli farmoniga asosan ilm-
fanni yangi bosqichga ko‘tarish ustivor vazifa sifatida belgilanganligi malakali 
kadrlarni tayyorlashga yangi talablarni qo‘yadi. Ayniqsa, mamlakatimizda 
iqtisodiy sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojni 
qondirish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, O‘zbekistonni yuqori 
darajadagi industrlashgan mamlakatga aylantirish sanoat korxonalari faoliyatini 
takomillashtirish bo‘yicha asoslangan qarorlarni qabul qilishni talab qiladi. 
Zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalarini va shakllarini hamda 
usullarini mukammal o‘zlashtirgan mutaxassisgina mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishni ta‘minlaydi. Vaholanki hozirgi vaqtda turli mahsulotlar ishlab 
chiqaruvchi korxonalarni barpo etish va shu orqali iqtisodiyotni mustahkamlash 
ustuvor masala sifatida belgilangan. 
Qo‘yilgan ushbu masalalarni hal qilish yuqorida aytilganidek chuqur 
iqtisodiy bilimlarni talab etadi. Shuning uchun malakali iqtisodchi kadrlarni 
tayyorlashda ―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish‖ fanining 
ahamiyati beqiyosdir. ―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish‖ fani 
ixtisoslik fanlar blokidagi tanlov fani sifatida ―Iqtisodiyot‖ ta‘lim yo‘nalishining 
o‘quv rejasiga kiritilgan. ‖Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish ‖ 
fanini o‘zlashtirish davomida talabalar korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari, 
ishlab chiqarish tuzilmasi, ishlab chiqarish turlari va usullari, mahsulot sifatini 
nazorat qilish usullari, korxonada strategik va taktik rejalashtirishni tashkil etish 
bo‘yicha bilim va malakalarini shakllantiradi. 


Darslikning mazmuni talabalarda sanoat korxonalari faoliyatini samarali 
tashkil etish bo‘yicha mustaqil mushohada yuritishga ega bo‘lish imkoniyatlarini 
beradi. Shunindek, unda korxona faoliyatini tashkil etishga tegishli masalalarni 
berilishi talabalarda qisqa muddat davomida faoliyatni tahlil qilish va yechim topa 
olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, bu fan talabalarga zamonaviy 
sharoitlarda korxonani qanday tashkil etish, uning faoliyatini yuritishga 
yo‘naltirilgan zarur bilimlarni bergan holda faoliyatni samarali tashkil etish 
bo‘yicha mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin