Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
 
 


2-BOB. KORXONA – MILLIY IQTISODIYOTNING ASOSIY BO’G’INI
SIFATIDA 
 
Tayanch so’z va iboralar. 
Korxona, turlari, ishlab chiqarish- texnik birlik, tashkiliy-iqtisodiy birlik, umumiy 
tuzilma, ishlab chiqarish tuzilmasi, sex,uchastka, ish o‘rni. 
2.1.Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o’rni va roli. 
Ishlab chiqarish korxonasi iqtisodiyotning asosiy, yetakchi bo‘g‘ini 
hisoblanadi. Chunki, aynan korxonalarda asosiy ishlab chiqarish jarayonlari keng 
avj oladi, mehnat va ishlab chiqarish tashkil qilinadi, iqtisodiy munosabatlar 
amalga oshiriladi, moddiy boyliklar yaratiladi. 
Yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la 
yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida 
mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki ayirboshlaydigan, ishlarni 
bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha 
shakllari teng huquqliligi asosida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini 
ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub‘yekt korxona hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish korxonalariga zavodlar, fabrikalar, shaxtalar,karyerlar va 
boshqa ishlab chiqarish xarakteridagi xo‘jalik tashkilotlarini kiritish mumkin. 
Xodimlar, asosiy vositalar, axborot va mablag‘lar korxonaning ichki 
muxitini tashkil etadi. Ichki muxit komponentlarining o‘zaro ta‘siri natijasida
tayyor mahsulot yaratiladi. 
Hech bir korxona tashqi muhitdan ajralgan xolda faoliyat ko‘rsatmaydi. 
Korxona faoliyati samaradorligini va maqsadga muvofiqligini belgilab beradigan 
tashqi muxit sifatida mahsulot istemolchilari, ta‘minotchilar, shuningdek davlat 
organlari va korxona atrofida yashovchi axoli maydonga chiqadi. 
Bugungi kunda Respublikamizda ro‘yxatga olingan korxonalar va 
tashkilotlar soni quyidagi 2.1-jadvalda keltirilgan. 


2.1-jadval. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin