Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

mulk shakliga ko’ra − davlat, qo‘shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, 
kooperativ va boshqa turdagi korxonalarga ajratiladi; 



qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko’ra − korxonalar ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish (mashinasozlik, ko‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo) sohalariga 
mansub bo‘lishi mumkin; 

ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko’rinishiga ko’ra − korxonalar 
sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo‘linadi; 

texnologik umumiyligiga ko’ra − korxonalar ishlab chiqarish jarayonini 
uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi 
asosida yurituvchilarga bo‘linadi; 

tayyor mahsulotning maqsadlariga ko’ra − barcha korxonalar ikkita katta 
guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste‘mol 
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar; 

foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko’ra − sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi 
va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi; 

yil davomida ishlash muddatiga ko’ra − korxonalar mavsumiy va yil bo‘yi 
faoliyat yurituvchilarga bo‘linadi; 

hajmiga ko’ra − korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga 
taqsimlanadi; 

ixtisoslashuv darajasiga ko’ra − korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash 
korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi 
cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar 
qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar 
tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni 
tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi; 

ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko’ra − korxonalar ishlab 
chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor 
turuvchi korxonalarga bo‘linishi mumkin; 


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin