Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
Xulosalar 
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining ob‘yekti bu 
sanoat korxonasidir. 
―Sanoat korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish‖ fanining predmeti 
deganda korxonalarning ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyati sharoitida iqtisodiy 
qonunlarning harakati va namoyon bo‘lish shakllari va eng kam mehnat, moddiy 
va ma‘naviy harajatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishni ta‘minlovchi yuqori 
samarali ish usullarini ishlab chiqish tushuniladi. 
―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish ― fanining metodologik 
asosini dialektika bilimining umumiy nazariyasi tashkil etadi. Bu nazariyaga 
binoan masalalar va voqeliklar o‘zaro aloqadorlikda, bir-birini taqozo etish, vaqt 


va fazoda ularning o‘zgarishi va rivojlanishida eskilik bilan yangilikning kurashida 
ko‘rib chiqiladi. 
Ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida bu fan har turli xususiy usullardan
jumladan, mushohada, abstrakt tafakkur, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, 
monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va 
u bilan bog‘liq bo‘lgan normativ usul, extimollar), iqtisodiy - matematik 
modellashtirish, optimallashtirish, modellashtirish, anketalash, ekspertli baholash
iqtisodiy eksperiment (tajriba) dan foydalanadi 
 
Nazorat savollari. 
1. ―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish ― fanining ob‘yekti 
nima? 
2. Fanning predmeti deb nimani tushunasiz? 
3. Fanning maqsadi nimalardan iborat? 
4. Fanning vazifalarini so‘zlab bering? 
5. Fan boshqa iqtisodiy fanlar bilan qanday bog‘langan? 
6. ―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish ― fanining iqtisodiy 
fanlar ichidagi o‘rni? 
7. Fan qanday bo‘limlarni o‘rganadi? 
8. Fanni o‘rganish uslubiyati qanday? 
9. Fanning mohiyati nimadan iborat? 
10. Yuqori samaradorlikka erishishda ishlab chiqarishni oqilona tashkil 
etishning ahamiyati nimada namoyon bo‘ladi? 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin