Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə48/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Qisqa xulosalar.
Ta’mirlash xo‘jaligining vazifalari, jihozlarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlashning ratsional tizimlarini tashkil etish, jihozlarni ishlatish muddatini oshirish maqsadida jihozlardan foydalanish madaniyatini oshirish, ta’mirlash ishlarining mehnat sig ‘imi hamda tannarxini kamaytirish va sifatini oshirish, jihozlarni modernizatsiya qilish.
Ta’mirlash ishlarini tashkil etish tizimlari: talab bo‘yicha ta’mirlash, defekt vedomosti bo ‘yicha ta’mirlash, ROT va texnik xizmat ko ‘rsatish tizimi.
Ta’mirlash ishlarini tashkil etish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: markazlashgan, markazlashmagan, aralash.
ROT tizimi – jihozlarni doimiy ravishda ishga tayyor turishlarini ta’minlashga qaratilgan ta’mirlash va xizmat ko ‘rsatish tadbirlarining yig ‘indisi.


Nazorat savollari.

  1. Ta’mirlash xo ‘jaligining vazifasi nimalardan iborat?

  2. Ta’mirlash xo ‘jaligining tarkibi qanday?

  3. Ta’mirlash ishlari qanday usullarda amalga oshiriladi?

  4. ROT tizimining mohiyati nimada?

  5. Ta’mirlashning qanday turlari mavjud?

  6. ROT tizimi qanday normativlarga asoslanadi?

  7. Ta’mirlash murakkablik kategoriyasi nima uchun belgilanadi?

  8. Ta’mirlash ishlari qanday rejalashtiriladi?

  9. Ta’mirlovchi ishchilar soni qanday aniqlanadi?

  10. Ta’mirlash mehnat sig ‘imi qanday aniqlanadi?



Test savollari:
1. Joriy ta'mirlash moxiyati nimada?
a) joriy ta'mirlash xajmi bo'yicha kichik ta'mirlash turi bo'lib, unda tez yeyiluvchi detal va bo'g ‘inlarni almashtirish va qayta tiklash hamda mexanizmlarni sozlashdir;
b) joriy ta'mirlash — kichik ta'mirlash turi bo'lib, unda barcha detallarni almashtirish amalga oshiriladi;
c) joriy ta'mirlash — mexanizmlarni sozlash operasiyalaridir;
d) joriy ta'mirlash — tez yeyiluvchi detallarni almashtirish v asozlash aniqligini tekshirishdir;

3. Ta'mirlash ishlarini tashkil etish qanday shakllarda amalga oshiriladi?


a) markazlashtirlgan, aralash;
b) markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan, aralash;
c) yakka tartibli, aralash, markazlashtirilgan;
d) markazlashtirilmagan, markazlashtirilgan;

4. Ta'mirlash murakkablik kategoriyasi deganda nimani tushunasiz?


a) mashinaning konstruktiv xususiyatlarini ifodalaydi;
b) ta'mirlashning xususiyatlarini xarakterlaydigan ko'rsatkichdir;
c) jihozning konstruktiv va ta'mirlash xususiyatlarini sifat xarakteristikasidan iborat;
d) texnologik va ta'mirlash xususiyatlarining sifat xarakteristikasidir;

5. ROT tizimida qanday ta'mirlash turlarini bilasiz?


a) kichik, o'rta;
b) kichik, joriy, zudlik remont;
c) o'rta, kapital, yakuniy;
d) kichik, o'rta, capital;

6. Ta'mirlashlar aro davr qanday aniqlanadi?


a)Tr = Ts / (Ro ‘ * Rm * 1) Bu yerda : Ts- ta'mirlash sikli davomiyligi.
b)Tr = Ts / (Ro ‘ + Rm * 1) Ro ‘ -o'rta ta'mirlashlar soni.
c)Tr = Ts / (Ro ‘ * Rm + 1) Rm – kichik ta'mirlashlar soni.
d)Tr = Ts / (Ro ‘ + Rm + 1)

7.Korxonaning rejali ogaxlantiruvchi ta'mirlash (ROT) tizimi tarkibiga nimalar kiradi ?


a) jihozlarni to'liq nazorat qilish, ta'mirlash ishlarining mehnat sig ‘imi normativlari;
b) ta’mirlashlararo xizmat ko'rsatish davriy ta’mir operasiyalari, rejali ta’mirlashlar;
c) kapital ta’mirlash, xizmat ko'rsatish;
d) ta’mirlash sikli, ta’mirlash sikli tizimi, jihozni ta’mirlashda turib qolish davomiyligi;

8. ROT tizimida ta’mirlasharo davr nima?


a) kapital ta’mirlash va tekshiruv o'rtasida jihozning ishlash davri;
b) ikki tekshiruv orasida jihozning ishlash davri;
c) o'rta ta’mirlash va tekshiruv o'rtasida jihozning ishlash davri;
d) ikki ketma - ket ta’mirlash o'rtasida jihozning ishlash davri;

9. 2 kapital ta’mirlash orasidagi davr nima deb yuritiladi?


a) ta’mirlashlararo davr;
b) kuzatishlararo davr;
c) ta’mirlash sikli;
d) ta’mirlash sikli tizimi.

10. Kuzatishlar aro davr nima?


a) 2 ketma - ket kuzatish yoki kuzatish va keyingi ta’mirlash orasidagi davrdir;
b) 2 ketma - ket ta’mirlash orasidagi davr;
c) 2 kapital ta’mirlash orasidagi muddatdir;
d) kapital ta’mirlash va kuzatish orasidagi vaqtdir;



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin