Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


- XI- BOB. SANOAT KORXONALARIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə64/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

-


XI- BOB. SANOAT KORXONALARIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH


Tayanch so ‘z va iboralar.
Mehnatni tashkil etish mohiyati, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish mazmuni, vazifalari, asoslari, yo ‘nalishlari, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, MITQ xizmati tarkibi, vazifasi, tizimi, mehnatni ilmiy tashkil etish bo ‘yicha xizmatlarni tashkil etish.


11.1. Korxonada mehnatni tashkil qilish mohiyati va ahamiyati
Mehnatni tashkil qilish – mehnat jarayoni boshlanishdan oldin ob’ekt va maqsadni belgilash, uslub va vositalarini tanlash hamda mehnat jarayonida ularni rioya qilinishi va ularning maqsadga erishishi uchun ishlashini ta’minlash demakdir. Agar ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllaridan chetga chiqiladigan bo ‘lsa, jamiyat taraqqiyotini har qanday bosqichida mehnat mavjud bo ‘lganligi tufayli uni tashkil etish ham mavjud bo ‘lgan. Ishlab chiqarish korxonalarida mehnatni tashkil etish jamiyatda mehnatni tashkil etishni asosiy elementlaridan hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning jamoa shakllari manufaktura va kooperasiyalar vujudga kelganidan keyin mehnatni tashkil etish ayrim ijrochilargina emas balki ularning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish uning eng muhim funktsiyalaridan biriga aylandi. Mehnatni tashkil etish mehnatning miqdor va sifat nisbatlaridan belgilash va ularga rioya qilish, ularni zamon va makonda muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.
Mashinalashgan sanoat ishlab chiqarish mustaqil toifa bo ‘lgan mehnatni tashkil etishga asos soldi. Bu toifa esa ishlab chiqarish jarayonida ob’ektiv aloqalarni aks ettiradi, tegishli funktsiyalar va ularni bajaruvchilarni ajratib ko ‘rsatadi. Agar ilgari ishlab chiqarish jarayoni aslida mehnat jarayoniga va ishlab chiqarishni tashkil etish - mehnatni tashkil etishga o ‘xshash bo ‘lsa endi ular ob’ekt harakter va uslublariga ko ‘ra, shakllari, funktsiyalari va ularni ijro etuvchilarga ko ‘ra farq qiladi. Bunda mehnat vositalari xal qiluvchi ro ‘l o ‘ynaydi, mehnatni tashkil etish shakllari va uning elementlari yanada rivojlanadi.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish deganda mehnatni muttasil va optimal ishlashni ta’minlash, ishlab chiqarish ijrochilari va moddiy texnika shart-sharoitlari o ‘rtasidagi aloqalar tizimini yaxshilashni mehnat jarayonini to ‘g ‘ri amalga oshirishni mehnat samaradorligini oshirishni tushunmoq kerak. Bunda mehnat taqsimoti va kooperasiyasi, mehnatni me’yorlash, mehnat intizomi, mehnat va dam olish rejimi, mehnat sharoitlari, mehnat muxofazasi, mehnat haqi, kadrlar tayyorlash, ularga bilim berish va ularning malakasini oshirish kabilar mehnatni tashkil etishning tarkibiy qismlaridir.
Mehnat taqsimoti va mehnat kooperasiyasi mehnatni tashkil etishning asosi hisoblanadi. Ular har bir xodimning umuman mehnat jarayonidagi o ‘rnini funktsiyalarini ko ‘pincha qo ‘llanilayotgan mehnat vositalari, asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallarga bog ‘liq bo ‘lgan funktsiyalari va vazifalarini, shuningdek, xodim mehnatiga, uning murakkabligiga va malakasiga qo ‘yiladigan talablarni ham belgilaydi.
Mehnat taqsimoti dastavval muayyan mehnat mahsulotini tayyoralash uchun zarur bo ‘lgan ayrim ijrochilar mehnati o ‘rtasidagi sifat jixatdan farqlarni aks ettiradi. Ammo mehnat taqsimoti ikkinchi tomondan, turli sifatga ega bo ‘lgan mehnatni miqdor nisbatlarini ham belgilab beradi. Bu nisbatlar ishlab chiqarish hajmi, uning miqyoslariga bog ‘liqdir. Turli sifat va miqdordagi mehnat o ‘rtasidagi ko ‘rsatib o ‘tilgan muvofiqlikni aniqlash uchun mehnati sarflash me’yorini bilish zarur. Bu me’yor normalash yordamida nechog ‘li aniq belgilangan bo ‘lsa, mehnat operasiyasi shu qadar samarali va mustaqil bo ‘ladi. Ishlab chiqarish jarayoni va birgalikda qilinadigan mehnatni tashkil etish, belgilangan mehnat taqsimoti va kooperasiyasiga amal qilishni ta’minlaydigan qatiiy intizomni talab qiladi. Mehnat taqsimoti va kooperasiyasi ishlab chiqarish protsessining mohiyati va harakteriga, qo ‘llanilayotgan mehnat vositalariga ob’ektiv bog ‘liq bo ‘lganiga tufayli mehnatni samarali tashkil etishning ob’ektiv va zarur sharti bo ‘lgan intizom ham muhim ahamiyatga ega.
Mehnat va dam olish rejimi mehnat intizomitga amal qilinadigan umumiy shart-sharoitlarni va doiralarni vujudga keltiradi. Mehnat rejimi ish kunining boshlanishi va tugashi, uning qancha davom etishi, ovqatlanish vaqti, smena grafiglari, ish joylari va uchastkalariga xizmat ko ‘rsatish tartibi, ish xaftasi va xaftalik dam olishning davom etishi, ish davomidagi ishlash va dam olish vaqti, navbatdagi mehnat otpuskalari, grafiklarni belgilaydi.
Mehnat qo ‘llanilayotgan asbob-uskunalar, materiallar harakteri bilan foydalaniladigan uslub va texnologiya bilan bog ‘lik bo ‘lgan muayyan sharoitda sodir bo ‘ladi. Bu shart-sharoitlar xodimning o ‘ziga ham uning mehnat samarasiga ham ta’sir ko ‘rsatadi. Masalan, me’yor bo ‘lmagan mehnat sharoiti ishchining o ‘ziga, gavdaning turli organlariga nerv tizimiga salbiy ta’sir ko ‘rsatib, uning sog ‘lig ‘ini yomonlashtirish, uning barvaqt charchatib qo ‘yishi mumkin. Normal qullay shart-sharoitini ta’minlaydigan tadbir choralar xodimning qobiliyatini saqlaydi, mehnatni jozibali qiladi, shu tariqa jiddiy ijtimoiy vazifa mehnatning yashash vositasidan asta-sekin insonning birinchi xayotiy ehtiyojiga aylanishini ta’minlaydi.
Mehnat muhofazasi kishilarni ishlab chiqarish jarayonidagi turli elementlarni uskunalar, materiallar, ximikatlar, transport vositalar, qurilmalar va boshqalar ta’siridan saqlaydi.
Mehnatni muhofaza qilishning qoniqarli darajada bo ‘lmasa mehnatni normal tashkil etishning izdan chiqaradigan ishlab chiqarish shikaslanishi sodir bo ‘lishiga mehnat jarayonining uzulishiga ayrim xollarda esa uzoq vaqt to ‘xtab qolishga olib kelishi mumkin.
Mehnatni tashkil etish ongli intizomgagina emas, balki moddiy manfaatdorlikka asoslanadi. Bunda mehnatni shunday tashkil etish nazarda tutiladiki, ya’ni dastavval kishilarning mehnat jarayonida ishtirok etish, tegishli kasb va malakalarni egallashi ta’minlaydi, mehnat unumdorligini oshirish, ish vaqtidan yaxshirooq foydalanish rag ‘batlantiriladi.
Mehnatni tashkil etish malakali mutaxassis kadrlarga ham bog ‘liq. Shuning uchun korxonada ishlovchilarning ma’lumotiga katta e’tibor berish kerak. Korxona ishlab chiqarish jarayonini yanada samarali bo ‘lishi uchun o ‘z ishchi xodimlarini o ‘qitishlari lozim. Agarda ishlayotgan odam o ‘qigan bo ‘lsa, oliy yoki o ‘rta maxsus malakaga ega bo ‘lsa, u har qanday texnika va texnologiyani o ‘zlashtira oladilar. Bu ishchilarning ish unumdorligi malakasi pastroq ishining ish unumdorligidan ancha yuqori bo ‘ladi.
Har bir inson bir soxada astoydil va e’tibor bilan kundalik topshirilgan ish vazifasini qoyilmaqom qilib bajarish bilan bir qatorda, o ‘z malakasini uzluksiz oshirish bilan shug ‘ullanish natijasida misqollab to ‘plagan tajribasini, o ‘zini kundalik mehnat faoliyatida ishga solish natijasida har ishni, xizmatni boshqa bir soxada ishlayotgan kishiga nisbatan tez, yengil va sifatli bajarish imkoniyatiga ega bo ‘ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishni samaradorligini, tayyorlangan mahsulotning yoki ko ‘rsatilgan xizmatning sifatini oshirishning asosiy yo ‘nalishlaridan biri ilg ‘or ish uslublarini ishlab chiqarishga joriy qilishdir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish (MITQ) - bu mehnat jarayoni tizimi bo ‘lib, u fan va amaliyotda erishilgan yutuqlariga asoslanadi hamda mehnat unumdorligini oshirishga, mehnatni asta-sekin kishilarning birinchi hayotiy ehtiyojiga aylantirishga qaratilgan bo ‘ladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tugallangan, barqaror tizim bo ‘lib bo ‘la olmaydi, chunki u konkret texnika bilan bog ‘liq va shu texnikaning xususiyatlari, odamga, uning bilimi va madaniyatiga qo ‘yadigan talablari bilan shartlangan bo ‘ladi. Shunday qilib, mehnatni ilmiy tashkil qilishga uning uslublarini yangi texnikaga, yangi bilimlar va yangi tajribaga muvofiqlashtirish maqsadida mehnatni muttasil ratsionallashtirib borish jarayoni deb qarash kerak.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish doimo shakllanish va rivojlanish jarayonida bo ‘ladi. Uning ko ‘p muammolari tadqiqotlarni yana davom ettirishni taqozo etadi. Bu chunonchi, mehnatni taqsimlash va kooperasiyalashning, shu jumladan, mehnatni brigada bo ‘lib, psixofiziologik jixatdan optimal shakllarini tanlashga, meoyorlarning og ‘irligini belgilash va baholash uslublariga, meoyorlash ishlab chiqish va boshqalar taaluqlidir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishga quyidagi yo ‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- mehnatni taqsimlash va kooperasiyalash shakllarini tanlash;
- mehnat usullarini takomillashtirish;
- ish joylarini to ‘g ‘ri tashkil etish;
- mehnat sharoitini yaxshilash, mehnat va dam olish rejimlarini oqilona tashkil etish;
- ijodiy aktivlikni rivojlantirish va ongli mehnat intizomini tarbiyalash;
- kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish;
- mehnatni me’yorlash va rag ‘batlantirishdan iborat.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishdagi yo ‘nalishlarning ko ‘pligi mehnatning naqadar murakkab jarayon ekanligini bildiradi. Bunda mehnatni ilmiy tashkil qilishning asosiy vazifalariga, ya’ni uning iqtisodiy, psixofiziologik va ijtimoiy vazifalariga amal qilinishi lozim.
Iqtisodiy vazifalar texnikaning mavjud darajasida mumkin qadar maksimal mehnat unumdorligiga erishishdan iborat.
Psixofiziologik vazifalar, sog ‘lom mehnat sharoitini ta’minlab berishdan, mehnatkashlar ish qobiliyatini saqlab qolish va davom ettirishdan iborat.
Ijtimoiy vazifalar mehnatni asta sekin kishining birinchi hayotiy ehtiyojiga aylantirishdan iborat. Bu vazifalarning hammasi kompleks hal qilinishi lozim.
Insonning mehnat faoliyati uning eng muhim hayotiy sharoitlariga bog ‘liq. Shuning uchun mehnatni ilmiy tashkil qilish vazifalari inson tarixida hosil qilgan bilim va tajribalar asosida hal qilinadi.
Mehnat jarayoni asosiy ommillarining xarakteri va mazmuni qandayligiga qarab mehnatni ilmiy tashkil qilishning asoslari quyidagicha bo ‘linadi: iqtisodiy-ijtimoiy asoslar, texnik-texnologik asoslari, psixologik asoslari.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil qilish asosiy iqtisodiy qonuni va mehnat unumdorligining o ‘sish qonunini, va mehnatga qarab taqsimlash qonunini amalga oshiradigan asosiy vositalaridan biri bo ‘lib xizmat qiladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishga iqtisodiy talablar bilan birga ijtimoiy talabalr ham asos bo ‘ladi. Mehnatni taqsimlash va kooperasiyalashning ratsional shakllarini tanlash, ish joylari va mehnat sharoitini takomillashtirish, mehnatni qiziqarliroq, ijodiyroq qilishga, uni birinchi hayotiy ehtiyojga aylantirishga yordam beradi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning texnik texnologiya asoslari. Mehnat jarayoning mazmuni va uning tashkil etilishi ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasining harakteriga bog ‘liq. Mashinalar konstruktsiyasining takomillashuvi ham mehnatni tashkil qilishda o ‘zgarishlarga olib keladi. Bunda ba’zi bir xil kasblar kerak bo ‘lmay qoladi, ba’zilarda esa kasb vazifalari o ‘zgaradi.
Texnikadan to ‘la foydalangan va mehnatni shu texnikaga qat’iyan monand ratsional tashkil qilgan taqdirdagini ishlab chiqarish yuksak samarador bo ‘lishiga erishiladi. Ravshanki, bunday vazifani hal qilish aniq texnikani ham mehnatni ilmiy tashkil qilishni ham bilishni talab etadi. Mashinalar esa ish vaqtini ham, odam energiyasini ham tejashni nazarda tutib, odamning imkoniyati, xizmat ko ‘rsatish qulay bo ‘lishini hisobga olib tuzilgan bo ‘lish kerak.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning psixofiziologik asoslari. Mehnat unumdorligini yuksak bo ‘lishini ta’minlash uchun mehnatkashlar salomatligi va ish qobiliyati saqlanib turadigan sharoit yaratilishi kerak. Shuning uchun mehnatni ilmiy tashkil qilish uslublarini ishlab chiqishda mehnat fiziologiyasi va psixoologiyasi, sanitariyasi va gigiyenasi, ergonomika, injenerlik psixologiyasi, ishlab chiqarish estetikasi sohasidagi ilmiy yutuqlarga tayanib ish ko ‘riladi. Odam o ‘zining kasb vazifalarini bajarayotganda uning organizmidagi ro ‘y beradigan psixofiziologik jarayonlarni o ‘rganish mehnat qilish, hunar o ‘rganish usullarini takomillashtirish, mehnat qilish, dam olish, tashqi muxit sharoitlarini ratsionallashtirish uchun ilmiy asoslangan amaliy takliflar tavsiya etish imkoniyatini beradi. Mehnat psixologiyasi va fiziologiyasi tadqiq etadigan jismoniy energiya sarfini me’yorlash va uni o ‘lchash usullari bo ‘lmay turib, mehnatni ilmiy tashkil qilishning, mehnatni me’yorlash va rag ‘batlantirish singari muhim yo ‘nalishlari chinakkam ilmiy asosda bo ‘la olmaydi. Bu soxada ko ‘p ilmiy ishlar qilinish kerak.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin