O’qituvchi:
- Matematika fani bizga nimalarni o’rgatadi?
O’quvchi:
Barcha fanlar ichida
Xush ko’rgan fanim mani.
Ongni charxlar kishida,
Matematika fani
O’nta sondan poyi bor,
Fanlar ichra joyi bor.
Har ishda chiroyi bor,
Matematika fani.
Binolarni qurishda,
Go’zallikni ko’rishda.
Hissasi bor har ishda,
Matematika fani.
O’quvchilar berilgan savollarga javob beradilar.
Navbatchi hisobot topshiradi. Davomat aniqlanadi. Sana
aytiladi.
O’qituvchi: Bolajonlar 2014 y il qanday yil deb
nomlandi?
O’quvchi: 2014-yil “Sog’lom bola yili” deb nomlandi.
2014-year - heal Hgy child.
2014-год - год здорового ребёнка.
O’qituvchi: Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich
Karimov 2014 yilni “Sog’lom bola” yili deb e’lon
qildilar. Bu yutboshimizning siz nabiralarga bo’lgan
cheksiz muhabbat va e’tiborlaridan dalolatdir.
- Xo’sh bunday muhabbat va e’tiborga bizning
javobimiz qanday bo’lmog’i lozim.
O’quvchi: Biz o’quvchilar ma’nan sog’lom, jismonan
baqquvat bo’lib kamolga yetmog’imiz kerak. Buning
uchun biz sport to’garakklariga qatnashishimiz zarur.
Zero aytishadi-ku “Sog’ tanda - sog’lom aql”. Biz
yurtboshimiz ishonchlarini oqlashga va’da beramiz.
O’qituvchi: Bolajonlar, bahor faslida sayohatga chiqishni
yoqtirsangiz kerak? Bugungi darsimizda sehrli
o’rmonchada sayohat qilamiz. Sayohat davomida
kitobimizdagi misol va masalalarni quyidagi shartlar
orqali bajaramiz.
Sehrli o’rmoncha shartlari:
1. Tezkor savollar.
2. “Aql charxi” o’yini.
3. “Sirli alifbo” o’yini.
4. “Sport lotto” o’yini.
5. Sardorlar bahsi.
- Bu shartlarni bajarib borishda darsimizning oltin
qoidalariga amal qilishimiz zarur.
- Endi
bu shartlarimizni bajarishimiz uchun guruhlarga
bo’linib olamiz.
Dostları ilə paylaş: