Masalaning qisqa sharti:
Dam olish daqiqasi.
4-shart. “Sport lotto” o’yini. Darslikdagi 4-misol “Sport
lotto” oyini orqali barajariladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5-masala: Do’konga har birida 10 kg dan 5 yashik
shaftoli keltirildi. Tushgacha 40 kg shaftoli sotildi.
Sotiladigan yana necha kg shaftoli qoldi?
Salaydda masala sharti ko’rsatiladi.
Bu masala sahnalashtirilgan qo’g’irchoq teatri orqali
mavzu yanada mukammal tushuntiriladi.
Bir bog’bon daraxt soyasida nimalarnidir hisoblab
o’tiribdi. Shu chog’ uning oldidan Bilag’on va
Bilmasvoy o’tib qolishdi. Ular bog’bondan nimani hisob
kitob qilayotganini so’raydilar.
- Men bog’bonman, bolalarim. Kuni kecha do’konga 10
kg dan 5 yashik shaftoli jo’natdim. Do’kon egasi
tushgacha 40 kg shaftoli sotilganini aytdi. “Yana
jo’nating” – deydi. O’zi do’konda necha kg shaftoli
qolgan ekan-a? Shuni hisoblab o’tiribman.
Bilmasvoy – shu ham muammo bo’ldimi? Do’konda 8
kg shaftoli qolgan.
Bilag’on – yo’q, 10kg shaftoli qolgan.
Bog’bon – hoy bolalarim, meni battar qiyin ahvolga
solib qo’ydingiz – ku? Qaysi biringiz
ni javobingiz
to’g’ri?
- Qani o’quvchilar, Bilag’onning javobi to’g’rimi yoki
Bilmasvoying javobi to’g’rimi? Sizlar a ytinglar – chi?
Bir o’quvchi chiqib masalani tushuntirib, yechimizni
topib beradi.
O’quvchi: Bilag’onning javobi to’g’ri.
Bog’bon: - Barakalla, o’g’lim. Rahmat senga Bilag’on,
sen to’g’ri topibsan.
- Bilmasvoy, sen esa ustozlar o’gitiga quloq solib
ko’proq dars tayyorla, xo’pmi?
Bilmasvoy: (Uyalib) - Xo’p, bobojon.
O’quvchilar masalani qisqa shartini va yechimizni
daftarga yozadilar.
Masalaning qisqa sharti.
Keltirildi – 10 kg dan 5 yashik shaftoli.
Sotildi – 40 kg shaftoli.
Qoldi - ? kg
Yechish:1) 10 • 5 = 50
2) 50 – 40 = 10
Javob: Sotiladigan yana 10kg shaftoli qolgan.
O’qituvchi o’quvchilarni baholab boradi.
5-shart. Sardorlar bahsi.
O’quvchilar ingliz tilida 1 dan 10 gacha va 10 dan 1
sonigacha chapga sanaydilar.
“Olg’a qadam o’yini”.
Bu oyinda guruh sardorlari qatnashadi. O’qituvchi 1 dan
9 gacha bo’lgan raqamlarni ingliz tilida aytadi. Har bir
guruh sardoriga 5 tadan raqam qo’yiladi. Har bir raqam
aytilganda o’quvchilar shu raqamlar ustiga qadam
qo’yadilar. Noto’g’ri qadam bosgan guruh sardori
o’yinni tark etadi.
V. Dars yakuni.
O’qituvchi: - Bugun biz nimalarni o’rgandik? Guruhda
ishlash sizga yoqdimi? Jadvalni yod olish bizga nima
uchun kerak? Guruh ishida sizga kimlar yordamlashdi?
Kabi savollar orqali o’quvchilar fikri tinglanadi.
G’olib guruh aniqlanadi. Darsda faol qatnashga
o’quvchilar rag’batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
Darslikdagi 6-7 misollar uy ishi sifatida beriladi.
Misollar ishlash yo’llari tushuntiriladi.
O’quvchi:
Har bir gap-u so’zimiz,
Go’yo oyna ko’zgo’miz.
Aytgan harbir so’zimizda,
Ko’rinamiz o’zimiz.
Qanday yaxshi so’z kalom,
Odob boshi Assalom.
Xush yoqadi hamma vaqt,
Rahmat xo’p xo’p marhamat.
So’ngi so’z ham alomat,
Xayr, bo’ling salomat!