Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Poroshoklarning umumiy texnologiyasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   444
farmatsevtik texnologiya

4. Poroshoklarning umumiy texnologiyasi.
Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to‘la bo‘lishi yoki 
ba'zi bir jarayonlarning bo‘lish-bo‘lmasligi dori tarkibi, uning qo‘llanilishi va tarkibga kirgan 
dori moddalarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Kukunlarning maydalilik darajasi, 
tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun 
ishlatiladigan kukunlar o‘ta maydalangan bo‘lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) 
kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o‘xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik 
zarrachalarning bo‘lishi tishning emal qavatini zararlashi mumkin. hidlash uchun ishlatiladigan 
elaki dorilar zarrachalarining maydaligi o‘rta me'yorda bo‘lgani ma'qul (0,2 mm), chunki bunday 
kukunlar nafas yo‘llarining tashqi qavatiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tomok yo‘llariga 
tushish zarurati yo‘k. Ishlatilishi oldidan eritish uchun mo‘ljallab beriladigan elaki dori 
tarkiblarini maydalash shart emas. Yaraga sepish uchun va jaroxatlarni davolash maqsadida 
ishlatiladigan kukunlar iloji boricha mayda qilib va aseptik sharoitda tayyorlanishi kerak. Agar 
issiqlikka chidamli bo‘lsa, ularni sterillab berish zarur. Elaki dorilar tarkibi va qo‘llash usulidan 
tashkari bir-biridan agregat holati (kristall, amorf), zichligi, qattiqligi, rangi, hidi va boshqa 
xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Hayvonot va o‘simliklardan olingan elaki dorilar amorf 
kukunlar bo‘lib, minerallardan solishtirma og‘irligining kichikligi bilan farqlanadi. Kukun 
holatidagi ba'zi bir moddalar yoruglik ta'sirida, kislorod, karbonat angidrid va havo namligi 
ta'sirida o‘zgaradi. Ko‘pchilik kukunlar gigroskopik bo‘lgani sababli havoda namlanadi va 
aksincha, tarkibida kristal suv saqlaganlari havo ta'sirida suvini yo‘qotadi, masalan, natriy sulfat, 
magniy sulfat. Ba'zi bir kukun holidagi dorivor moddalar (kamfora, mentol, xloralgidrat) oson 
uchuvchan hisoblanadi. Kukun holatidagi elaki dori tayyorlashda xususiyati jihatidan 
turlimoddalarning aralashtirilishi natijasida tarkibidagi fizik xususiyatlar (gigroskopik xususiyati, 
uchuvchanligi, portlash xususiyati) o‘zgarishi mumkin. Elaki dorilar tayyorlashda farmatsevt ana 
shu xususiyatlarni hisobga olishi kerak.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin