Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   444
farmatsevtik texnologiya

O‘simlik shilliqlari 
— bu polisaxaridlarga yakin bo‘lgan moddadir. SHilimshiqlar (slizi)
o‘simlik organizmining qayta tugilishi jarayonida hosil qiluvchi epidermis qavatining " 
shilliklanishi " natijasida gulxayri ildizidan, salep tugunagidan va suvda o‘sadigan o‘simlikni 
xujayra oraligidagi moddalardan tashqil topgan. Suvda bo‘kishi bilan yopishqoq shilimshiq 
eritma hosil bo‘ladi. Salep shilligi yaxshi emulgirlash xususiyatiga ega.
Salep shillig‘i 
— Salep shilligi yuqori stabillash xossasiga ega. 10 g yog‘ni emulgirlash
uchun 1 g salep kukunidan olinadi. 1 g salepni suvda eritib oldin shilimshiq tayyorlanadi. So‘ng 
uni emulgator sifatida ishlatiladi.
Pektin modda 
— o‘simliklarda pektin moddalar juda keng tarqalgan: sabzavotlar,
mevalar, barglar, urug‘larda va ildizlarda.
Ular hujayra devorining tarkibiga kiradi va yon hujayralarni o‘zaro biriktiradi. Pektin 
moddalarning yana o‘ziga xos xususiyatlari uni kuchli jelatinli xossasidir. Pektin moddalar 
yuqori molekulali moddalar hisoblanadi. Ularning tuzilish asosi — qisman metil spirtining 
poligalakturon kislota bilan efirlangani.
Pektin 
— (Pectinum). Bu modda ozik-ovkat sanoatida ishlatilgan. 1933 yildan A. L.
Katalxerman tomonidan dorixonada emulgator sifatida qo‘llaniladi. Pektinning faol jelatinli 
xususiyatini pasaytirish uchun o‘rik elimi bilan 1:1 aralashmasidan foydalanish kerak.
Ionogen bo‘lmagan emulgatorlar
Ionogen bo‘lmagan SFM sirt-faol moddalar — bu moddaning molekulalari dissotsilanishi 
qobiliyatiga ega emas. Ularning difil guruhlaridagi kutbli guruhning o‘rnida gidroksil va efir 
guruhlari bo‘lishi eruvchanlik xossasini oshiradi. Ionogen bo‘lmagan emulgatorlarning xozirgi 
davrdagi ro‘yxati anchagina. Bu emulgatorlar asosan liniment va surtma dorilar ishlab 
chiqarishda ishlatiladi.
Kraxmal 
— dorixonada emulsiya tayyorlashda kraxmal elimini turg‘unlashtirish
xususiyati yomon emas.
N. G. Goyman tomonidan 1939 yilda dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalar uchun taklif 
qilingan. 10 g yog‘ni emulsiyalash uchun 5 g kraxmal elimi ishlatiladi. Kraxmalning quruq 
massasining ko‘p tarkibiy qismi (97,3-98,9%) polisaxaridlar, qolgani aralashmalar: oqsil 
moddalar (0,28-1,5%), kletchatka (0,2-0,6%) va kul moddalaridan (0,30-0,62%) iborat. Boshokli 
galla o‘simliklaridan olingan kraxmalning tarkibida oz miqdorda yuqori moy kislota va 2-
glitserin–fosfor kislotasi topilgan. Kraxmal zarrachalarining kuchli bo‘kishi va bo‘linishidan 
yopishqoq elim gidrozoli hosil bo‘ladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin