Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Ba‘zi gidrofob suyuqliklarni emulgirlashga kerak bo‘ladigan emulgatorlarning



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Ba‘zi gidrofob suyuqliklarni emulgirlashga kerak bo‘ladigan emulgatorlarning 
GLB ko‘rsatkichi
24
Suyuqlik
GLB ko‘rsatkichi
Mum
12
Setil spirti
15
Paxta moyi
10
Sussiz lanolin
10
Vazelin
12
Parafin
11
Petrolat
12
Stearil kislota
15
Stearil spirt
14
24
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx
preparatov.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (100 bet)


25
Ionogen emulgatorlar
Ionogen emulgatorlar deb, anionli yoki kationli sirt-faol moddalarga aytiladi. Birinchisi 
suvda parchalanib, manfiy zaryadga, ikkinchisi esa musbat zaryadga ionlashadi. Bu guruhlarning 
oddiy emulgatorlari sovun (anionli SFM) va ammoniy asosi hosilalariga (kationli SFM) —
linimentlar va surtma dorilar bo‘limlarida kengrok to‘xtab o‘tiladi.
Elimlar dorixonadagi emulsiyalarni tayyorlashda juda keng qo‘llaniladi. SHilimshiq va 
pektin moddalar ham ishlatiladi. bo‘lar o‘z xossasi bilan poliarabin kislotasi tuzi va poliuron 
kislotasi bo‘lgani sababli anion faol emulgatorlarga kirishi kerak edi, ammo bu moddalarning 
yuqori emulgirlash xususiyati bo‘lishi, zarrachalarning ustki qismida ximoya parda hosil qilishi, 
ikki qavatli elektr katlamining bo‘lishi ionlanadigan guruhlarga kirishini isbotlaydi.
Yelimlar
Yelimlardan hosil bo‘lgan parda fazalararo taranglikni kamaytirib, mustahkam himoya 
pardasini tashqil qiladi.
Arab yelimi 
— (Gummi arabicum). Bu emulgator Afrika akatsiyalaridan olingan
mahsulot. Yuqori navi — sargish yarim tinik bo‘laklardan iborat. Yomon navi juda bo‘yalgan va 
ifloslangan (tuproq, po‘stloq va shox bo‘laklari) bo‘ladi. Arab yelimining 1 qismi 2 qism suvda 
sekin eriydi va quyuq yopishqoq eritma hosil qiladi. Dorixonada ishlatiladigan emulsiyalarni 
tayyorlashda eng kadimgi emulgator hisoblanadi. Elimlarning naviga qarab emulgirlash 
xususiyatini bilish mumkin. YUqori navi 64% tomchilar diametri 2,5 mkm li yuqori 
disperslangan emulsiyalarni hosil qiladi. Emulsiya hosil qilish uchun 10 qism yog‘ga 5 qism 
yelim olinadi.
O‘rik yelimi 
— (Gummi armeniacae) Z. M. Umanskiy tomonidan taklif qilingan. O‘rik
elimi daraxtlarning tanasi va po‘slog‘i yorilishidan hosil bo‘ladi. O‘rta Osiyoda ko‘p miqdorda 
uchraydi. 1961 yildan davlat (X) farmakopeyasiga kiritilgan elim ok yoki sargish, qattiq, mo‘rt 
bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, ushatilganda notekis bo‘lakchalar hosil qiladi. Emulgator sifatida 
arab elimi o‘rnini bosuvchi suvda yaxshi eriydigan oq kukun holidagi modda. 10 qism yog‘ga 3-
4 qism elim olinadi.
Tragakant 
— (Gummi Tragacanthae).
25
Allen L., Ansel H. Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Dilevery Systems he 10th 
ed. Philadelphia-Baltimore-NY, 2014.(365 s)


Juda kuchli emulgator. 20 g yog‘ga 2 g tragakantning mayda poroshogidan olish mumkin. 
Tayyorlangan emulsiyada yog‘ mazasi saqlanganligi sababli, bu emulgator kam ishlatiladi 
(dispers darajasi kam). Tragakant bilan arab elimini birgalikda ishlatish maqsadga muvofik. Bu 
emulgator farmatsevtika amaliyotida yuqori dispersli turg‘un emulsiya hosil qiladigan eski 
murakkab emulgator.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin