uning tarkibidagi alkaloidni tuz holiga o‘tkazish shart emas, chunki bu o‘simlikda alkaloidlar
asos holdagisi ham, tuz holdagisi ham suvda yaxshi eriydi. Agar o‘simlik XI DF da ko‘rsatilgan
miqdordan ya‘ni 1,5% dan ko‘p alkaloid saqlasa, olingan o‘simlik miqdori quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:
Masalan: 200 ml termopsis damlamasi tayyorlash kerak bo‘lsin.
Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 200 ml
D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
O‘simlik o‘z tarkibida 1,6% alkaloid saqlaydi. Buning uchun o‘simlik miqdori topiladi.
Termopsis 1:400 nisbatda tayyorlanadi. 200 ml damlama uchun 0,5 g olish kerak.
Alkaloid miqdori ko‘p bo‘lgani uchun bu miqdor qaytadan hisoblanadi.
X
0,15
1,5
=
0,47
1,6
0,5 — olinishi kerak bo‘lgan o‘simlik miqdori.
1,5% — DF bo‘yicha o‘simlik saqlash kerak bo‘lgan miqdor.
1,6% — o‘simlik saqlagan alkaloid miqdori.
0,47 — qaytadan hisoblangan o‘simlik miqdori.
Agar o‘simlik 1,5% dan kam alkaloid saqlasa, bunday xom ashyodan damlama va
qaynatma tayyorlanmaydi.
Alkaloid saqlagan o‘simliklardan suvli ajratma tayyorlashda qo‘shiladigan kislota miqdori
xom ashyo tarkibidagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda olinadi.
100,0 — 1,6
0,47 — x
x = 0,0075 g alkaloid
0,83 — 100,0
0,0075 — x
x = 0,9 ml suyultirilgan xlorid kislota kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: