14-rasm. Suvli ajratmalar olinishining texnologik jarayoni.
32
Alkaloidlar o‘simliklarda asos holida bo‘ladi. Tuz holidagi alkaloidlar suvda yaxshi eriydi.
Asos holidagi alkaloidlarni eruvchanligini oshirish uchun tuz holiga o‘tkaziladi va bu maqsadda
0,83% xlorid kislotasi 1% limon kislotasi va vino kislotasidan foydalaniladi.
Xin o‘simligi po‘slog‘idan damlama tayyorlashda boshqalarga nisbatan 0,8%
xlorid
kislotasidan foydalangan ma‘kul. SHoxkuyadan damlama tayyorlanganda shu kislotadan xom
ashyo tarkibidagi alkaloid miqdoriga 4 barobar ko‘p miqdorda qo‘shiladi. SHoxkuyadan
(sporыnya) suvli ajratma olish uchun A. L. Ledneva ko‘rsatmasi bo‘yicha qaynayotgan suv
hammomiga 30 min davomida qo‘yiladi va tezlik bilan sovutiladi, chunki shoxkuya alkaloidlari
issiqlikka
chidamli
emas.
Shuning
uchun
ham
shoxkuyadan
damlama
emas,
qaynatmatayyorlanadi. SHoxkuyaning yangi maydalangani
ishlatilishi kerak, chunki uni
tarkibidagi yog‘lartez achish xususiyatiga ega. Termopsis o‘simligidan damlama tayyorlashda
32
Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-
«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (760 bet)
uning tarkibidagi alkaloidni tuz holiga o‘tkazish shart emas, chunki bu o‘simlikda
alkaloidlar
asos holdagisi ham, tuz holdagisi ham suvda yaxshi eriydi. Agar o‘simlik XI DF da ko‘rsatilgan
miqdordan ya‘ni 1,5% dan ko‘p alkaloid saqlasa, olingan o‘simlik miqdori quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:
Masalan: 200 ml termopsis damlamasi tayyorlash kerak bo‘lsin.
Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 200 ml
D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
O‘simlik o‘z tarkibida 1,6% alkaloid saqlaydi. Buning uchun o‘simlik miqdori topiladi.
Termopsis 1:400 nisbatda tayyorlanadi. 200 ml damlama uchun 0,5 g olish kerak.
Alkaloid miqdori ko‘p bo‘lgani uchun bu miqdor qaytadan hisoblanadi.
X
0,15
1,5
=
0,47
1,6
0,5 — olinishi kerak bo‘lgan o‘simlik miqdori.
1,5% — DF bo‘yicha o‘simlik saqlash kerak bo‘lgan miqdor.
1,6% — o‘simlik saqlagan alkaloid miqdori.
0,47 — qaytadan hisoblangan o‘simlik miqdori.
Agar o‘simlik 1,5% dan kam alkaloid saqlasa, bunday
xom ashyodan damlama va
qaynatma tayyorlanmaydi.
Alkaloid saqlagan o‘simliklardan suvli ajratma tayyorlashda qo‘shiladigan kislota miqdori
xom ashyo tarkibidagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda olinadi.
100,0 — 1,6
0,47 — x
x = 0,0075 g alkaloid
0,83 — 100,0
0,0075 — x
x = 0,9 ml suyultirilgan xlorid kislota kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: