Valeriana nastoykasi – 3 ml
Tozalangan suv – 98,4 ml
90+(3 x 2,8)=98,4
um. hajmi – 93 ml
Yurak glikozidi saqlovchi dorivor o‘simlik xom ashyolaridan damlama tayyorlaganda
shifokor tomonidan mahsulot miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa 1 : 30 nisbatda olinadi.
Tayyorlash:
Infundir stakaniga 3 g 5 mm gacha maydalangan bahor adonisi o‘tidan
olinadi va uni ustiga 98,4 ml tozalangan suv quyiladi. So‘ngra qaynab turgan infundir apparatiga
15 daqiqa damlab quyiladi va vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin 45
daqiqa xona
haroratida
sovutiladi, 2 qavatli dokadan o‘tkazib, qoldiq siqiladi. Undan keyin damlamada 3 g
natriy brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 90 ml ga etkaziladi. Oxirida 3 ml valeriana
nastoykasi qo‘shiladi. So‘ngra jihozlab bemorga beriladi. ―Ichish uchun‖, ―Salqin
joyda
saqlansin‖, ―Ishlatishdan oldin chayqatilsin‖ yorliqlar bilan jihozlanadi.
Antraglyukozid saqlovchi o‘simliklardan qaynatma tayyorlash
Antroglyukozid saqlovchi o‘simliklardan (ravoch ildizi,
sano bargi, frangula po‘slog‘i)
qaynatma tayyorlanadi, chunki bu o‘simliklardan damlama tayyorlashda ta‘sir etuvchi moddalar
damlamalarga to‘liq o‘tmaydi. Lekin shu bilan birga qaynatish vaqtini 30 min. dan oshirish ta‘sir
etuvchi oksimetil-antraxinonlarni parchalanishiga olib keladi. Ravoch ildizi va frangula
po‘slog‘idan tayyorlangan qaynatmani tezlik bilan doka orqali suzish kerak. 45 minutdan keyin
suzish
oksimetilantraxinonlarning
kamayishiga
olib
keladi.
Sano
bargidan
qaynatma
tayyorlashda to‘la
sovutish zarur, toki uning tarkibidagi mumsimon moddalar ajratmaga o‘tib
cho‘kmaga tushadi. Sovigan ajratma albatta doka orqali
suzib olinishi kerak
34
.
Rp.: Decocti foliorum Cennae 100ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 - 4 mahal ichilsin.
Dostları ilə paylaş: