Agarda dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan damlamalar har xil ekstraksiya
sharoitini talab etsa, har bir dorivor o‘simlik uchun alohida ekstraksiya qilinadi.
Bu holda har bir dorivor o‘simlik uchun ishlatiladigan suv miqdori xom ashyodan 10
baravar ko‘p bo‘lishi bilan birga, o‘simlikning suv shimish koeffitsienti hisobga olingan bo‘lishi
kerak.
Rp.: Radicis Althaeae 10,0
Rizomatis cum radicibus Valerianae — 8,0
Herbae leonuri
Foliorum Farfarae 20,0
Frangulae 25,0
Aguae purificata ad 1000 ml
M.D.S.
Dorixat tarkibidagi xom ashyo o‘zining tayyorlanishi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi:
gulxayri ildizi sovuq usulda ekstraksiya qilinadi. Valeriana
ildizpoyasi, arslonquyruq o‘ti, ko‘ka
barglaridan damlama tayyorlanadi. Bodrezak po‘slog‘idan esa qaynatma tayyorlanadi. Erituvchi
suvni uch qismga ajratiladi: Gulxayri ildizidan shilimshiq modda to‘liq ajralishi uchun 200 ml
ekstrakt tayyorlash kerak.
Buning uchun 13 g (10*1,3) gulxayri ildizi va 260 ml (200*1,3) suv solinadi. Bodrezak
po‘slog‘i uchun 300 ml (250q2*25) suv olish kerak.
Valeriana ildizpoyasi, arslonquyruq o‘ti va ko‘ka barglari uchun 440ml (1000-200-
250q20x3,0q8x2,9q2,0) suv olinadi.
Uchala ekstrakt alohida-alohida tayyorlanib, har birining hajmi o‘z me‘yoriga etkaziladi
(200 ml, 250 ml va 550 ml), keyin esa uchalasi qo‘shib yuboriladi.
Suvli ajratmalarning sifatini aniqlash uchun xujjati,
dorixat pasport,
joylanishi,
rasmiylashtirilgani, shuningdek ―Salqin joyda saqlansin‖, ―Ichishdan oldin chayqatilsin‖ degan
yorliqlar bor-yo‘kligi, hidi, rangi, mazasi, mexaniq iflosliklar yo‘kligi va ularning hajmi
to‘griligi tekshiriladi.
Suvli ajratmalar olishni mukammallashtirish uchun:
Ularni turg‘unligini oshirish uchun konservantlar qo‘shiladi: 10% etanol, 0,1% natriy
benzoat, 0,05-0,1% sorbin kislota, 0,1% nipagin va nipazol.
Fizik-kimyoviy taxlil usullarini takomillashtirish.
Apparaturalarni yangilarini ishlab chiqarish.
Ekstrakt-konsentratlar assortimentini ko‘paytirish.
har xil tarkibli yigmalar summasini taklif etish.
6.Ekstrakt konsentratlarning gigroskopikligini kamaytirish.
Suvli ajratmlardan tayyorlanadigan (BFM saqlagan)
xom ashyolardan turli choy
tarkiblarini taklif etish;
quruq va suyuq ekstrakt konsentratalardanmikrokapsulalar texnologiyasini taklif etish;
Suvli ajratmalar taxlil usullarini takomillashtirish
37
;
Dispers tuzilishi bo‘yicha miksturalar murakkab dispers sistemalardir, chunki ular xakikiy
eritmalarning zollar bilan aralashmasi, ba‘zi vaqtlarda esa o‘z tarkibida suspenziyalar saqlovchi
ajratmalardir. Shuning uchun ham bu miksturalarni tayyorlashda qo‘shilayotgan dori moddalarni
o‘simlikdan ajralib chiqadigan moddalar bilan aralashishiga ahamiyat berish kerak.
37
И.И. Краснюк, Г.В. Михайлова, Л. И. Мурадова Фармацевтичесая технология технология
лекарственнqх форм.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2011. (558 бет)
Rp.: Inf rad. Valerianae 6,0—180,0
Acidi ascorbinici
Themisali 5,0
M.D.S.
Temisalning suvli eritmalari hamma vaqt
ishqoriy sharoitga ega, bu NaOH hisobiga hosil
bo‘ladi. Temisal tarkibidagi ishqoriy muxit eritma turg‘unligini oshiradi. Lekin uning tarkibiga
askorbin kislotasini va valerian kislotasini qo‘shilishi temisal eruvchanligini kamaytirib, erkin
teobromin ajralishiga va salitsil kislotasi cho‘kmaga tushishiga sabab bo‘ladi. Ba‘zi
vaqtlarda
oshlovchi moddalar ta‘sirida ham cho‘kma hosil bo‘ladi.
Masalan: Rp.: Inf. haerbae Adonidis vernalis 8:200,0
Extr. Grataegi 25,0.
T-rae Convallariae 6,0
Kalii bromidi 5,0
M.D.S.
Do‘lana ekstraktidan oshlovchi moddalar adonis tarkibidagi va marvaridgul tindirmasi
tarkibidagi yurak glikozidlari bilan zaharli cho‘kma hosil qiladi. Damlama va qaynatmalar
sharoitining o‘zgarishi dori moddalarining buzilishiga olib keladi.
Rp.: Chlorali hydrati
Barbitali natrii 2,0
Inf.
rad Althaeae
Ag. Menthae 60,0
M.D.S.
Barbital natriy hosil qiladigan ishqoriy sharoit xloralgidratni parchalanishiga va
xloroformni hosil bo‘lishiga olib keladi, buni hididan sezish mumkin. Suvli ajratmalarini
buzilishi natijasida: rangi o‘zgarishi, loyqa parda, hosil bo‘lishi, cho‘kma tushishi,
hid chiqishi
mumkin.
Suvli ajratmalar kat‘iy gigienik sharoitda olib borilishi kerak. Damlama va qaynatmalarni
farmakopeya talablari asosida saqlash zarur.
Suvli ajratmalarni turg‘unligi past bo‘lganligi sababli ular tarkibiga turli xil odam
organizmiga zararli ta‘sir ko‘rsatmaydigan konservantlar qo‘shish mumkin.
Masalan: Polsha-Ruminiya farmakopeyalarida nipaginni nipazol bilan aralashmasi 0,15%
gacha yoki nipaginni 0,1% gacha qo‘shish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: