Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


-rasm. Ibn Sino Tavsiya etgan o‘simliklar asosidagi dori shakllari



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   444
farmatsevtik texnologiya

15-rasm. Ibn Sino Tavsiya etgan o‘simliklar asosidagi dori shakllari
Shu sababli bemor o‘simlik mahsulotidan foydalanishdan oldin, albatta shifokor ko‘rigidan 
o‘tishi va ular bilan maslahatlashishi kerak, chunki shifokor xasta kishining axvolidan xabar olib 
turishi shart, lozim topganda davolashni boshqa o‘simlik bilan almashtirish mumkin.
Meditsina amaliyotida ishlatiladigan quyidagi o‘simliklarning suvli shifobaxsh ichimliklari 
tayyorlanadi.
Nafas olish organlari kasalligida
Yurak – qon tomir kasalligida
Oshqozon – ichak kasalligida
Jigar – o‘t kasalligida
qand – diabet kasalligida
Buyrak kasalligida 
yo) Teri kasalligida
Darmonsizlanish kabi kasalliklarida
16-rasm. Fitopreparatlar tasnifi.
Shifobaxsh o‘simliklarning, asosan ildizi, ildiz poyasi, po‘stlog‘i, urug‘i, mevasi, o‘ti, guli 
va boshqa foydali qismlardan tadbirkorlik bilan foydalaniladi.


16-rasm. Fitoterapiyaning principi
Shifobaxsh ichimliklar ―oddiy‖ va ―murakkab‖ bo‘ladi. Oddiy shifobaxsh ichimlik deb, 1 
ta shifobaxsh o‘simlikdan tarkib topgan yozmaga aytiladi.
Murakkab shifobaxsh ichimlik deb, 2 ta va undan ortiq bo‘lgan shifobaxsh o‘simlikdan 
tarkib topgan yozuvga aytiladi.
Oddiy shifobaxsh ichimliklarga misol:
Tarkib 1:
Na‘matak mevasi 20,0
Tozalangan suv 400 mlgacha
Na‘matak mevasidan fitoichimlik tayyorlashda Xar‘kov olimlari A.I.Tixonov, T.G.Yarnix 
tomonidan ikkita yo‘lni taklif qilingan
39
.
Birinchi usul: 1:20 nisbatda tyyorlanadi. Maydalanmagan na‘matak mevasini ustiga 
qaynab turgan suv solib 10 daqiqa qaynatiladi va 22-24 soat qoldiriladi. So‘ng suziladi.
Ikkinchi usul: Maydalangan na‘matak mevasi ustiga qaynab turgan suv solib 10 daqiqa 
qaynatiladi va 2-3 soatga qoldiriladi, so‘ng suziladi.
Biz darsda ikkinchi usuldan foydalanamiz. Buning uchun 20,0 maydalangan na‘matak 
mevasi ustiga 400 ml qaynab turgan suv solinadi va 10 daqiqa qaynatiladi, so‘ng 2-3 soatga 
qoldiriladi va suziladi. Tayyor damlama hajmi kerak bo‘lsa 400 ml gacha etkaziladi. Jihozlab 
bemorga beriladi.
Tarkib 2:
Yalpiz bargi 1,5
Uzum sharbati 30 ml
Tozalangan suv 100 mlgacha
Yalpiz bargidan damlama 1:10 nisbatda tayyorlanadi. SSHK = 2,4 teng. Tozalangan 
suvdan 15 q (1,5 X 2,4) = 18,6 ml olib uni yalpiz bargi ustiga quyiladi va 15 daqiqa qaynatiladi, 
45 daqiqa sovutiladi. YAlpiz bargi efir moyi saqlagani uchun infundirkani qopqog‘ini 
ochmasdan tayyorlanadi. Damlama suziladi va 30 ml o‘zum sharbati qo‘shiladi, so‘ng hajmi 100 
mlgacha etkaziladi. Bemorga berish suv jihozlanadi.
39
Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.


Tarkib 3:
Dorivor mavrak
4,0
Uzum sharbati 60 ml
Tozalangan suv 200 ml
Dorivor mavrak o‘tining suv shimish koeffitsientini (SSHK = 3,3) hisobga olgan holda 
53,2 ml tozalangan suv. Infundir apparatida qaynoq suvda 15 daqiqa damalanadi va 45 daqiqa 
sovitiladi. Damlama suziladi ikki qavat doka orqali va hajmi 200 mlgacha etkaziladi, so‘ng 60,0 
ml o‘zum sharbati qo‘shiladi, jihozlanadi. Fitoichimlikning umumiy hajmi 260 ml.
Tarkib 4:
Chayon o‘ti 2,0
Shakar sharbati 10 ml nazariy
Tozalangan suv 100 ml gacha
Agar shifokor ko‘rsatmasi 1:10 nisbatda tayyorlanadi. Bizda 2,0 berilgan. CHayon o‘ti 
o‘tining SSHK = 1,8 teng. Tozalangan suvdan 20 q (2,0 X 1,8) = 23,6 ml olib uni xom ashyo 
ustiga solib 15 daqiqa infundir apparatida qaynatiladi va 45 daqiqa sovutiladi. Damlama suziladi 
ikki qavat doka orqali, ajratmani ustiga 10 ml shakar sharbati qo‘shiladi va damlama hajmi 100 
mlgacha etkaziladi, jihozlanadi.
Tarkib 5:
Dalachoy o‘ti 5,0
Uzum sharbati 60 ml ―Sito!‖
Tozalangan suv 200 mlgacha
Agar shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmasa 1:10 nisbatda tayyorlanadi.Bizda 5,0 berilgan. 
Dalachoy o‘tining SShK = 1,6 teng. Tozalangan suvdan 50 q (5 X 1,6) = 58 ml olib uni xom 
ashyo ustiga solib ―Sito!‖ ko‘rsatmasi bo‘lganligi uchun 25 daqiqa infundir apparatida 
qaynatiladi va sun‘iy yo‘l bilan sovutiladi. Damalama ikki qavat doka orqali suziladi, ajratmani 
ustiga 60 ml o‘zum sharbati qo‘shiladi yaxshilab chayqatiladi va damlama hajmi 200 mlgacha 
etkaziladi va jihozlanadi.
Na‘matak mevasi
Plodы shipovnika
Fructus Rosae
YAlpiz bargi
Listya myatы
Folium Menthae piperitae
Dorivor mavrak bargi Listya shalfeya
Folium Salviae
Chayon o‘t bargi
Listya krapivы
Folium Urticae
Dalachoy o‘ti
Trava zveroboya
Herba Hypericae

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin