Sath o'lchash vositalari reja: Sath o’lchash asboblarining turlari. Vizual darajani o'lchash


Sath o’lchash asboblarining o’lchash chegarasi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə3/3
tarix04.12.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#72288
1   2   3
SATH O\'LCHASH VOSITALARI

3.Sath o’lchash asboblarining o’lchash chegarasi.
Sanoatning ko‘pgina sohalarida texnologik jarayonlarni boshqarish sath o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning zamonaviy tizimlari xarajatlarni baholash, zararlarning oldini olish, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni qulaylashtirish, xom ashyodan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradigan stattik va axborot ma’lumotlarini talab etadi. Ushbu axborotga doimo o‘sib turuvchi ehtiyoj nazorat tizimida oddiy signalizatorlarni emas, balki nazoratni uzluksiz ta’minlovchi vositalarni qo‘llash zaruriyatiga olib keladi.
Suyuq va sochiluvchan materiallarning sathini uzluksiz nazorat qilish asbobi turli jismoniy tamoyillar va qlchash usullarini qo‘llab yaratiladi. Pepperl+Fuchs firmasi keng nomenklaturadagi o‘lchash qurilmalari va mos vositalarni bog‘lashni taklif etadi. Unifikatsiyalashgan chiqish toki ishorasi 4...20 mA.с. li ikki o‘tkazgichli raqamli kommunikatsion sanoat interfeysli HART, PROFIBUS-PA va Foundation Fieldbus kabi, 0 klassdagi portlash xavfli hududlarda o‘rnatish uchun ularning modifikatsiyalari, shuningdek o‘lchash asboblari asosidagi yakunlangan yechimlar, nazoratchilar, boshqarish qurilmali va qo‘shimcha jihozli bog‘lanish vositali sath o‘lchagichlar taklif etilmoqda
Sathni o‘lchashning mazkur usuli suyuqlikka rezervuar tubida ko‘rsatadigan gidrostatik bosimni aniqlashga asoslangan. Rezervuar tubidagi gidrostatik bosim (p) o‘lchash asbobi ustidagi suyuqlik ustuni balandligidan (h) va suyuqlik zichligiga bog‘liq: p=ρgh, mos holda h=p/ρg, bu erda g=9,81 m/c2 (bu faqat qo‘zg‘almas suyuqliklar uchun o‘rinli).
Pezorezistivli tenzodatchik (yoki bosimni o‘rtacha qiladigan modda bilan to‘ldirilmagan sig‘imli keramik o‘lchash o‘zgartirgich) o‘lchanayotgan suyuqlik bilan bosimni o‘rtacha hosil qiluvchi modda va zanglamaydigan po‘latdan yasalgan izolyasiyalovchi membrana orqali bog‘langan. Tenzodatchikning chiquvchi ishorasi (signal) suyuqlik sathiga mos keladigan ishoraga shakllantiruvchi bilan o‘zgartiriladi
Ko‘pik, cho‘kindi, suyuqlikning elektrik xususiyatining o‘zgarishi va rezervuar shakli gidrostatik usulni amalga oshirishda natijalar o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Gidrostatik usulning asosiy afzalliklari:
– aniqlik;
– ifloslangan suyuqliklar uchun qo‘llaniladi;
– usulni amalga oshirish qo‘zg‘aluvchan mexanizmlarni qo‘llashni taxmin qilmaydi;
– mos jihozlar murakkab texnik ko‘rsatishga muxtoj emas.
Kamchiliklari:
–suyuqlik harakati bosim o‘zgarishini keltirib chiqaradi va o‘lchashdagi xatolikka olib keladi (hisoblash tekisligiga nisbatan bosim suyuqlik oqimi tezligiga oqibatda Bernulli qonuniga bog‘liq);
– atmosfera bosimi kompensatsiyalashgan bo‘lishi kerak


Xulosa

Men bu mustaqil ish bo’yicha ancha bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Mustaqil ish mavzusi Sath o’lchash vositalari. Bu mavzu bo’yicha sath o’lchashning chegaralari turlari va qanday o’lchash asboblari borligini o’rgandim.


Sath o’lchov asboblari juda ko’p turli bo’lib, ularning eng asosiylari sifatida qalqovichli, pyezometrik, mexanik, elektrik, radioaktiv va boshqa sath o’lchagichlarni ko’rsatish mumkin.


Foydanilgan adabiyotlar.

1.Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomov Sh.M. Texnologik jarayonlami nazorat qilish va avtomatlashtirish. HTA Majmua 2018


2.Yusupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Avazov Yu.Sh. Avtomatika va nazorat o’lchov asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik.
3.AND_ARM telegram_bot
4.www.ziyonet.com
5.www.elibrary-book.uz
Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin