3
KIRISH
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
raqamlashtirish
sharoitida davlatning eng asosiy vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarning
yechimini topish, mavjud davlat dasturlari ijrosini
ta’minlash, kambag‘allikni kamaytirish va aholi turmush darajasini
yaxshilash hisoblanadi. Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirishda
aholini ish bilan ta’minlashning samarali
ijtimoiy-iqtisodiy va
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish muhim ahamiyatga
ega. Bu esa ayniqsa ishsizlik, norasmiy
ish bilan bandlik va
kambag‘allik darajasini kamaytirishga bevosita ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan
mazkur muammolar va ularning yechimlari aniq ko‘rsatilgan:
кambag‘allikni kamaytirish – bu alohida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish,
insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga
chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy
va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”
1
.
Bu esa mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashi,
ishsizlikni kamaytirishni taqozo etadi. Ularni ijobiy hal qilish aholi
turmush darajasini oshirishga olib keladi.
Hozir mamlakat mehnat resurslarining ish bilan band boʻlmagan
qismi koʻrsatkichi asta-sekin oʻsib borish an’anasiga – tendensiyasiga
ega. Bunday holat sanoat mehnatining tor doirada qo‘llanilishi, yangi
ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining yetarli
emasligi, mehnat resurslari sonining ish
joylari miqdoriga nisbatan
tezroq
o‘sishi, ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasida
mutanosiblikning mavjud emasligi, mahalliy kadrlar malakasi va
raqobat qobiliyatining pastligi va ularning
ish axtarish harakatlari
sustligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari, mehnat resurslarining
oqilona bandligini ta’min-lashga yangi yerlar oʻzlashtirilishining
kamayishi, intensiv texnologiya va
kam mehnat talab qiladigan
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
2020-yil 29-fevral. Kun.uz sayti.
4
texnikaning yuqori unumsiz qo‘llani-lishi, xo‘jalik yuritish, ishlab
chiqarish va mehnatni tashkil qilishning
yangi bozor usullaridan
samarasiz foydalanilishi, kichik va oʻrta biznes hamda xususiy
tadbirkorlik rivojlanishining
past darajasi, ish bilan band bo‘lganlar
moddiy manfaatdorligining pasayishi va inflatsiya jarayonlari kabi
omillar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Holbuki, sanab oʻtilgan omillar
bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining muqarrar belgilaridir.
Dostları ilə paylaş: