«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/353
tarix12.04.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#55234
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   353
�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

T-1 shakli – «Ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq». Unda
xodimning kasbi, mansab va ish haqi ko‘rsatilib, kadrlar bo‘limida bir
nusxada to‘lg‘aziladi va mehnat daftarchasiga  qayd qilinadi.
T-2 shakli – «Xodimning shaxsiy varaqasi». Kadrlar bo‘limi
tomonidan har bir xodimga ayrim to‘ldiriladi va xodim tomonidan imzo
bilan tasdiqlanib keyingi o‘zgarishlar kiritilib boriladi.
T-3 shakli – «Boshqa ishga o‘tkazilganligi to‘g‘risida buyruq».
Xodimlar korxona ichida boshqa ishga o‘tkazilganda ikki nusxada
to‘lg‘azib 1 nusxasi kadrlar bo‘limida, 2-nusxasi buxgalteriyada saqlanadi.
T-6 shakli – «Ta’til berish to‘g‘risida yozuv». Har yilda va boshqa
sabablar bilan ta’tilga chiqarishda qo‘llaniladi va buxgalteriyaga ta’til


100
haqini hisoblashga asos bo‘ladi. Agarda haq to‘lanmaydigan ta’tilga
chiqarilsa, buxgalteriya tomonidan xodimga haq hisoblanmaydi.
T-8 shakli – «Mehnat shartnomasi tugatilganligi to‘g‘risida buyruq».
Bu buyruq xodimlar ishdan bo‘shatilganda bir nusxada yozilib, unga
asosan kadrlar bo‘limi mehnat daftarchasiga ko‘chiradi va buxgalteriya
hisob-kitob qiladi.
T-12 shakli – «Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish va ish haqi
hisoblash tabeli». Bu xodimlarning ishga kelishini belgilaydi va shunga
asosan ish haqi hisoblanadi.
T-13 shakli – «Ish vaqtini hisoblash tabeli». Bunda faqat xodim-
larning ishga kelishi belgilanib boriladi.
Bularning hammasi mas’ul shaxslar tomonidan imzolanib, bux-
galteriyaga topshiriladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   353




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin