Sistemada bajariluvchi dastur
jarayon
ni tashkil qiladi. Jarayon - bu
holatlarning yagona ketma-ketligidir. Jarayon bilan kompyuter resurslari va fayllar
bilan bog‘liq bo‘ladi. Fayl - berilganlar va dasturiy bo‘lishi mumkin. Jarayonda
qatnashgan har bir fizik resurs albatda mavjud bo‘lishi shart. Yangi jarayonni
tashkil qilishda eski jarayondan nusxa olish yo‘li bilan ham tashkil kilish
mumkin, bu xolatda yangi jarayen tugallanishi eski jarayon orqali ham amalga
oshirilishi mumkin. Har bir jarayen o‘z jarayonini yangi jarayon bilan almashtirib
boshqaruvni yangi jarayonga berishi ham mumkin.
Ritchi va Tompson(1978) terminologiyasiga asosan dastur bajariladigan
muhit -
holat
(obraz) deyiladi. Holat tarkibiga dastur va unga bog‘liq bo‘lgan
berilganlar, ochiq fayllar holati va joriy mundarija kiradi. Holat atributiga
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ayrim identifiqatorlar foydalanuvchi uchun
ochiq deb hisoblanadi. Jarayonni bunday tashkil qilinishi foydalanuvchiga
qo‘shimcha mamumot berish va jarayonga aralashish imkoniyatini beradi. Shuni
aytish kerakki barcha jarayonlar uchun ham foydalanuvchi atributi mavjud emas.
Bunday holat jarayon yaratgan jarayonlarda vujudga keladi. Bunday jarayonlarga
foydalanuvchi aralashuvi maxsus tizimli buyruqlar asosida amalga oshirilishi
mumkin. Jarayon - bu loihaning bajarilishi. Sistemada jarayonga ko‘makchi
jarayonlar mavjud bo‘ladi.
Sistemadagi ko‘pgina jarayonlar kutish holatiga o‘tishi berilganlarni kiritish
va chiqarish yoki biron bir bir tizimli funksiyani bajarilishini kutish bilan bog‘liq
bo‘ladi. Har bir real tizimda bir vaqtda mavjud bo‘lgan jarayonlar
chegaralangan. Bu holat ko‘proq kompyuterning real fizik imkoniyatlaridan kelib
chiqadi.
Dostları ilə paylaş: