Шўро даври адабиёти



Yüklə 214,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix02.01.2022
ölçüsü214,86 Kb.
#47373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ozbek adabiyoti tarixi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mavzu
Savol  va  topshiriqlar:

1. Sho`ro  davridagi  muhim  voqealarni eslang. U davrga  xos

xususiyatlar nimalardan  iborat?

2. Sho`ro  adabiy  siyosati  haqida  fikr  bildiring.

3. Sho`ro  davri  adabiyoti rivojidagi  ziddiyatlar sababini  tushuntirib

bering.


4. 60-70-yillardagi  adabiy  jarayon  haqida  nimalarni  bilasiz?

5. 80-yillardagi  “oshkoralik  va demokratiya”  harakatlari  haqidagi

fikrlaringiz  qanday?

6. Mustaqil  tuzum  ta`qib, tazyiqlarga  qaramay, milliy  adabiyotda

yaratilgan  eng  yaxshi  asarlarni  sanang.

Mavzu: G`afur  G`ulom

Reja:

1. Shoirning  hayot  yo`li.

2. Insonparvarlik-shoir  ijodining  qalbi.

3. Ijodkorning obrazlar  olami.



Matn  adabiyotlar:

1. G’.G’ulom. Asarlar (10 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 1-3-

          tomlar, 1972.

2. Abrorov  A. G’.G’ulom poeziyasi.-T.: 1970.

3. Anorboyev S. G’.G’ulom prozasi. // “Sharq yulduzi”, 1955, 5-son.

4. Yoqubov H. G’.G’ulom (hayoti va ijodi).-T.: O`zadabiynashr, 1959.

5. Zunnunov A.G’.G’ulom-tinchlik kuychisi. // “O`qituvchi gazetasi”,

1953, 22 aprel.

6. Mamajonov S. G’.G’ulom. // O`zbek adabiyoti tarixi (3 jildlik).-T.:

“Fan”, 2-jild, 1971.

7. Normatov U. G’.G’ulom poeziyasining estetik prinsiplari. //O`zbek

adabiyoti masalalari.-T.: O`zadabiynashr, 1959.




9

8. Shukurov N. G’.G’ulomning lirik poeziyasidagi mahorati.-T.: “Fan”,

1966.

9. G’.G’ulomning  badiiy olami.-T.: “Fan”, 1984.



10. G’.G’ulom. Asarlar (12 tomlik).-T.: “Fan”, 5-6-tomlar, 1985-86.

11. Abdusamatov H. G’.G’ulom satirasi. //G’.G’ulomning badiiy

      olami.-T.: “Fan”, 1984.

12. Abdusamatov H. G’.G’ulom satirasida xarakter. // “Sharq

      yulduzi”, 1967, 12-son.

13. Yoqubov H. G’.G’ulom. //H.Yoqubov. Adabiy  maqolalar.-T.:

      “Adabiyot va san`at”, 1970.

14. Yoqubov H. G’.G’ulom. //Saylanma (2 jildlik).-T.:“Adabiyot va

       san`at”, 2-jild, 1984.

15. Yoqubov H. G’.G’ulom.-T.: “Badiiy adabiyot”, 1959.

16. Imomov B. G’.G’ulom ijodida satira va yumor.// “Sharq yulduzi”,

1955, 7-son.

17. Majidov N., Boboyev T. G’.G’ulom prozasi.// “O`zbek tili va

adabiyoti”, 1966, 5-son.

18. Mamajonov S. G’.G’ulom prozasi.-T.: “Fan”, 1966.

19. G’.G’ulom. Adabiy-tanqidiy maqolalar (2 jildlik).-T.: “Fan”, 1-2-

jildlar, 1971-73.

 20. Akbarov A. Shoirning hayoti va ijodi.-T.: Adabiyot va san`at”,

       1974

G`afur G`ulom 1903-yil 10-mayda  Toshkent  shahrining

Qo`rg`ontegi  mahallasida  dehqon  oilasida  dunyoga keldi. Otasi  G`ulom

Mirza  Orif  o`g`li va onasi Toshbibi Yusuf qizi  o`qimishli, zehnli, fors

tilini bilgan, adabiyotni  sevgan mehnatkash  odamlar edi. Ana   shu oilada

tarbiyalangan G`afurning  savodi erta chiqadi. Navoiy, Hofiz, Sa`diy,

Fuzuliy asarlarini sevib  o`qiydi.

Ota-onasidan  juda erta etim  qolgan bo`lajak ijodkorga ro`zg`or

tebratish va singillarini boqish tashvishi tushib, oliy  maktablarda ta`lim

olish imkoniyatini beriladi. Shunday  bo`lishiga  qaramasdan, juda

yoshligidan mas`ul lavozimlarda  ishlay boshladi: bir vaqtning o`zida ikki

maktabga    mudirlik    qildi,  shahar  maorifi    xodimlari    kamsomol

qo`mitasiga kotib va maorif uyushmasi raisi  o`rinbosari bo`lib ishladi.

Yetim  bolalarni yig`ib, internat  tashkil  qiladi. Uning ilk she`ri ham  ana

shu yetim bolalarga bag`ishlangan edi, Bolaligi  yetimlikda  o`tgan

bo`lajak shoirning tuyg`ulari oq qog`ozga marjon kabi to`kildi-yu, nafaqat

o`zbek  adabiyotida, jahon adabiyotida yangi bir shoir tug`ildi.



10

G`afur G`ulom  o`zi haqida “gazeta men o`qigan oliy maktablarning

biri va birinchisi  bo`ldi”, deganda juda haqli edi. Chunki, “Sharq

haqiqati”, “Qizil O`zbekiston”  gazetalari, “Mushtum” jurnali  shoirga

hayotni, jamiyatni, zamondoshlarni chuqur  o`rganish imkoniyatlarini

yaratdi.


G`afur G`ulom o`zbek she`riyati, badiiy publisistikasi, feletonchiligi,

hajviy  hikoyachiligi, yumoristik  qissachiligi  va tarjimachiligi rivojiga

katta  hissa  qo`shgan yirik  so`z san`atkoridir. U O`zbekiston  Fanlar

akademiyasining  haqiqiy a`zosi, O`zbekiston  xalq shoiri  kabi yuksak

unvonlar  sohibi.

Mustaqillik davriga kelib, Gafur Gulom nomiga hurmat-e`tibor

yanada ortdi.  Tavalludining yuz yilligini nishonlash haqida hukumatning

maxsus qarori qabul qilindi. Buyuk xizmatlari uchun maxsus  nishon bilan

taqdirlandi. Jumhuriyat prezidenti tashabbusi  bilan poytaxtdagi go`zal

istirohat bog`laridan biri  G`afur G`ulom nomi bilan ataladigan bo`ldi.

Bog`da shoirning muhtasham va salobatli haykali qad ko`tardi.

G`afur G`ulom ijodida she`riyat alohida o`rin tutadi. She`riyatga

bo`lgan havas bolalik yillaridayoq, shoirning o`zi xotirlashicha, uylarida

tez-tez bo`lib o`tadigan she`riyat kechalarida uyg`ongan bo`lsa ajab emas.

“Uyimizda o`zbek shoirlari, hattotlaridan  Xislat, Shomurod  kotib va

boshqalar kelib yurganini es-es bilaman  Farg`ona vodiysidan keladigan

shoirlar: Muqimiy, Toshxo`ja  Asiriy, Furqat, Muhyi, va boshqalarning

biznikiga kelganini aytadilar.”

G`afur G`ulom she`rlarida firqa, siyosat, mafkura, tuzum va

jamiyatning badiiy ijodga ta`siri, san`atkor dunyoqarashiga  tazyiqi  bilan

izohlanuvchi cheklanish, kamchilik yo`q emas. Lekin shoir asarlarining

ijodiy yuzini, o`zligini, qadr-qimmatini  bunday asarlar belgilamaydi.

Shoir she`riyati mazmunan boy va rang-barang. “Vaqt” she`rida falsafiy

ruh ustun bo`lsa, “Kuzatish”, “Sog`inish”, “G`oliblar  bayrami” she`rlarida

o`zining otalik to`yg`ulari, qalbidagi  tahlika va iztiroblarni juda ta`sirli,

tabiiy ifodalaydi.

G`afur G`ulomning urushdan keyingi yillarga mansub “Vaqt”,

“Yigitlarga”, “Siyohdon”, “Alisher”, “Yoz”, “Sharaf  qo`lyozmasi”, “Pol`

Robsonga”, “Farg`ona  uchun”,  ”Sen salomat bo`lsang bas”, “Anor”,

“Bizning uyga qo`nib o`ting, do`stlarim”, “Kulol va zargar”,”Alisher

Navoiy  qabri ustida”, “Tun bilan tong” kabi o`nlab etuk she`rlar yaratdi.

A. Fadeev “O`zbek  halqining g`ururi” (1945) maqolasida “Shoir va

akademik  G`afur  G`ulom hamisha  fikr va teran tuyg`ular  bilan

sug`orilgan”, deb yuksak baho berganda  naqadar haq edi.




11

G’afur G’ulomning nasriy asarlari shuhrati she`riyatinikidan kam

emas edi. XX asrning 30-yillardan uning “Yigit”, “Kulgi hikoyalar”

to`plamlaridan asarlar el og’ziga tushgan bo`lsa, 60-yillar o`rtalarida

“Gilos donagidan toshbeh” to`plamidagi hajviy hikoyalari mashhur bo`lib

ketdi. Yigirma besh yi yoshi atrofida “Qizaloq” (1928) hikoyasini e`lon

qilgani, umr shomidagi  so`nggi  mashhur “Mening o`g’rigina

bolam”(1965) asari ham hikoya ekani yozuvchi ijodida nasr  nechog’lik

mustahkam o`rin tutganini ko`rsatadi.

G’afur G’ulom bir necha qissalar ham yozdi. Lekin ularning bayon

usuli bir biridan  farq qiladi “Netay” (1931) asari yirik- publitsistik

pardada  uchinchi shaxsda hikoya qilinsa, “Tirilgan murda” (1934)  satirik

pardada bo`lib, qahramonning esdalik daftari shaklida  yoziladi

“Yodgor”ning (1936) bularga o`xshamagan jihati, unda  voqeani bosh

qahramonning  o`zi hikoya  qiladi. “Shum bola” (1956) qissasi sarguzasht

syujet asosiga qurilgan asar  hajviy hazil pardada  yozilgan. Ammo G’afur

G’ulom qissalarning  barchasini  birlashtiradigan  o`z tomir bor, bu-

mehnatkash insonning adashiyligi, mehr-shavqati, pok qalbi va

mehnatsevarligi, insonni himoya etishi uning orzu-armon  uchun kurvshish

g’oyasidir.

G’afur G’ulomda  xalq og’zaki  ijodi ta`sirining nihoyatda xilma-xil

ko`rinishlarini topish mumkin: unda folklor asarlarini qayta ishlash,

qoliplash usuli, “Shum bola”da “Uch yolg’ondan qirq yolg’on” ertagiga

o`xshagan  g’oyat jozibali yolg’on to`qib, juda qiziq kulgili voziyat-holat

yaratadi. O`nlab feletonlarini Nasriddin Afandi latifalari  syujeti, shakli

asosida quradi va shu yo`l bilan ularni satirik hikoya darajasiga ko`tarib

yuboradi.

 G’afur G’ulom  mumtoz adabiyotimiz va xalq ijodidan o`rganish

bilan chegaralanib qolshadi, u jahon xalqlari, ayniqsa, rus  adabiyoti

maktabi bilan ham bahramand bo`ldi. V.Sheksperning  “Otelo”, “Qirol

Lir” Lope de Veganing  “Qo`zibuloq qishlog’i”, F.Shimirning “Vilgelm

Tell”, Nizomiy, Jomiy,  A.Pushkin, L.Tolstoy, A.To`qay. T.Shevchenko,

Prem Chand haqida maqolalar yozdi. Nozim Hikmat, Antol  Gidash, Xodi

Toqtosh, A.Lohutiy, M.Tursunzodadan tortib. A.S.Pushkin,

M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, V.V.Mayakovskiygacha bo`lgan

ijodkorlar asarlarini  o`zbekchaga tarjima qilib o`zbek kitobxonlarini

jahon adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirishda o`z hissasini

qo`shdi.



Yüklə 214,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin