Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivoji



Yüklə 272,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix10.01.2023
ölçüsü272,64 Kb.
#78822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Maruza



2-MA’RUZA 
Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivoji. 
REJA: 
1. K.D.Ushinskiyning pedagogik faoliyati. 
Ya.A.Komenskiy
pedagogika fani va tarbiya san’ati haqida.
2. K.D.Ushinskiyning dars hamda ta’lim metodikasi to’g’risidagi fikrlari. 
3. A.S.Makarenkoning pedagogika fani va maktab taraqqiyotidagi o’rni. 
4. A.S.Makarenkoning bolalarda jamoa orqali iroda, xarakter va intizomni 
tarbiyalash haqidagi g’oyalari. 
Ya.A.Komenskiy 
1. K.D.Ushinskiyning pedagogik faoliyati 
Tarbiya predmeti bo’lgan odam to’g’risida chuqur ilmiy bilimlar bilan 
qurollangan keng ma’lumoti bor Ushinskiy pedagogika nazariyasini ishlab 
chiqishga kirishdi.
Ushinskiy pedagogika nazariyasi anatomiya, fizmiologiya, psixologiya, 
falsafa, tarix va boshqa fanlar qonunlarida foylanishga asoslangan bo’lish deb 
lozim deb ko’rsatdi. Bu nazariya pedagogik reseptlar bilangina chegaralanib 
qolmasdan, balki tarbiya qonunlarini ochib berish kerak edi. Uning zamonidagi 
pedagogika bilan Ushinskiy yaxshi tanishdir.
Ushinskiy pedagogika nazariyasining mavhum, kabinetdan tashqariga 
chiqmay tuzilishiga qarshi bo’ldi, shuning singari, pedagogikada empirizmga 
qarshi bo’lish kerakligini ogohlantirdi, muvaffaqiyatli bo’lsa ham faqat shaxsiy 
tajribagagina asoslanish yetarli bo’lmaydi deb ko’rsatdi. U nazariya bilan 
amaliyotning birligini talab qildi. Ushinskiy "Hyech qanday xulosa chiqarib 
bo’lmaydigan biron bir ideyadan kelib chiqmaydigan va o’zi ham hyech qanday 
ideya yaratmaydigan tajriba hyech nimaga arzimaydigan bir narsa bo’lib qolishi 
singari, hyech nimaga asoslanmagan quriq nazariya ham puch bir narsa bo’lib 
qoladi. Nazariya vokelikdan ajralmasligi, faktlar mulohazani rad qilmasligi kerak" 
deb yozgan edi. U nazaryasiz pedagogik amaliyotning medisinadagi qiyinchilikka 
o’xshatadi.
Ushinskiy "Pedagogik tarbiyaning ma’lum prinseplarini va tarbiya ishlarining 
aniq qoidalarini uzlashtirib olishgina kifoya qilmaydi" deydi. U yana "Kishi 
tabiatning asosiy qonuniyatlarini bilishi va ularni har bir aniq hollarda ishlata bilish 
kerak, "-deb juda to’g’ri aytgan edi.
Ushinskiy "Agar pedagogika kishini bir jihatdan tarbiya qilmoqchi ekan, u 
eng avval kishi har jihatdan bilishi kerak"-degan edi.
Ushinskiy bu talabni amalga oshirib "Inson tarbiya predmeti sifatida" nomli 2 
tomli kapital asarini yozdi va 3 chi tomini yozmoqchi bo’lib, materiallar to’pladi 
va tayyorladi. Ammo bevaqt o’lim 3 chi tomni yozishga imkoniyat bermadi. 
2. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiya san’ati haqida 
Tarbiya predmeti bo’lgan odam to’g’risida keng bilimga ega bo’lgan 
Ushinskiy pedagogika nazariyasini ishlab chiqishga kirishdi. Ushinskiy 
pedagogika nazariyasi anatomiya, fiziologiya, psixologiya, falsafa, tarix va boshqa 


fanlar qonunlaridan foydalanishga asoslangan bo’lishi kerak deb ko’rsatadi. Bu 
nazariya pedagogik reseptlar bilan cheklanib qolmasdan, balki tarbiya qonunlarini 
ochib berishi kerak. Ushinskiy pedagogik nazariyaning kabinetdan chiqmasdan 
tuzilishiga qarshi bo’ladi.. nazariya bilan amaliyot birligini talab qiladi. Nazariya 
voqyelikdan ajralmasligi, faktlar mulohazasini rad qilmasligi kerak deb uqtiradi.
K.D.Ushinskiy pedagogika kishini tarbiya qilmoqchi ekan, u avval kishini har 
tomonlama o’rganishi kerak deb ta’kidlaydi. O’sha paytda ikki oqim mavjud 
bo’lib, ular bir-biriga qarshi edi: 
1. Metafizik psixologiya oqimi. 
2. Yangi empirik psixologiya oqimi. 
Ushinskiyning pedagogika tizimi xalqchillik g’oyasi asosida qurilgandir. U 
xilqchillik deb har bir xalqning o’ziga xosligini tushunardi ediki, bu o’ziga xoslik 
o’sha xalq yashashi va mehnat qilishi lozim bo’lgan tarixiy taraqqiyot, geografik 
va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi.
U o’zining «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi haqida» maqolasida tarbiya 
xalqchillik ruhida bo’lishini, turli xalqlar tarbiyasida tarkib topgan alomatlarni 
xarakterlab beradi.
Ushinskiy bolalarga shunday tarbiya berish kerakki, ular o’z manfaatlaridan 
umum manfaatlarini ustun qo’ya olsinlar, deydi. 
Ushinskiy bolaning faoliyati va faolligi uning tarbiyasi va ta’limida eng 
muhim shartlardan biridir deb to’g’ri hisoblaydi. U shu munosabat bilan bolalarni 
uyushqoqlika, ularning faoliyatida intilishni o’stirishga o’rgatish lozim bo’lgan 
bola hayotining rejimiga katta ahamiyat beradi. U har qanday tarbiyada mashq 
ahamiyatini muhim deb biladi. 
Ushinskiy kishining kamolotga yetishi uchun jismoniy, aqliy hamda axloqiy 
tarbiyalari bir-biriga mos bo’lishi kerak deb hisoblaydi. Shuning uchun u tarbiyani 
garmonik o’sgan shaxsning tarkib topishida bir maqsadga qaratilgan ongli jarayon 
deb ataydi. U axloqiy tarbiyaga jiddiy e’tibor beradi. Axoloqiy tarbiya bolada 
insonparvarlik, vijdonlilik, rostgo’ylik, mehnatsevarlik, intizomlilik va mas’ulitni 
sezish, kamtarlik kabi xususiyatlarni o’stirishi lozim. 
K.D.Ushinskiy ko’r-ko’rona, Tayeq intizomiga qarshi norozilik bildiradi. 
qo’rquv bolalarni juda yomon odatlarga o’rgatadi. Lekin uning nazariyasi din bilan 
bog’liqdir. Uning fikricha, axloqiy tarbiya vositalari quyidagilardan iborat bo’lishi 
kerak: 
1) ta’lim; 
2) o’qituvchining shaxsan namuna bo’lishi; 
3) e’tiqod; 
4) o’quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo’lish; 
5) ogohlantirish choralari; 
6) rag’batlantirish va jazolash. 
3. K.D.Ushinskiyning dars hamda ta’lim metodikasi to’g’risidagi fikrlari 
K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari juda chuqurligi va 
maqbulligi bilan ajralib turadi. U ta’limni bolalar xususiyatlari va yosh 
bosqichlarini hisobga olib tashkil etish kerakligini talab qiladi. U o’qitish vaqtida 


bolaning diqqatidan foydalanish to’g’risida qimmatli ko’rsatmalar beradi, u ikki 
turli diqqat mavjudligini ko’rsatada: faol va nofaol diqqat. 
Faol diqqat ixtiyoriydir. Nofaol diqqat esa g’ayri ixtiyoriydir. Bolalarning 
yosh xususiyatlarini hisobga olib nofaol diqqatga oziq berish kerak, shu bilan bir 
vaqtda muhim bo’lgan faol diqqatni ham taraqqiy ettirish kerak deb hisoblaydi.
Ushinskiyning fikricha, ta’lim bolalarning kuchi yetadigan va izchil bo’lishi 
kerak. Dars o’tish jarayonida bolaning charchashiga yo’l qo’ymaslik kerak. U 
darsda bolalarning yoshini hisobga olib ko’rsatmalilik tamoyilini qo’llashni 
ma’qullaydi. Bolalar shakllar, ranglash, tovushlar, umuman sezgilar bilan fikrlaydi. 
Bunda ko’rsatilgan narsalarning aytilgan gapga mosligi bolalar dunyoqarashining 
rivojlanishiga, fikrlash qobiliyatining o’sishiga yordam beradi.
Ushinskiy o’zidan oldingi pedagoglar yaratgan ko’rsatmali ta’lim 
metodikasini ancha boyitdi. Masalan, u bolalarga ramslarga qarab mazmunini 
gapirishni, dars vaqtida foydalanilgan rasmlarni sinf devorlariga osib qo’yishni 
taklif qiladi. U ta’limni tarbiyaning eng muhim vositasi deb hisoblaydi.
Ushinskiy darsga katta e’tibor berdi. Maktabda o’quv mashg’ulotlarining 
muvaffaqiyatli bo’lishida sinf-dars tizimining o’ziga xos xususiyati o’quvchilar 
tarkibi doimiybo’lgan, maktabning asosiy bo’g’inini tashkil etuvchi sinfdagi 
mashg’ulotlarni jadval asosida olib borishni o’qituvchining o’quvchilar bilan yalpi 
(frontal) mashg’ulot olib borilishini, bunda o’qituvchining asosiy rol o’ynashini 
ko’rsatadi. Har bir dars ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak, unda ta’lim 
bilan birga tarbiya ham berilishi zarur. Darsda mashg’ulotlarni almashtirib, dars 
uslublarining xilma-xil bo’lishini tavsiya etadi. 
Ushinskiy 1964 yilda yozgan «Rus tilini dastlabki o’qitish» nomli maqolasida 
qimmatli uslubiy ko’rsatmalar beradi va o’qitishning 3 ta vazifasi bor deb 
ko’rsatadi: 
1) Bolaning nutqini o’stirish; 
2) Bolalarni rus tilining imkoniyatlaridan ongli ravishda foydalanishga 
o’rgatish; 
3) Tilning grammatikasini o’zlashtirish. 
Bu vazifalar birgalikda bajariladi. Nutqni o’stirishda og’zaki va yozma mashq 
turlarini tavsiya etadi. 
4. A.S.Makarenkoning pedagogika fani va maktab taraqqiyotidagi o’rni 
Anton Semyonovich Makarenko o’z bilimini oshirish maqsadida 1914 yilda 
Poltavadagi o’qituvchilik institutiga kirib, uni 1917 yilda oltin medal bilan 
tamomlaydi. U 1917-1918 o’quv yilida Kryukovodagi oliy boshlang’ich maktabga 
inspektor (mudir) qilib tayinlanadi va pedagoglik ishiga zo’r qiziqish bilan 
kirishadi.
Xarkov maorif bo’limining mudiri 1920 yil sentyabr oyida Makarenkoni o’z 
huzuriga chaqirib, unga ko’chalarda boqimsiz yurgan bolalarni tarbiyalash 
vazifasini topshirdi. Bu ish Makarenko uchun yangi va g’oyat mas’uliyatli ish edi. 
Chunki bilimsiz boldalr bilan ishlash metodini na Makarenkoning o’zi va na 
maorif xodimlari bilar edi. Gap odamni yangicha tarbiyalash, barkamol inson 
tarbiyasi ustida borayotganini to’la tushunib yetgan A.S.Makarenko tezlik bilan bu 
ishga kirishib, Xarkov yaqinidagi bolalar koloniyasini tashkil etdi. 


Anton Semenovich qo’liga berilgan bolalar o’tmishda jinoyat qilgan 
intizomsiz, mehnatga ko’nikmagan o’smir va yigitchalar edi. Makarenko ana shu 
yoshlardan Vatanga sodiq, intizomli, mehnatni sevadigan va ish biladigan haqiqiy 
fuqarolarni yetishtira oldi. O’zining uzoq yillik halol mehnati orqasidan boqimsiz 
bolalardan yangi odamlar – ajoyib talant egalarini tarbiyalab o’stirdi. Ular bilan bir 
qatorda o’zi ham mashhur pedagog, yozuvchi darajasiga ko’tarildi. 
U bir necha pedagogik va publisistik asarlar yozdi. Uning «Pedagogik 
poema», «Minoralardagi bayroqlar», «O’ttizinchi ysillar marshi», «Ota-onalar 
kitobi», «Bolalar tarbiyasi to’g’riida leksiyalar», «Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi 
xulosalar» kabi asarlari uni o’ziga xos tarbiya maktabi yaratgan pedagog va adib 
sifatida tanitdi. 
A.S.Makarenko o’z asarlari va bolalar tarbiyasiga oid bir qator metodik 
tavsiyalarida oiladagi tarbiya ishlari, intizom, ota-onalar obro’si, mehnat tarbiyasi, 
jismoniy tarbiya, o’yin, madaniy malakani oshirish kabi dolzarb mavzularda 
yozilgan bo’lib, unda yoshlarni chidamli, irodali, quvnoq, axloqli, hyech qanday 
qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan, haqiqiy vatanparvarlar qilib tarbiyalash g’oyalari 
ilgari surilgan. 
Badiiy pedagogik asar sifatida jahon adabiyotida «Pedagogik poema»ga teng 
keladigan asar yo’q. Bu kitob kishiga chekisz ishonch va muhabbat, insonparvarlik 
ruhi bilan sug’orilgan, muallif unda kishilarni qayta tarbiyalash, jamiyatimizning 
faol binokorlari qilib yetkazishda yangi pedagogik tajribani, ish usullari va 
metodlarini batafsil tasvirlab bergan. 
5. A.S.Makarenkoning bolalarda jamoa orqali iroda, xarakter va intizomni 
tarbiyalash haqidagi g’oyalari 
A.S.Makarenkoning «Pedagogik poema» asari – bolalar jamoasi hayotini 
realistik asosda har tomonlama keng tasvirlab berilgan asardir. 
Kitobning mazmuni boqimsiz bolalar kaloniyasidagi hayot, tarbiyachilarning 
faoliyati, ayrim qahramonlarning tarjimai holi, tarbiyasi buzilgan bolalardan yangi 
ruh, yangi axloqqa ega bo’lgan yangi kishilar tarbiyalab chiqarish uchun kurashdan 
iboratdir. Kitobning qahramoni murakkab voqyealarni boshidan kechirgan bolalar 
jamoasidir. 
Makarenko bolalarni yakka tartibda o’rganishga, bolalar jamoasini tuzishga 
alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, o’qituvchi bolalar jamoasini uyushtira olsa, 
u jamoa pedagogning ishonchli yordamchisiga aylanadi, shu jamoa yordami bilan 
pedagoglarni chuqur o’rgana oladi. 
Makarenko fikricha, «jamoa – ijtimoiy tirik organizm… u o’zining organiga 
ega, unda vakillar bor, mas’uliyat bor… Bir-birlariga nisbatan bog’lanish bor, agar 
bo’lar bo’lmasa jamoaning o’zi ham bo’lmas, unda yolg’iz bosh-boshdoqlikkina 
bo’lar edi». Makarenko o’zining tizmini Gorkiy nomli bolalar koloniyasida to’la-
to’kis amalga oshira oldi. Masalan, u har qanday og’ir va «ko’ngilsiz» ishni ham 
bolalar va otryadlar o’rtasida navbat bilan taqsim etar edi. Ko’ngilli va ko’ngilsiz, 
og’ir va yengil bo’lishidan qat’i nazar, zarur, foydali bo’lgan har qanday ishni zavq 
bilan bajarishga bolalarni odatlantirar, ularning mehnat malakalarini oshirib borar 
edi.



Yüklə 272,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin