“Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin orqali fazoviy va miqdor tushunchalarni shakllantirish”



Yüklə 33 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü33 Kb.
#126593
Xujamqulova Iroda ichki taqriz


Termiz davlat pedagogika instituti: 70110201-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistranti Xujamqulova Iroda Faxriddin qizining “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin orqali fazoviy va miqdor tushunchalarni shakllantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga


TAQRIZ

O’zbekiston Respublikasini yangicha islohotlar tizimida yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sistemasini davom ettirish, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa, o’z navbatida, maktabgacha ta’lim tizimining integratsiyalashgan mazmuniga zamonaviy yondashuvlarni singdirish, maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachilarining bugungi kun talab darajasida faoliyat olib borishlari uchun pedagogik-psixologik yo’nalishlarini aniqlash, maktabgacha ta’lim jarayonida tarbiyachilarning pedagogik-psixologik kompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlashtirish, hamda Oliy ta`lim muassasalari hamda maktabgacha ta`lim tashkiloti o’zaro hamkorligini ta’minlash, ustuvor vazifalarni belgilab olishni taqazo qiladi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2019-yil 8-maydagi PQ_4312-son “O’zbekiston Respublikasi mkatabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlari mzkur sohada tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Dissertant Xujamqulova Irodaning magistrlik dissertatsiyasi kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligini asoslab, muammoning o’rganilganlik darajasini, tadqiqotning maqsadi va vazifalarini, obyekti va predmetini aniqlagan,shuningdek, tadqiqot ishining maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishning muhim yo’nalishlariga mosligini ko’rsatib bergan hamda tadqiqotining ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlarini kiritgan.
Dissertatsiyaning “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin orqali fazoviy va miqdor tushunchalarni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida, Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalar o‘yin jarayonlarida o‘z xulqini tarkib toptirishga bog‘liq psixologik muammolarni o‘rgangan. O‘yin jarayonida alohida harakatlar emas balki, murakkab harakatlar amalga oshirishini tahliliy o’rgangan va tizimlashtirgan.
Xujamqulova Irodaning mazkur dissertatsiyasining 2-bobi “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin orqali fazoviy va miqdor tushunchalarni shakllantirish orqali ta‘lim samaradorligini oshirishning afzalliklari, shakli va metodikasi” deb nomlangan bobida zamonaviy maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining bugungi kundagi asosiy maqsadi faqatgina maktabgacha tayyorlash emas balki, bolalarning aqliy, jismoniy, psixologik va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘yin texnologiyalarini qo'llash orqali mustaqil bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish, "Ilk qadam" o‘quv dasturida maktabgacha ta'lim tashkilotidagi bolalar u yerda o'tkazadigan vaqti va mazmunga qo‘yiladigan sanitar-gigiyenik talablarga, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida kun tartibini o‘rnatish va tashkil etish me‘yorlariga muvofiq o‘z kun tartibini ishlab chiqish imkoni borligi xususida fikr yuritgan. Shuningdek, magistr Xujamqulova Iroda tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha katta yoshidagi bolalarda o'yin orqali fazoviy va miqdor tushunchalarni shakllantirish ko‘nikmalarini egallash maqsadida har xil faoliyatlar olib borish kabi dolzarb vazifani amalga oshirishning ahamiyatini asoslagan. Ta’kidlash mumkinki, magistr Xujamqulova Irodaning mazkur dissertatsiya ishi tugallangan tadqiqot sifatida magistrlik dissertatsiyasi talablariga to’la javob beradi, o’zining ilmiy amaliy ahamiyatiga ega, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar kelgusida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga hissa qo’shadi.
Xujamqulova Iroda Faxriddin qizining 70110201-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik daraja olishga loyiq deb hisoblayman va mazkur ishni ijobiy baholayman.


Termiz davlat pedagogika instituti
Pedagogika kafedrasi dotsenti
p.f.b.f.d A.S.Samiyev

Yüklə 33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin