Reja: Bolalar jamoasini shakllantirishning maqsadi va V



Yüklə 7,71 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü7,71 Kb.
#182255
  1   2
Reja Bolalar jamoasini shakllantirishning maqsadi va V-fayllar.org (1)


Reja: Bolalar jamoasini shakllantirishning maqsadi va V

Bolalar jamoasini shakllantirish va bola shaxsidagi axloqiy sifatlarni tarbiyalash shaxs va jamoa




Reja:

1. Bolalar jamoasini shakllantirishning maqsadi va vazifasi

2 Bolalar jamoasini shakllantirishning о‘ziga xos xususiyatlari.

3. Jamoani shakllantirish bosqichlari.

Jamoa sо‘zi lotincha «kollektivus» suzining tarjimasi bо‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh manolarini anglatadi. Yoki jamoa deganda kishilardan iborat guruh tushuniladi.

Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida alohida ahamiyat kasb etadigan tamoyillardan biridir. Bolaning har tomonlama rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida jamoaning yetakchi о‘rin tutishi haqidagi fikr pedagogika faniniig rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan.
Shuning uchun ham bolalar jamoasining rivojlanishi pedgagogik jihatdan boshqariladigash jarayondir. Jamoaga rahbarlik kilishning asosiy vazifasi pedagogik yondoshishning ilmiy asoslangan sistemasi yordamida jamoa a’zolarini tarbiyalab, voyaga yetkazishdai iborat. Jamoaning tarbiyaviy vazifalari uning a’zolari olib boradigan mazmunli, bilish, aloqa faoliyagi jarayonida amalga oshiriladi.

Jamoada bolalar eng avvalo muomala meyorlarini amalda


о‘zlashtiradilar, о‘z xatti-xarakatlarini boshqa odamlar manflatlariga muvofiq tarzda qо‘rishni, rejali va adolatli bо‘lishni о‘rganadilar.

Bolalar jamoasi turli yosh bosqichlarida muayyan xususiyatlarga ega bо‘lgan holda, tobora rivojlanib boruvchi tizimdir.

Maktabgacha tarbiya yoshda jamoaning dastlabki asoslari shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar jamoasi bu bolalar bog‘chasidagi jamoa, turmush tarzi birgalikdagi faoliyat asosida bir -biriga bog‘lik maqsad, manfaat va kechiimalar bilan tarbiyachi rahbarligida birlashgan va uyushgan bolalar guruhidir.

Maktabcha tarbiya yoshdagi bolalar jamoasida tarbiyachi bosh tashkilotchi rolini о‘ynaydi va bolalarda asta – sekin jamoaning axamiyati haqida umumiy natijalarga erishishda birgalikda kuch-g‘ayrat sarflash quvonchi haqida har bir bolaning jamoa hayotidagi roli haqida tasavvur hosil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy quvonchli kechinmalari, birgalikda qilingan maroqli faoliyat bolalar jamoasi rivojlanishning asosidir.

Maktabgacha tarbiya yoshi oxirlariga borgapda makabgacha yoshdagi bolalar guruhida tarbiya tо‘g‘ri yо‘lga quyilgan bо‘lsa, hamkorlik, о‘zaro yordam, mas’uliyatlilik kabi xususiyatlar namoyon bо‘ladi.

Shunday qilib, jamoa kishilarning muayyan guruhi bо‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari о‘zaro birlik, a’zolarining munosabatlar jarayonidagi tenglik asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga buysunish, shuningdek, jamoa oddidagi javobgarlik asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash unda ijobiy sifatlarini hosil qilish mustahkam hayotiy vaziyatni qaror toptirishdan iborat.

Bolalar jamoasi tarbiyachi pedagog hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi о‘z - о‘zini nazorat. О‘z -о‘zini boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, о‘zining psihologik muhitiga va an’analariga ega gurux hisoblanadi. Bugungi kunda pedagog olimlar (L.I Novikov va boshq.) bolalar jamoasi rivojlanish jarayonini tahlil qilar ekan, uni quyidagi uch jihatiga e’tibor boradilar:

A) Jamoani dastlabki shakllantirish.

V) Jamoani shakllantirish, uning har bir a’zosini individual rivojlantirish,

G) Tarbiyalanuvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi.

Tarbiyachi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijobiy tajribaga qо‘shish imkonini beradigan о‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir etadigan - shakl va metodlardan foydalanadi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasi mashg‘ulotlarning umumiyligi va о‘zaro munosabatlarning muayyan tizimi tufayli birlashgan bolalar guruhidir. Uning shakllanishi butun tarbiyaviy jarayonning natijasi bо‘lib, tarbiyalanuvchilar hayoti va faoliyatini tо‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq bо‘ladi.

Demak, inson xulqidagi ijobiy sifatlardan biri kishilar jamoasiga qо‘shila olish va о‘sha jamoa a’zolari orasidan munosib о‘rin olishdir. Bu har bir kishidan yuqori saviya va odob - axloqni talab etadi.

Kishining odobi, bilimi, jismoniy kamoli, jamoa ichida tez kо‘rina boshlaydi.

Bola yoshligidan boshlab о‘zida boshqalar bilan, bolalar jamoasi bilan muloqotga extiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani о‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi.

Bola yashayotgan jamoa jozibali etib tashkil qilinsa bola


bunday jamoada о‘zini erkin sezishi mumkin. Buning uchun esa
jamoa - mazmunan boy, undagi о‘zaro munosabatlar insonparvarlikka asoslangan bо‘lishi muhim. Jamoani shakllantirshda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qо‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, bolalar tomonidan о‘z - о‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlari boshqasidan ustun kelishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak.

Shu bois tarbiyachi bolalarni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.

Demak, tarbiyachi bola bilan amalga oshiradigan yakka tarbiyadagi ishlarni uyushtirishda ma’lum shart - sharoitlarga rioya qilishi lozim. Masalan, yakka tarbiyadagi suxbatlar, mashg‘ulotlar, rasm va kitoblarni kо‘rish, didaktik о‘yinlar ertalabki soatlarda, sayrda kechki soatlarda о‘tilsa, maqsadga muvofiq bо‘ladi.



Bolalar bilan kanday ishlar olib borish tarbiyachining
umumiy rejasida kо‘rsatilishi kerak. Olib borgan kuzatishlari
natija va xususiyatlarini tarbiyachi о‘zining kundalik daftariga yozib boradi.


Yüklə 7,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin