Mavzu: Tizim xossalari va prisiplari
1.
Tizimning asosiy belgisi va ko‘rsatkichlari.
Tizimning asosiy belgisi (funksionallik, ierarxiyalik) uni tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan
elementlari bo‘lsa ko‘rsatkichlariga tizim elementlarining mikdori, qanday bog‘langanligi va
boshqalar kirishi haqida ma’lumot berish.
Tizim elementlari. Tizimni o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan ta’sirlashuvchi elementlar majmui kabi
ta’riflash mumkin. Tizimlarga misol sifatida alohida qism va detallardan
tuzilgan texnik qurilma,
xujayralar majmuasidan tashkil topgan tirik organizm,
odamlar jamoasi, ishlab chikarish korxonasi,
davlat va shunga o‘xshashlarni ko‘rsatish mumkin. Tizimning o‘zaro bog‘langan
bir qator
elementlaridan tuzilgan qismiga uning qism tizimlari(tizim osti) deb ataladi. Odatda tizim elementlari
muayyan predmet sohasi ob’ektlari kabi aniqlanadi. Elementlarining tabiati bilan bog‘liq ravishda fizik,
mexaniq, ximik, biologik,
iqtisodiy, kibernetik va boshqa tizimlarni farqlash mumkin.
2.
Tizimning klassifikatsiyasi.
Tizimlarni turli mezonlar bo‘yicha
klassifikatsiyalashtirish mumkin. Eng umumiy ko‘rinishda barcha
tizimlar moddiy va mavhum (abstrakt) tizimlarga bo‘linadi. Moddiy tizimlar – moddiy (ashyoviy)
ob’ektlar majmuasidir: bular noorganiq (texnik, kimyoviy va shu kabilar), organiq (biologik), aralash
turdagi ob’ektlar bo‘ladi. Aralash turdagi ob’ektlardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: egrotexnik
tizimlar («inson-mashina» tizimi); ijtimoiy tizimlar (odamlarning jamoadagi munosabatlari), ijtimoiy-
iktisodiy tizimlar (insonlarning jamoadagi munosabatlari bilan ishlab chikarish jarayonining aloqasi).
Mavhum tizimlar – inson tafakkurining mahsulidir. Ular bilim, nazariya va gipotezalardir.
Murakkablik darajasiga ko‘ra oddiy, murakkab va o‘ta murakkab (yirik tizim) tizimlar farqlanadi. Oddiy
tizimlarga oddiy strukturaga ega va oson matematik tavsiflanadigan tizimlar kiradi. Murakkab tizim –
bir biri bilan chambarchas bog‘langan holda umumiy maqsad uchun xizmat
qiluvchi alohida tizim
ostilari kompleksidir. Tizim parametrlarining o‘zgarishi vaqtga bog‘liq yoki bog‘liq emasligiga qarab
ular, mos ravishda, dinamik va statik tizimlar sifatida farqlanadi. Tizim holatining o‘zgarish xarakteriga
qarab ular diskret va uzluksiz tizimlarga ajratiladi. Agar tizimning bir holatdan boshqasiga o‘tishi
qandaydir oraliq holatlardan o‘tmasdan yuz bersa, u holda bu tizim diskret deyiladi. Agar tizim istalgan
ikki holatning biridan ikkinchisiga o‘tishida albatta, oraliq holat orqali o‘tsa, u holda tizim uzluksiz
deyiladi. Tizimlarni deterministik va ehtimoliy (stoxastik) tizimlarga ham ajratish mumkin.
Deterministik tizimlar aniq topiladigan ko‘rsatkichlarga ega, ehtimoliy tizimlar esa tasodifiy (ehtimolli)
xarakterli ko‘rsatkichlarga esa bo‘ladi. Misollar: deterministik tizimlar: regulyatorli muzlatgich;
sistema sexda dastgohlarning joylashtirilish tizimi, avtobus marshrutlari tizimi; fakultet darslari jadvali,
EHM, televizor; yig‘uv avtokonveyeri. Ehtimoliy tizimlar: korxona mahsulotini statistik nazorat etish
tizimi, tashkilotlardagi moddiy - texnik ta’minot tizimi; aeroport atrofida
samolyotlar harakatini
boshqaruvchi tizim; energetik tizim boshqaruvi.
Tizimni ifodalashda qo‘llaniladigan matematik modelning berilishiga qarab ularni chiziqli va chiziqsiz
tizimlar kabi sinflashtirish ham mumkin. Tizim va tashqi muhitning o‘zaro ta’siri xarakteri bo‘yicha
yopiq va ochiq tizimlar farqlanadi.
Tabiiy tizimlar. Inson –mashina tizimlari.
Tizimni sinflanishi qilish bir necha omillarga bog‘liq bo‘lib, quyida biz siz bilan mana shu omillarga
ko‘ra tizim qanday tasniflanishini ko‘rib o‘tamiz. Har bir omilga alohida ahamiyat berib nazar
solsangiz, qaysi tizimni o‘rganayotganimiz va unga bog‘liq bo‘lgan omillarni
darhol ajratishingiz
mumkin. Demak, tizim:
1. Sun’iy
2. Tabiiy tizimga bo‘linadi.
Tabiiy tizim deb – tabiatan mavjud bo‘lgan tizimlarga aytiladi.
Sun’iy tizim deb - inson ishtirokida tashkil etilgan tizimga aytiladi. Sistemotexniklar asosan sun’iy
tizimlarni tahlil qilish bilan ish lib boradilar. Sun’iy tizimni tahlil qilish tizimni tashkil etuvchi barcha
komponentlarini tahlil
qilishdan boshlanadi, ya’ni tizim qanday komponentlardan tashkil topgan,
uning ichki
va tashqi aloqalari qaysilar, bu tizim qaysi maqsadga yo‘naltirilgan, qaerda, qanday, nima
uchun foydalaniladi.