Mavzu: Yer osti yuklash mashinalari. Yuklash mashinalarini qo’llash omillari,asosiy turlari,ishlash prisiplari. Yuklash mashinalari turlari va konstruktiv sxemalari. Davriy ishlovchi pog’onali yuklash mashinalari Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari Kon-qidiruv lahimlarini o’tishda tog’ jinslarini yuklash-qiyin jarayon bo’lib, umumiy lahim o’tish davrining 60 % gacha bo’lgan vaqtini egallaydi. Yer osti qidiruv lahimlarini o’tishda tog’ jinslarining asosiy hajmi yuklovchi mexanizmlar yordamida olinadi va bir qismigina qo’l mehnati bilan bajariladi. Yuklovchi mexanizmlar sifatida yuklash mashinalari ishlatiladi.
Yuklash mashinalari yer osti lahimlarini burg’ilab-portlatish usuli bilan o’tishda massivdan ajratilgan tog’ jinslarini transport vositasiga yuklashni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangandir.
Yuklash mashinalari yer osti lahimlarini burg’ilab-portlatish usuli bilan o’tishda massivdan ajratilgan tog’ jinslarini transport vositasiga yuklashni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangandir.
Har qanday yuklash mashinasi ikkita asosiy funksiyani bajaradi: massivdan portlatib ajratilgan tog’ jinsini qamrash ya’ni ishchi organini to’ldirish yoki tog’ jinsiga botirish; yukni ma’lum balandlikka ko’tarib transport vositasiga uzatish. Bu jarayonlarni bajarishiga qarab yuklash mashinalari quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
- ish bajaruvchi organi turi bo’yicha – cho’michli, taroqsimon, baraban-g’ildirakli, qamrovchi-panjali (1.1.-rasm, a); - ish bajaruvchi organining ishlash usuli bo’yicha– davriy va uzluksiz (1.1.-rasm, b); - tog’ jinsini qamrash usuli bo’yicha – tagidan, yonidan va ustidan qamrovchi (1.1.-rasm, v); - yukni transport vositasiga uzatish usuli bo’yicha – to’g’ridan-to’g’ri yoki pog’onali yuklovchi (1.1.-rasm, g); - mashinaning harakatlanish usuli bo’yicha – g’ildirak-relsli, gusenitsali, pnevmog’ildirakli (1.1.-rasm, d).