1.2-rasm. Tizimni murakkabligi bo‘yicha klassifikatsiyalanishi.
1.3-rasm. Tizimning maqsad bo‘yicha klassifikatsiyalanishi.
1.4 – rasm . Vaqt bo‘yicha klassifikatsiyalanishi.
Eng umumiy ko‘rinishda barcha tizimlar moddiy va mavhum (abstrakt) tizimlarga bo‘linadi.
Moddiy tizimlar – moddiy (ashyoviy) ob’ektlar majmuasidir: bular noorganiq (texnik, kimyoviy
va shu kabilar), organiq (biologik), aralash turdagi ob’ektlar bo‘ladi.
Aralash turdagi
ob’ektlardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: agrotexnik tizimlar («inson-mashina» tizimi);
ijtimoiy tizimlar (odamlarning jamoadagi munosabatlari), ijtimoiy-iktisodiy tizimlar
(insonlarning jamoadagi munosabatlari bilan ishlab chikarish jarayonining aloqasi).
Mavxum
tizimlar – inson tafakkurining maxsulidir.
Ular bilim, nazariya va gipotezalardir.
Murakkablik darajasiga ko‘ra oddiy, murakkab va o‘ta murakkab(yirik tizim) tizimlar farqlanadi.
Oddiy tizimlarga oddiy strukturaga ega va oson matematik tavsiflanadigan
tizimlar kiradi.
Murakkab tizim– bir biri bilan chambarchas bog‘langan holda umumiy maqsad uchun xizmat
qiluvchi alohida tizim ostilari kompleksidir.
Tizim parametrlarining o‘zgarishi vaqtga bog‘liq yoki bog‘liq emasligiga qarab ular, mos
ravishda
, dinamik va statik tizimlar sifatida farqlanadi.
Tizim holatining o‘zgarish xarakteriga qarab ular
diskret va
uzluksiz tizimlarga ajratiladi. Agar
tizimning bir holatdan boshqasiga o‘tishi qandaydir oraliq holatlardan o‘tmasdan yuz bersa, u
holda
bu tizim diskret deyiladi.Agar tizim istalgan ikki holatning biridan ikkinchisiga
o‘tishidaalbatta oraliq holat orqali o‘tsa,
u holda tizim uzluksiz deyiladi.
Tizimlarni deterministik va ehtimoliy(stoxastik)tizimlarga ham ajratish mumkin.
Deterministik tizimlar
aniq topiladigan ko‘rsatkichlarga ega,
ehtimolli tizimlar esa tasodifiy (ehtimolli)
xarakterli
ko‘rsatkichlarga esa bo‘ladi. Misollar:
deterministik tizimlar: regulyatorli mo‘zlatgich;
tizim sexda
dastgohlarning joylashtirilish tizimi, avtobus marshrutlari tizimi; fakultet darslari jadvali, kompyuter,
televizor; yig‘uv avtokonveyeri.
Ehtimolli tizimlar: korxona mahsulotini statistik nazorat etish tizimi,
tashkilotlardagimaterial-texnik ta’minot tizimi; aeroport atrofida samolyotlar harakatini boshqaruvchi
tizim; energetik tizim boshqaruvi.
Tizimni ifodalashda qo‘llaniladigan matematik modelning berilishiga qarab ularni
chiziqli va chiziqsiz