Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak.
Agar bola
pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga kelganda
kishiga xos iste’dodga ega bo’ladi. Xuddi olmadagi urug’ga o’xshab ba’zida ko’proq,
ba’zida kamroq bo’ladi.
Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg’unlik masalasida hamma narsaning asosi
4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug’lik.
Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo’linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish.
Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo’linadi; go’daklik, bolalik, o’smirlik, yetuklik.
SHuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo’linadi;
maktabgacha tarbiya, boshlang’ich
ta’lim, o’rta ta’lim, oliy ta’lim.
Umumta’lim g’oyasi. Komenskiy yashagan davrda hammani o’qishga tortish
shart emas, qobiliyatli kishigina o’qishi kerak, degan g’oya mavjud edi. Komenskiy
esa o’qishga hammaning tortilishini, hamma o’z ona tilida umum boshlang’ich ta’lim
olishi kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to’g’risida gapirganda ayollarni ham hisobga
oladi. O’sha davrda xotin-qizlar uchun o’qish juda katta muammo edi,
shunga
qaramay, u bu masalani ilgari surdi.
Komenskiyning pedagogik nazariyasining yana bir qimmatli tomoni
o’quvchilar bilim olish tushunchasiga ega. Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa
ham, baribir kishi o’z aksini ko’rishi mumkin, albatta,
toza oyna kishi aksini toza
ko’rsatadi. O’qituvchining vazifasini oynadagi changni artib tashlash, ya’ni
bilimni
bola ongiga yetkazish, ani aqliy tomondan o’stirishdir, degan edi.
Komenskiy o’z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko’rsatadi. Tarbiyaning
maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir.
Buni uch xil tarbiya
orqali amalga oshirish mumkin:
1. Aqliy tarbiya.
2. Axloqiy tarbiya.
3. Diniy tarbiya.
Bu maqsad bolaning tug’ilganidan to 24 yoshigacha amalga oshadi, bu davr
ichida bola to’rt maktabni o’qib tugatishi, har birida 6 yil o’qishi kerak, deb
hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: