Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivoji


bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari»



Yüklə 272,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix10.01.2023
ölçüsü272,64 Kb.
#78822
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Maruza

bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» kabi darsliklarida bayon etadi. 


«Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» darsligini o’zining didaktik 
tamoyillariga amal qilgan holda tuzdi. Darslik turli sohalarda bolalar tushuna oladigan 
bilimlar bilan tanishtiradi. 
«Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari»ni boshlang’ich 
bilimlarning bolalar uchun yozilgan ensiklopediyasi deyish mumkin. 150 ta suratlar 
bilan berilgan qisqa maqolada tabiat haqida (olam, geografiyaga doir, o’simliklar, 
hayvonlar, inson tanasi haqida), odamning faoliyati haqida (kasb-hunar, qishloq 
xo’jaligi, madaniyat), ijtimoiy hayot haqida (davlat boshqarmalari, sud haqida) 
ma’lumotlar beradi. Bu kitob ko’p tillarga tarjima qilindi, boshlang’ich ta’lim uchun 
150 yildan ko’proq yaxshi darslik sifatida xizmat qiladi. 
Axloqiy tarbiya. Intizom. Komenskiy yoshligidan boshlab bolada axloq va 
odob hosil qilish kerakligini aytadi. Mardlik, o’zini tuta bilish, chidamlilik, vaqt va 
vaziyat talab qilganida foyda yetkazishga tayyor bo’lib turish, burchni ado qilish kabi 
xislatlar fazilatdir. Shu asosiy fazilatlardan tashqari kamtarlik, mo’min-qobillik, 
kishilarga xayrixohlik, pokizalik, puxtalik, xushmuomalalik, kattalarni hurmatlash, 
mehnatsevarlik xislatlarni tarbiyalashni ham muhim vazifa, deb hisoblaydi. 
U quyidagilarni axloqiy tarbiya vositalari deb biladi: a) ota-ona, o’qituvchi, 
o’rtoqlarining namunasi; b) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbatlar 
o’tkazish; v) bolalarni yaxshi xulqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik, 
o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish. 
Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligini ko’rsatib, «Intizomsiz 
maktab bamisoli suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr 
maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi. Bolalarga 
insoniy muomalada bo’lishni tavsiya etadi. Intizom: o’qituvchining namuna 
ko’rsatishi, samimiy, ochiq xayrixohligi, o’qituvchining bolaga bo’lgan to’g’ri 
munosabati (agar u bolani sevsa, uning yaxshi bo’lishini istasa, darsi mazmunli 
bo’lsa, tushuntira olsa intizomlilik vujudga keladi), bolani ko’pchilik oldida, o’rtoqlari 
o’rtasida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi, deydi.

Yüklə 272,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin