Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivoji



Yüklə 272,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix10.01.2023
ölçüsü272,64 Kb.
#78822
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Maruza

1. Ko’rsatmalilik tamoyili — Komenskiy ko’rsatmalilik tamoyilini nazariy 
jihatdan isbotlab, mufassal bayon qilib berdi. U bu prinsipni faqat ko’rsatib o’qitish 
usuli tariqasidagina emas, balki barcha sezgi organlarini narsa va hodisalarni asosli va 
yaxshi o’zlashtirib olishga jalb etish vositasi tariqasida keng ma’noda to’g’ri 
tushunadi. 
Ko’rsatmalilikni o’qitishning «Oltin qoidasi» deb ataydi. Ko’rsatmalilik 
prinsipida: a) bolaga real narsalarni ko’rsatish, b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish, 
v) narsalar modelini ko’rsatish, g) o’qituvchining so’zi. Komenskiy «Mir 
chuvstvenno’x vehey v kartinkax», ya’ni «Dunyodagi narsalarning rasmlarda aks 
etishi» asarida o’qitilayotgan, o’rganilayotgan narsalarni ushlash, ko’rish, yeyish, 
hidlash kerakligini aytib, bu o’rganilayotgan materialni chuqur bo’lishga va esda uzoq 
vaqt saqlanishiga olib keladi, deydi. 
2. Onglilik tamoyili. Komenskiy onglilik tamoyilini ilgari surar ekan, 
o’qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og’zaki yodlashga qarshi chiqadi. «Aql-
idrok bilan yaxshi tushunib olingan narsadan boshqa hech bir narsani zo’rlab 
yodlatmaslik lozim». O’quvchilar «O’rganilayotgan narsa kundalik hayotda qanday 
foyda yetkazishini o’qituvchi yordamida anglab olishlari kerak. SHu bilan 
hodisalarning sabablarini anglatmoq, har bir narsani to’la tushuntirib bo’lguncha, shu 
narsa ustida to’xtatmoq kerak» deb hisoblaydi. 
3. Komenskiy ta’limning tizimli bo’lishini talab qiladi. O’qitilayotgan 
material o’quvchilarga asosiy qodilar tariqasida lo’nda bayon qilinishi kerak. 
O’qitishda dalillardan xulosalarga, misollardan qonunlarga o’tish, dalillar va 
misollarni qoidalar tizimiga solib, umumlashtirib berish lozim, aks holda 
hodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo’lib qoladi. Konkretdan abstraktga, osondan 
qiyinga, umumiydan xususiyga o’tish kerak; avval narsa, ya’ni hodisaga umumiy 


tushuncha berib, keyin uning turli tomonlarini ayrim-ayrim o’rganish kerakligini 
ko’rsatadi. 

Yüklə 272,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin