Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

OY VA QUYOSH  KABI...
Oy va  quyosh  kabi  izchil  izma-iz 
Hijron  -  zulmat quvib sobitqadammiz. 
Birlashmoq  qismatda  yo'q  ekan,  garchi 
Ikki  vujuddagi  bitta  odammiz.
Qo'l  ushlashib tushar ko'kdan  laylakqor, 
Chechaklarin juftlab sochadi  bahor.
Men  bunda  zorman,  sen  unda  intizor,
Ikki  vujuddagi  bitta  odammiz.
Bizni  go'dak bilib o'ynadi taqdir,
Ustimizdan  kulib o'ynadi taqdir.
Qo'llaring  ushlashga  qo'ymadi taqdir,
Ikki vujuddagi  bitta  odammiz.
Sensiz  ma'nosizman,  sensiz  kimman,  kim? 
Yarim  oy  bulutga  berkinadi jim.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Yuragim  nimtadir,  ey go'zal  yarmim, 
Ikki  vujuddagi  bitta  odammiz.
Sinov  bu,  deymiz-da,  bu  ko'hna  savdo, 
Dunyoni  unutsin,  dedimi  Xudo. 
Qiyomatni  kutsin,  dedimi Xudo,
Ikki  vujuddagi  bitta  odammiz.
2006
SUVRAT
"Eslaganda  ko'ring...  Ko'rgach  eslamang..." 
Imzo.  Sana.  Rasm  -  qog'oz...  Sevgilim. 
Hayotdan  rang  ketdi  va tindi  ohang,
Bizdan  suvrat qoldi  xolos,  sevgilim.
Xushbaxt  kunlarimdan  xotira  - yodgor, 
O'zimdan  qizg'anib qarayman  takror. 
Baxtning  soyasidan  bo'lak nimam  bor? 
Bizdan  suvrat qoldi  xolos,  sevgilim.
Na  shahdu  na  shiddat,  na jur'at qoldi,
Na  ahdu  na  rag'bat,  na  sur'at qoldi.
Tushda  ko'rgan  kabi  shul  suvrat qoldi, 
Bizdan  suvrat qoldi  xolos,  sevgilim.
Hech  qachon  hech  kimga  etmas-ku  dodim, 
Etsa,  inobatga  o'tmas-ku  dodim.
Armon  shu  -  suvratda  qotsa  hayotim, 
Bizdan  suvrat qoldi  xolos,  sevgilim.
Suvratdek sarg'ayib o'char izimiz,
Mazmunin  yo'qotib  borar ismimiz.
Jismimiz yuribdi,  faqat jismimiz...
Bizdan  suvrat qoldi  xolos,  sevgilim.
2006

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin