Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

DADAM  QABRI
Qora  qishdan  qutulmasdan  turib olam, 
Dadam  qabri  ustidan  o't ko'klab  chiqdi. 
Nima  qilib yuribdi,  deb,  bebosh  bolam? 
Balki  ko'ngli  tinchimasdan yo'qlab chiqdi.
Odam  bormi  bu  manzilga  kelmaydigan, 
Odam  bormi  kelishini  bilmaydigan,
Tirik odam  bormi  seni  tergaydigan? - 
Degan  savol  maysalarni  chulg'ab chiqdi.
El  qatori  nasihatdan  bezganim  rost, 
Umidimni o'zim  tishlab  uzganim  rost. 
Qayda  bo'lmay,  bir nigohni  sezganim  rost, 
Gunoh  qilsam,  o'tkir nigoh  tig'lab  chiqdi.
Ba'zan  qo'lim,  ba'zan  esa  sabrim  etmas, 
Hayotimni  oqlash  uchun  umrim  etmas. 
Onamni  haj  qildirgani qurbim  etmas,
Hayit  kuni  yurakkinam  ingrab chiqdi.
Yillar o'tib  kim  ulg'aydi,  kim  qaridi,
Kimdan  oru  nomus,  kimdan  dard  aridi. 
Akalarga to'kay,  deb  dil  g'amlarini  - 
O'ksib  borsam,  eshigidan  yig'lab  chiqdi.
Bildim,  nega  el  oldiga  osh  qo'yishar, 
Qachon  yostiqqa  bemalol  bosh  qo'yishar. 
Ko'klamasin  deb,  ustiga tosh  qo'yishar... 
Mening  dadam  qabridan  o't  ko'klab chiqdi.
2004
SINGAN  ODAM
Singan  odam,  tuyg'ulari tingan  odam,
Singan  odam,  qismatiga  ko'ngan  odam.
Siniq  kulib,  siniqqina  ko'rishadi,
Kun  ko'radi,  yashamaydi  singan  odam.
Yuribmiz-da,  deydi  endi  o'g'il-qiz deb, 
Qoraqozon  yonidagi  qorako'z deb...
Men  hamisha  yoningdaman,  ketdik,  do'st,  deb, 
Elkangga  qo'l  tashlamaydi  singan  odam.
Ko'rilmagan  katta  xavfni  ko'rib qolgan,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qochib  borib o'z  ichiga  kirib qolgan.
O'z jonining  mazasini  bilib qolgan,
Senga jonin  to'shamaydi  singan  odam.
Ko'rdim  singan  shoxni  -  oppoq  guli  bilan, 
Egam  goho shunday o'ynar quli  bilan. 
Goho  urar bandasining  qo'li  bilan...
Odam  isin  xushlamaydi singan  odam.
Unga  tegma,  u  sendan  ayb  qidirmaydi, 
Aybing  bilsa  ham  birovga  bildirmaydi. 
Singan  odam  singanlarni  sindirmaydi. 
Begonaga  o'xshamaydi  singan  odam.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin