Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

BACHKANA  KUN...
Bachkana  kun  kelsa,  buralib  palang  - 
Kosadagi  sutni  to'kib qochadi.
Ilvirsni  bo'yniga  chumchuq  solar chang, 
Burgut rayhon  bargin  cho'qib qochadi.
Bachkana  kun  kelsa,  qiyin,  deydilar, 
Hayot o'zi  beshak o'yin,  deydilar. 
Qirqiga  chidagan,  chidaymiz yana  - 
Qirq  yilda  bir eshak o'yin,  deydilar.
Bachkana  kun  kelsa,  gul  bo'lar shoir, 
Gul  bo'lmasa,  kuyib,  kul  bo'lar shoir. 
Odamning  quliydi  chiroqning jini, 
Aroqning jiniga  qul  bo'lar shoir.
Bachkana  kun  kelsa,  Ahmad  donolar 
Asta  tera  boshlar shaxmat donalar.
Siz  unga  so'z  berib qo'ysangiz,  tamom, 
Sizga  gap  bermaydi  mahmadonalar.
Bachkana  kun  kelsa,  shon  va  sharaflar:


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Bir yonda  takliflar,  bir yon talablar. 
Chimmatin  ko'tarib,  qoshin  sakratib 
Zinoga  chaqirar eski  danaplar.
Bachkana  kun  kelsa...  kelmasin,  deyman, 
Ustimizdan  birov  kulmasin  deyman. 
O'zimiz  bilamiz  -  kimmiz,  nimamiz,
Shu  gapni  bolalar bilmasin,  deyman.
2001
BUNCHALAR...
Quyoshga  intiqqan  kabi  g'unchalar,
Yurak sokin-sokin  qo'ng'iroq  chalar.
Nima  deb  kuylaydi  qo'ng'iroqchalar? 
Bunchalar sevdirding  meni,  bunchalar?
Ohu  qarashlimi, jodu  qarashli,
Libosi  yarashli,  nozi  yarashli,
Buncha  yaxshi  bo'lding,  bunchalar yaxshi! 
Bunchalar sevdirding  meni,  bunchalar?
Ertaklar haqiqat ekanimi  bu?
Yurakka  ko'krak tor kelganimi  bu?
Yo visol  yo o'lim  deganimi  bu?
Bunchalar sevdirding  meni,  bunchalar?
Oy  -  ko'kka  tavakkal  chertilgan  tanga, 
Holbuki,  har ikki  olam  bir menga.
Ayt,  nima  yomonlik qilovdim  senga? 
Bunchalar sevdirding  meni,  bunchalar?
2004

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin