7. Ko‘rsatishni ifoda qiladi Ana, akasi bilan yangasi turadigan imorat. Bu imorat Zeboga yaqin, aziz ko‘rinib ketdi. (SH. Xolmirzayev).
INFINITIV GAPLAR
Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan gaplardir: Birovni kutish! Bundan azob narsa bo‘lmasa kеrak!
IKKI BOSH BO‘LAKLI SODDA GAPLARNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARNING QATNASHISHI-QATNASHMASLIGIGA KO‘RA TURLARI
1. Yig‘iq gaplar. Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. (S.Karomatov).
2. Yoyiq gaplar. Ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan:
Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov).
YIG‘IQ GAPLARNING TURLARI
1.Sodda ega va sodda kesimdan iborat:
Tursunboy titrab ketdi. … Tishlari g'ichirladi.(S.Ahm.)
2. Sodda ega va murakkab kesimdan iborat:
Azizxon qahramon bo’ldi. (S.Ahm.)
3. Murakkab ega va sodda kesimdan iborat: Hali folbin xolam bolali ayolga dori berayotganida xaltasiga ko'zim tushdi.