4. Izohlovchi + ega + kesim: Dorug'a Mironshoh farmon qilmishlar.(O.Y.) 5. Qaratqich aniqlovchi + ega + kesim: Ukamning beshigi g'ichirlaydi.(O`.H.) 6. Aniqlovchi + to`ldiruvchi + ega + hol + kesim: Bu manzarani Tursunboy g'azab bilan kuzatib qoldi. (S.Ahm.)
SODDA GAPLARNING ZARUR BO’LAKLARNING IFODALANISHI YOKI IFODALANMASLIGIGA KO’RA TURLARI
1. To’liq gaplar. To‘liq gaplarda fikrni ifodalash uchun zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi.
2. To’liqsiz gaplar. To‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi.
Masalan: - Ilgari qayerda ishlagan edilar? (To‘liq gap). – Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.) (To‘liqsiz gap).
SODDA GAPLARNING BO‘LAKLARGA AJRALISH-AJRALMASLIGIGA KO‘RA TURLARI
Bo‘laklarga ajraladigan gaplar.
So‘zlar bog‘lanmasidan yoki yakka so‘zdan tuzilib, gap bo‘laklarini aniqlash (ajratish) mumkin bo‘lgan gaplar bo‘laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: Mashina darvoza oldida to‘xtadi. (O.Y.).
2. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar.
Bir so‘zdan tashkil topib, tarkibi bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.).
O’zbek tilida gaplar grammatik asoslarining miqdoriga ko’ra 2 ga bo’linadi: Sodda va qo’shma: Bu shaharda tanish bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko’zlarini allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik – yangi filmni tomosha qildik.
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi: sodda yig’iq gap (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi).
O’zbek tilida gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib gap bo’laklarini hosil qiladi. Har bir gap bo’ladi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatiga ko’ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo’lagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi: Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi – bu gapda so’zlar qo’yidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1. Dildora gapirdi. 2. Zavqlanib gapirdi. 3. Uchrashuv haqida gapirdi. 4. Kechagi uchrashuv.
Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: fe’l kesim, ot kesim. Tuzilishiga ko’ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo’linadi.
Fe’l kesim qo’yidagi ko’rinishlarga ega:
A) sof fe’l kesim: Men maktabga boraman.
B) Ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi.
S) Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It xurar – karvon o’tar.
Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z, harakat nomi) bilan ifodalangan kesim ot kesimdir:
A) Yaxshi ro’zg’or – jannat, yomon ro’zg’or – do’zax.
B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
S) Birniki – mingga, mingniki – tumanga.
D) Maqsadim – shu.
E) Sizdan umidim ko’p.
Yo) Mening g’am ulug’ niyatlarim bor.
Murakkab kesim ikki yoki undan ortiq so’z bilan ifodalanadi: Ayozli kunlar asta-sekin o’tib borayotir.
Murakkab ot kesimlar ot+bog’lama vazifasida kelgan yordamchi fe’l yoki ko’makchi fe’l tarzidagi qo’shilishdan hosil bo’ladi. Bunda asosiy ma’no otdan anglashiladi. Bog’lama kesim bilan egani bog’lovchi so’zlardir. Ular mustaqil ma’nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir. Bularning vazifasi fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantirishdir, ya’ni mayl, zamon, shaxs son ma’nolrini ifodalashdan iborat. Kesimni shakllantirishga hizmat qiladigan bunday bog’lamalar bo’l - , qil - , edi, ekan, emish, hisoblan-, sana – kabi yordamchilardir. Kerak, zarur, darkor so’zlari ham bog’lama vazifasida qo’llanadi.
Xursand edi, qiziqarli bo’ldi, Yaxshilik qil, obod qildi, ozod bo’ldi, oz emish, xursand bo’ldi, to’g’ri chiqdi, ko’p edi.
Kesim birikmalar va iboralar bilan ham ifodalanadi. Kengaygan birikma va iboralar gapda yaxlit xolda bitta gap bo’lagi bo’lib keladi va o’z ichida boshqa bo’laklarga ajratilmaydi: Vazifamiz – bilim maskanlarida hamisha a’lo o’qish. Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash.
Baquvvat xotiraning mohiyati – unutmaslik. Komil insonlardagi olijanob hislat – o’tmishni unutmaslik.
Xulosa
Ega va kesim gapning grammatik asosidir. Gapni gap bo’laklariga ajratishda bir necha usullardan foydalaniladi. Ulardan ko’p qo’llaniladigani gap tarkibidagi so’zlarga so’roq berishdir. Ammo bu usul har doim ham o’zini oqlamaydi. Chunki gapda so’roqqa javob bo’la oladigan, amo gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan bo’laklar – undalmalar ham ishtirok etadi. Masalan: Bolalar, ilm olish – yuksalishdir. Gapida bolalar so’zi so’roqqa javob bo’lsada lekin gap bo’lagi vazifasida kelmagan. Shuningdek gapni gap bo’laklariga ajratishda ularning grammatik shakliga ham e’tibor beriladi. Ammo bu usul ham to’liq o’zini oqlamaydi. Masalan, qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichli aniqlovchi vazifasinibajarishi mumkin, ammo jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi so’zlar to’ldiruvchi ham, hol ham bo’lishi mumkin: Paxtani zavq bilan terdim – paxtani mashina bilan terdim. Sen nimaga kechikding – suvni nimaga quymoqchisan.
Ba’zan gap bo’laklarini belgilashda uning qaysi so’z turkumiga taalluqli ekanligi ham e’tiborga olinadi. Lekin bu usul ham to’liq asos bo’la olmaydi. Chunki biror bo’lak aynan bir so’z turkumi bilan har doim ham ifodalanavermaydi. Shuning uchun gapni gap bo’laklariga ajratishda tobe aloqa asosiy vositadir.
Dostları ilə paylaş: |