Sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon



Yüklə 49,96 Kb.
səhifə4/11
tarix01.05.2023
ölçüsü49,96 Kb.
#105700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу

Ssientizm va antissietizm. Ba’zi bir ilmiy davralarda fanning roli va ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi yondashuv mavjud bo'lib, u ≪ijobiy≫, ≪foydali≫ bilim sifatida fanni ≪mavhum≫ va ≪tajribaga asoslanmagan≫ falsafaga qarshi qo‘yadi. Bunday qarashlar ssientistik deb, nazariy tafakkur yo‘nalishi esa - ssientizm (lot. scientia va ingl. science - fan, bilim) deb ataladi. Ssientizm fan texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi. Antissientizm falsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e ’Ion qiladi, и oqilonalikni kamsitadi va mistika, intuitsiya, iroda va shu kabilarni mutlaqlashtiradi.
Fanning mikrokonteksti va makrokonteksti. Davrimizga xos fanlararo tadqiqotlar har qanday natija jamoa kuch-g‘ayratining mahsuli ekanligiga urg‘u beradi. Biroq kommunitarlikning ijtimoiylikdan farqini tushunish uchun fan mikrokonteksti va makrokonteksti tushunchalarini ilmiy muomalaga kiritish lozim. Fanning mikrokonteksti и yoki bu davr sharoitida ishlayotgan ilmiy hamjamiyat xususiyatlariga fanning bog ‘liqligini anglatadi. Fanning makrokonteksti fan rivojlanuvchi kengroq ijtimoiy-madaniy muhitdagi bog'liqliklar haqida bahs etadi, bu fan ijtimoiy mezonining ifodasidir. Boshqacha aytganda, har bir jamiyat o‘z ma’rifatli rivojlanish darajasiga mos keluvchi fanga ega bo‘ladi.
Tadqiqotchilar fanning ≪tashqi≫ va ≪ichki≫ ijtimoiyligiga ishora qiladilar1. Fanga nisbatan siyosatni, uning rivojlanishini quwatlash yoki tiyib turish usullarini belgilovchi u yoki bu tipdagi jamiyat va davlat faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy va ma’naviy omillariga bog‘liqlik fanning ≪tashqi≫ ijtimoiyligini tashkil etadi. Olimning fikrlash va o‘z qobiliyatini namoyon etish uslubini boyituvchi ilmiy hamjamiyat va ayrim olimlar ichki mental mo‘ljallari, me'yorlari va qadriyatlarining ta’siri, davr xususiyatlariga bog'liqlik ≪ichki≫ ijtimoiy haqidagi tasawurni tashkil etadi.
Fan taraqqiyotining asosiy omillari. Fan taraqqiyoti nima bilan belgilanadi, degan savolga javob izlashda nafaqat fan va ishlab chiqarishning munosabatlarini, balki boshqa ko‘plab omillami ham qayd etish lozim. Ular orasida institutsional, intellektual, falsafiy, diniy va hatto estetik omillar bor. Shu sababli sanoat inqilobi, iqtisodiy o‘sish yoki tanazzul, barqarorlik yoki beqarorlikning siyosiy omillari ijtimoiy ongning boshqa shakllari tizimida fanning mavjudligini ko‘p jihatdan belgilovchi omillar sifatida tushunilishi lozim.

Yüklə 49,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin