Fan tushunchasining ma’nosi. Fan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo ‘Idi. Ko‘p sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bilim sifatida fan atrof-borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan. Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul qilish, yo'l tanlash, o ‘z manfaatlarini ko ’zlash, mas’uliyatni tan olish maydonida amal qiladi. V.I.Vemadskiy fanning aynan faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd etgan edi: ≪Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modeller bo‘lib, u yaratuvchi dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi asosan ilmiy omillar va ulaming empiric xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlarning ilmiy ishi uning asosiy jonli mazmunini tashkil etadi»1. Faoliyat stfatidagl fan obyektivlik, aniqlik, haqiqiylik mezonlariga javob beruvchi blllmlar tizimi sifatida amal qiluvchi ilmiy bilim о ‘ziga erkinlik hududini ta 'mtnlashga, majkuraviy va siyosiy yo ‘nalishlarga nisbatan betarqf bo 'lishga harakat qiladi. Olimlar o‘z umrini baxshida etuvchi haqiqat yo'lidagi izlanishlar hamma narsadan ustun turadi, fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi.
Fanning uchinchi - institutsional talqini uning ijtimoiy tabiatiga urg'u beradi va uning borlig‘ini ijtimoiy ong shakli sifatida moddiylashtiradi. Utnuman olganda, fanning institutsional ko‘rinishi bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllari: din, siyosat, huquq, mafkura, san’at va hokazolar ham bog‘liq.
Ijtimoiy institut yoki ijtimoiy ong shakli sifatidagi fan ilmiy tashkilotlar, ilmiy hamjamiyat a ’zolari о ‘rtasidagi o'zaro aloqalar tizimini, me’yorlar va qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n minglab va hatto yuz minglab odamlar o‘z kasbini topgan institute sifatidagi fan yaqin o‘tmishdagi rivojlanish mahsulidir. Zotan, faqat XX asrga kelib olim kasbi o‘z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan tenglashdi.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fan ikki yo'nalishda davlat boshqarw tizimi va jamoa sifatidagi fanda namoyon bo ‘ladi. Davlat boshqaruvi tizimi sifatidagi fan bu universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalarida boshqaruvning davlat boshqaruvi darajasida amalga oshishini nazarda tutadi, jamoa sifatidagi fan esa bu kafedralar, bo‘limlarda ishlayotgan olimlar, xodimlar bo‘lib, ularga odamlaming tipik ko‘rinishiga xos bo‘lgan barcha fazilatlar va illatlar xosdir. Shu bois, jamoa sifatidagi fanda haqiqiy fan fidoiylari bilan bir qatorda munofiqlar, fikr o‘g‘rilari va amalparastlar ham faoliyat yuritadi.
J.Bernal fan tushunchasiga amalda ta’rif berish mumkin emasligini qayd etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi yo‘llarni belgilaydi. Uning fikricha fan: 1) institut;
2) metod; о 3) ilmiy an’analaming shakllanishi;
4) ishlab chiqarishning rivojlanish omili;
5) e’tiqodlar va insonning dunyoga munosabatini shakllantiruvchi
eng kuchli omil sifatida namoyon bo‘ladi1.
≪Etimologik lug‘at≫da fanga ≪tabiiy hodisalami kuzatish, tasniflash, tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini ko‘rsatish vositasi≫ deb ta’rif berilgan2. Bu ta’rif asosan amaliy xususiyat kasb etadi. E.Agatstsi fan ≪obyektlar haqidagi fikr-mulohazalaming oddiy majmui sifatida emas, balki obyektlaming muayyan sohasi haqidagi nazariya sifatida≫ qaralishi lozimligini qayd etadi . Bu ta’rifda ilmiy va oddiy bilimni farqlashga da’vo, fan obyektni o‘rganishni uni nazariy tahlil qilish darajasiga etkazgan taqdirdagina to‘laqonli xususiyat kasb etishiga ishora mavjud.
Shunday qilib, fan bilan faqat dalillar majmuini qayd etish va ulami tavsiflashni bog1 lash mumkin emas. Biz narsalar va hodisalami tushuntirish va ulami taxmin qilish tamoyillarini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan taqdirdagina to‘laqonli fanga ega bo‘lamiz. Ko‘pgina olimlar ma’lum tamoyillar, soddalik mavjud bo‘lmasa, fan ham mavjud bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar. Bu bahsli fikr. Chunki farming yetukligi nafaqat soddalik va aniqlik, balki teran nazariy, konseptual daraja bilan ham belgilanadi. Agar inson mushohada yuritishni emas, balki unga barcha dalillar taqdim etilishini xohlayotgan bo‘lsa, u fanning dastlabki bosqichida emas, balki bu bosqichning nuqtai nazarida turgan bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda fan avvalo, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu fan jamiyatda amal qiluvchi rang-barang kuchlar va ta’sirlarga bog‘liq ekanligi, ijtimoiy kontekstda o‘z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi va o‘zi ham jamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. Shu tariqa ikki xil munosabat qayd etiladi: fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo'lgan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga kelgan va o ’z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta ’sir ко ‘rsatadi. Fanga ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida qaralishi shu bilan izohlanadiki, uning asoslarini o‘rganish to‘g‘risida so‘z yuritilgan taqdirda bugungi kunda biz fan deb ataydigan hodisaning chegarasi ≪madaniyat≫ chegarasigacha kengayadi. Boshqa tomondan, fan o‘zining dastlabki - faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida madaniyatning birdan-bir barqaror va ≪haqiqiy≫ poydevori roliga da’vogar bo‘ladi.
Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlaming odamlar xususidagi munosabatlari va odamlaming narsalar xususidagi munosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlaming barcha jabhalariga kirib boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlaming asosiy negizlaridan ham, narsalami ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq barcha faoliyat shakllaridan ham o‘rin oladi, degan xulosa kelib chiqadi. Hozirgi texnokratik asr qonuni shunday yangraydi: ≪Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan va ilmiy tekshirilgan boiishi lozim≫. Fanning bunday yuksak maqomidan u inson hayotining barcha jabhalariga rasman faol kirib borishi kerak, degan xulosa kelib chiqadimi, yoki aksincha, bu fanga insoniyat hayotidagi barcha salbiy jarayonlar uchun mas’uliyat yuklaydimi? Bu savol ochiq qolmoqda. Shu narsa aniqki, fan ijtimoiymadaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan madaniy an’analarga, qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga tayanadi.