Sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon


Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 49,96 Kb.
səhifə7/11
tarix01.05.2023
ölçüsü49,96 Kb.
#105700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу

Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari. Fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda to‘la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I.Nyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta’riflab, shu tariqa tabiatshunoslikning bo‘limi — asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, awalo, Galileo Galiley tomonidan ta’riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.
1. Miloddan awalgi I ming yillikdan XVI asrgacha bo‘Igan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo‘lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasawurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan.
Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalami yechishda foydalaniladigan ma’lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada tegishli bo‘limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan, Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya, mineralogiya, geografiya kabi fanlaming kurtaklariga duch kelish mumkin. Miloddan awalgi III—II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika, gidrostatika, geometrik optika (xususan, ko‘zgular haqidagi alohida fan - ≪katoptrika≫) farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat7 kasb etadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy matematika, al-Farg‘oniy astranomiya, al-Beruniy mineralogiya va geografiya, ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulug‘bek astranomiya, Alisher Navoiy adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo‘shdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliy ot ma’lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin eksperimental metodlar hali qo'llanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar esa asossiz va tekshirib bo‘lmaydigan spekulyatsiyalar mahsuli hisoblanadi. Ammo ko‘rib chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr mobaynida falsafiy bilim qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan.
Shu narsa diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nyuton o‘zining fizika asoslarini yaratgan ≪Natural falsafaning matematik asoslari≫ deb nomlangan asarini e’lon qilgan. Shunday qilib, falsafadan alohida faoliyat sohasi sifatidagi fan hali mavjud bo'lmagan: u asosan falsafa doirasida, ilmiy bilimlaming boshqa manbai - hayot amaliyoti va hunarmandchilik san’ati bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada rivojlangan.
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda ≪Platon akademiyasi≫ (2013-yilda Platon akademiyasiga 2400 yil to ‘lishi bilan XXIII Jahon Falsafa Kongressi Gretsiyaning Afina shahrida o'tkazildi), Markaziy Osiyoda ≪Ma’mun akademiyasi≫ tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, madaniyatning alohida shakli sifatida fan paydo bo'lishidan oldingi ≪embrional≫ davri hisoblanadi.
2. XVI-XVII asrlar - 1 ilmiy inqilob davri bo‘Iib, и klassik fan davri deb nomlanadi va XIX asrgacha davom etadi. U Kopemik va Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o‘z cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Galiley vafoti (1642-yil 8-yanvar)dan so‘ng oradan bir yil o‘tgach Nyuton tug'ilgani (1643-yil 4-yanvar) ramziydir. Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr -kashfiyotldr hamda yangi ilmiy g‘oyalaming mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmlga qarshi kurash olib borgan romantik davrdir.
Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshimosligining asoslari yaratilgan. Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qo‘lga kiritilgan ayrim dalillar tizimli tahlil qilinib, umumlashtirila boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning tabiat qonunlarini matematik ta’riflash, nazariyalami tajribada sinash, tajribada asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi me’yorlari va
ideallari vujudga kelgan. Fan o‘z metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalami yechishga tobora faolroq yo‘naltirilgan.
Biroq fan o‘zining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan sug‘orilgani sari u o‘z tarixiy vatani - falsafa qirg‘oqlaridan uzoqlasha boshlaydi. Ko'rib chiqilayotgan davr oxiriga kelib u falsafiy, diniy, teologik aqidalardan qat’i nazar rivojlanishi mumkin bo‘lgan bilimlar tizimi sifatida tushunila boshlaydi. Natijada fan faoliyatning alohida, mustaqil sohasiga aylanadi. Professional olimlar paydo bo‘ladi, ulami tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet ta’limi tizimi rivojlanadi. 0 ‘z faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning alohida shakllari va qoidalariga ega bo‘lgan ilmiy hamjamiyat vujud keladi.
XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: London qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil topadi. Keyinroq Berlinda (1700), Sankt-Peterburgda (1724), Stokgolmda (1739) va Yevropaning boshqa poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta’sis etiladi. Bu akademiyalarning eng yirigi - London qirollik jamiyati bo‘lib, u tashkil etilgan paytda 55 a’zodan iborat bo‘lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan iborat tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg
akademiyasining a’zolar shtatida dastlab 11 kishi belgilangan. Yevropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib olimlar soni bir necha ming kishiga etgan bo‘lsa kerak, chunki ilmiy jumallaming (bu davrda bir necha o‘n ilmiy jumallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan.
3. XIX asr oxiri XX asrning 70-ylIIar fani noklassikfan davri deb ataladi. Bu davrda ko‘plab ayrim ilmiy fanlar vujudga keladi, ularda ulkan dalilik material to‘planadi va tizimga solinadi. Matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya, psixologiya va boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi. Texnika fanlari vujudga keladi va moddiy ishlab chiqarishda yanada sezilarliroq rol o‘ynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi, uning rivojlanishi o‘sha davr mutafakkirlari
tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida e’tirof etiladi.
XVIII asrning o‘rtalarida jahonda fan bilan shug'ullanuvchi kishilar 10 ming kishidan oshmagan bo‘Isa, XIX asr oxiriga kelib olimlar soni 100 ming kishiga etadi. XVI asrda ≪olim odamlar≫ning yarmidan ko‘prog‘i diniy ma’lumot olgan kliriklar edi. XIX asrda fan ijtimoiy mehnatning mustaqil tarmog‘iga aylanadi va u bilan universitetlar va institutlaming maxsus fakultetlarini tamomlagan ≪dunyoviy≫ professional olimlar shug‘ullanadi. 1850-yilda jahonda mingga yaqin ilmiy jumallar nashr etiladi, 1950-yilga kelib esa ulaming soni 10 mingdan oshadi. 1825-yilda nemis kimyogari YU. Libix ilmiy laboratoriya tashkil qiladi va u olimga ko‘p miqdorda daromad keltira boshlaydi. XIX asr oxiriga kelib bunday laboratoriyalar soni ko‘payadi.
Fan tijoratchilar, tadbirkorlar e’tiborini o‘ziga tobora ko'proq torta boshlaydi. Ular olimlaming ishlab chiqarish, sanoat ahamiyatiga molik bo'lgan ishlarini mablag' bilan ta’minlay boshlaydilar.
4. XX asrning 70-yillarida fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu davr fani postnoklassik deb ataladi, chunki mazkur asr bo‘sag‘asida fanda inqilob yuz beradi va buning natijasida и oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila boshlaydi. XIXXX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir qancha fanlaming asoslarini larzaga soladi. Matematikada to‘plamlar nazariyasi va matematik tafakkuming mantiqiy asoslari tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik fizikaning falsafiy asoslarini qayta ko‘rishga majbur qilgan fimdamental nazariyalar - nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi yaratiladi.
Biologiyada genetika rivojlanadi. Tibbiyot, psixologiya hamda inson haqidagi boshqa fanlarda yangi fundamental nazariyalar paydo bo‘ladi. Ilmiy bilimning shakl-shamoyilida, fan metodologiyasida, ilmiy faoliyatning shakl va mazmunida, uning me’yorlari va ideallarida olamshumul o‘zgarishlar yuz beradi.
XX asming ikkinchi yarmi fanni yangi inqilobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarishlar adabiyotlarda ko‘pincha fan-texnika inqilobi sifatida tavsiflanadi. Bu o‘zgarishlar shu bilan bog‘liqki, Ikkinchi jahon urushidan keyin iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda fan yutuqlari ilgari misli ko‘rilmagan miqyosda amaliyotga - sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, kundalik hayotga joriy etiladi. Fan energetikada (atom elektrostansiyalari), transportda (avtomobilsozlik, aviatsiya), elektronikada (televidenie, telefoniya, kompyuterlar) ayniqsa, ulkan o‘zgarishlar yasaydi. Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning asosiy omiliga aylanadi va ≪ikki lager≫ning urushdan keyingi qarama-qarshiligi sharoitida avj olgan qurollanish poygasi yirik davlatlami ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga ulkan mablag‘lami sarflashga majbur qiladi.

Yüklə 49,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin