Sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon



Yüklə 49,96 Kb.
səhifə2/11
tarix01.05.2023
ölçüsü49,96 Kb.
#105700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу

Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan jamiyat mulkiga aylangan va ijtimoiy xotirada saqlanayotgan bilimlarni o'zlashtirmasdan rivojlana olmaydi. Fanning madaniy mohiyati uning axloqiy tamoyillar va qadriyatlar bilan boyib borishiga sabab bo‘ladi. Fan etosining yangi imkoniyatlari intellektual va ijtimoiy mas’uliyat muammosi, qarorlar qabul qilishning shaxsiy jihatlari, ilmiy hamjamiyat va jamoadagi ma’naviy muhit muammolarida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fanni tushuntirishning mtishkulligi shu bilan izohlanadiki, fan о ‘z erkinligidan voz kechmaydi va ijtimoiy munosabatlar kontekstiga butunlay singib ketmaydi. Fan, hech shubhasiz, «kommunitar (kollektiv) korxona»dir. Biron-bir olim о ‘z hamkasblarining yutuqlariga, odamzotning umumiy xotirasiga tayanmasligi mumkin emas. Fan juda k o ‘p odamlarning hamkorligini talab qiladi, и intersubyektivdir.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan sivilizatsion rivojlanish tipi bilan taqqoslashni nazarda tutadi. A.Toynbi taklif qilgan tasnifga ko‘ra sivilizatsiyaning 21 tipi farqlanadi. Eng umumiy yondashuv sivilizatsiyalaming ikki xili: an ’anaviy va texnogen sivilizatsiyalami hisobga olib, umumiy sivilizatsion farqlashni taklif qiladi. Texnogen sivilizatsiyalar XV-XYII asrlarda Yevropa mintaqasida texnogen jamiyatlar paydo bo‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan. Ayrim an’anaviy jamiyatlar texnogen jamiyatlarga qo‘shilib ketgan, ayrimlari esa, texnogen va an’anaviy mo‘ljallar o‘rtasida rivojlanib, aralash xususiyat kasb etgan.
Texnogen rivojlanishning madaniy mafritsasi uch bosqich: oldindustrial, industrial va postindustrial bosqichlardan о ‘tadi. Texnika va texnologiyaning rivojlanishi uning muhim ko‘rsatkichiga aylanadi. Rivojlanishning texnogen tipi - bu tabiiy muhitning jadal sur’atlarda o‘zgarishi, uning odamlar ijtimoiy aloqalarining faol o‘zgarishi bilan birikishidir. Texnogen sivilizatsiya yuzaga kelganiga 300 yildan sal ko‘proq vaqt bo‘lgan. U ancha agressiv bo‘lib, ko‘pgina eski madaniy an’analaming halokatiga sabab bo‘ladi. Tashqi dunyo inson faoliyati maydoniga aylanadi. Inson o‘zgartiruvchi va zabt etuvchi faoliyatga turtki beruvchi markaz sifatida amal qiladi. ≪Kuch≫ tushunchasi ishtirokidagi umumiy madaniy munosabatlar tavsifi shundan kelib chiqadi: ishlab chiqarish kuchlari, ilmiy kuchlar, intellektual kuchlar va h.k.
An’anaviy va texnogen jamiyatlarda shaxs erkinligi muammosiga nisbatan munosabat ham har xildir. An ’anaviy jamiyatga shaxs erkinligi umtman xos emas, shaxs imkoniyatlarini faqat muayyan korporatsiyaga mansublik orqali, korporativ aloqalar elementi sifatida ro ‘yobga chiqarish mumkin.
Texnogen jamiyatda har xil ijtimoiy birliklar va madaniy an ’analar bilan о ‘zaro munosabatlarga kirishish imkonini beruvchi shaxs erkinligi himoya qilinadi. Inson faol mavjudot sifatida tushuniladi. Uning faoliyati ekstensiv bo‘lib, sirtga, tashqi dunyo va tabiatni bo‘ysundirish va o‘zgartirishga qaratiladi. Biroq tabiat har xil texnogen mashg'ulotlar uchun tubsiz zaxira bo'lishi mumkin emas, chunki inson faoliyati azaldan biosfera dominanti emas, balki uning komponenti hisoblanadi.
Fan taraqqiyotiga oid yondashuvlar tasnifi. Fan tarixining empirik bazasini o‘tmishdagi ilmiy matnlar, kitoblar, jumal maqolalari, olimlarning o‘zaro yozgan xatlari, nashr qilinmagan qo‘lyozmalar va h.k. tashkil qiladi. Lekin bu bilan fan tarixchisi o‘z tadqiqoti uchun yetarli materialga ega bo‘la oladimi? Yo‘q, chunki olim biror narsani kashf qilganda, uni yolg'on xulosalarga olib kelgan turli xato yo‘Ilami unutishga va tarixni obyektiv o'rganishga harakat qiladi.
Agar tarixiy ilmiy tadqiqot obyekti o‘tmish bo‘lsa unda bunday tadqiqot doimo obyektivlikka da’vo qilishga intiladi. Barcha tarixchilar kabi fan tarixchilariga ham tadqiqotlarda asos bo‘ladigan, bir-biridan farq qiladigan ikki yo‘nalish ma’lum: prezentizm (o'tmishni hozirgi zamon tilida tushuntirilishi) va antikvarizm (o ‘tmishning to ‘liq manzarasini hozirgi zamonga bog'lamasdan tiklash). Hozirgi kunda fanda umuman foydalanilmagan o‘zga tarix, madaniyat, tafakkur uslubi, o‘zga bilimni o‘rganar ekan, fan tarixchisi o‘z davrining in’ikosinigina tiklashga harakat qilmayotganmikan? Bu ma’noda prezentizm ham, antikvarizm ham fan tarixchilari e’tirof qilgan bartaraf qilib bo‘lmaydigan qiyinchiliklarga duch keladi. Zero, o'tmishni hozirgi zamon tilida tushuntirish mafkuraning tazyiqi ostida qolishini ifodalasa, o'tmishni hozirgi zamonga bog'lamasdan tiklash tarixiy vorisiylikni inkor qiladi (tarixiy voqealardan misollar keltiring).
Fan taraqqiyoti haqidagi tarixiy tadqiqotlarda o‘ziga xos iz qoldirgan yana ikki oqim XX asming 30-yillarida pay do bo‘ldi. 1931-yildagi jahon faylasuflarining Londonda o‘tkazilgan kongressida B.M.Gassen Nyuton mexanikasining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlari haqida ma’ruza qiladi. Bu ma’ruza kongress ishtirokchilarida katta taassurot qoldiradi va u fan tarixi bilan shug'ullanuvchi ingliz faylasuflarini ikki guruhga bo‘ladi. G‘arb fani tarixida paydo bo‘lgan bu yo‘nalishlar ekstemalizm va intemalizmdir.

Yüklə 49,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin