Sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon



Yüklə 49,96 Kb.
səhifə9/11
tarix01.05.2023
ölçüsü49,96 Kb.
#105700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу

Qadim zamonlarda fan donishmand-faylasuflarning aqliy mashg‘uloti («intellektual o ‘yini») sifatida keng ommaga begona bo'lgan. Jamiyat a ’zolarining aksariyati bu ≪o‘yin≫ning mazmun va mohiyatini tushunish, boz ustiga unda ishtirok etish uchun yetarli savodga ega bo‘lmagan. Olimlar o‘rgangan muammolar xalqning bevosita amaliy ehtiyojlaridan ancha yiroq bo‘lgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, aholi qityi tabaqalarining madaniyatida «kitobiy» fan Yangi davrgacha «oqsuyaklar ermagi» sifatida tushunilgan. Ammo о‘rta asrlar jamiyatining ко ‘pgina vakillari hatto о ‘qishni ham bilmagan oliy aristokratiyasi davrasida ham fanga past nazar bilan qaralgan.
Ma ’rifat davri fan obrazini yangi bo ‘yoqlar bilan boyitadi. Savodxonlikning keng tarqalishi bilan ilmiy muammolar haqidagi tasavvurlar ham kengayadi, fanning amaliyotga yaqinlashishi esa keng omma ko'z о ‘ngida ming obro ‘si oshishiga ко ‘maklashadi. Ma’rifatchilaming ma’naviy yo‘lboshchilari XV1II-X1X asrlar Yevropa madaniyatida fan jamiyat hayotini yaxshilashga qodir bo'lgan kuch, taraqqiyot omili sifatida tushunila boshlashiga erishish yo ‘lida ко ‘p zdhmat chekadilar.
Fanning oliy vazifasi haqidagi g'oya kundalik muomaladan o'rin oladi. Fan yutuqlaridan hayratlanish, ilmiy kashfiyotlar bilan qiziqish rasm bo ‘ladi. «Ilmiylik» о ‘ziga xos sifat belgisiga aylanadi.
Fan muayyan odamlar - olimlar tomonidan amalga oshiriluvchi faoliyat turi sifatida namoyon bo‘ladi. Ba’zan fan hatto olimlar bajaradigan ish sifatida ham ta’riflanadi. Olimlar asosan tarqoq holda faoliyat olib boradilar, ularning ayrimlari maxfiy laboratoriyalarda ishlasa, ayrimlari murakkab hisoblash va isbotlashlar bilan
shug‘ullanadi. Ularning hammasi faqat o‘z hamkasblari tushunadigan tildan foydalanadi. Ayni vaqtda kashfiyot muayyan olimning shaxsiy hissasidan qat’i nazar u yoki bu tarzda amalga oshirilgani haqidagi tasavvur o‘mini nazariya ortida muayyan olim, faylasuf yoki mutafakkir shaxsi turishini aniq tushunish egallamoqda.
Fanlarning differensiatsiyasi va integratsiyasi. Yangi ilmiy fanlar paydo bo ‘lishi bilan, bir tomondan, fanlarning differensiatsiyasi, har biri alohida turdagi hodisalarni о ‘rganuvchi tarmoqlarga bo ‘linishi yuz beradi. Boshqa tomondan, qarama-qarshi jarayon - ayrim ilmiy fanlar turli yo ‘liar bilan birikib, bilimlarning yaxlit majmualarini hosil qiladi va fanlarning integratsiyalashuvi ham yuz beradi. «Tutash» ilmiy fanlar paydo bo 'lishi, qo ‘llanish sohasi keng bo ‘Igan qudratli ilmiy metodlar topilishi, metodlar bir fandan boshqa fanlarga о ‘tkazilishi, umumlashtiruvchi, sintetik ilmiy konsepsiyalar yaratilishi natijasida ilmiy bilishning
bir-birldan uzoq tarmoqlariningyagonaligi vayaxlitligi aniqlanmoqda.
Differensiatsiya va integratsiya jarayonlarining dialektik ziddiyatlarga to*la o'zaro aloqasi natijasida ilmiy bilim tizimi yanada murakkabroq tus oladi. Turli fanlar o‘rtasidagi g‘ov-to‘siqlar buziladi.
Differensiatsiya natijasida fanda mavjud nazariyalaming jami soni ko‘payadi, lekin, shu bilan bir vaqtda, integratsiyalashuv yo‘lidagi harakatlar oz sonli fundamental nazariyalaming o‘ma va ahamiyatini kuchaytiradi. Masalan, hozirgi zamon tabiatshunosligida minglab turlituman nazariyalar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va mustaqillik, qo‘shimchalilik va raqobat, muvofiqlik va tafovut, muodillik va nomuvofiqlik kabi son-sanoqsiz rang-barang munosabatlar mavjud.
Ammo fundamental nazariy tizimlar (masalan, mexanika, elektrodinamika, elementar zarralar nazariyasi) barmoq bilan sanarli bo‘Iib, ular boshqa ko‘p sonli tabiiy-ilmiy nazariyalaming negizini tashkil etadi.
Fanning ijtimoiy-madaniy mo‘lja!Iari. Fan - dunyo haqidagi bilimlami ishlab chiqarish texnologiyasi. Har qanday ishlab chiqarishda bo‘lganidek, fanda ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash talab etiladi. Haqiqat — har qanday ilmiy mahsulot ega bo ‘lishi talab etiladigan va fan o ‘zida mavjud barcha vositalar bilan ta ’minlashi shart bo 'Igan eng muhim sifat xossasi. Olim uchun haqiqat и о ‘z faoliyatida erishishga harakat qiladigan eng oliy qadriyatdir.
Haqiqatning tagiga yetish olim hayotining oliy maqsadi bo‘ lishi mumkin. Ammo haqiqat o‘z-o‘zicha, masalan, yaxshilik va go‘zallikdan farqli o‘laroq, shak-shubhasiz qadriyat emas. Haqiqat qadriyat manbai boiishi mumkin, lekin yaxshilik va go‘zallikdan farqli o‘laroq, u shakshubhasiz qadriyat hisoblanmaydi. Haqiqat qimmatga ega bo‘lishi ham, ega bo‘lmasligi ham mumkin.1
Kundalik hayotda haqiqat inson uchun qadriyat bo ‘lishi ham, qadriyat bo'lmasligi ham, foydali yoki zararli deb baholanishi ham mumkin. Ba ’zan shunday bo ‘ladiki, inson haqiqatni bilishni istamaydi. Uning maqsadi haqiqatni ochish bo ‘lishi ham, uni yashirish yoki buzib ко ‘rsatish (masalan, dushmanga yolg ‘on axborot berish) bo ‘lishi ham mumkin.
Ayrim shaxs har narsaga qiziqishi mumkin. Olim o‘z hayotini bakteriyalar yoki galaktikalami, qadimgi qo‘lyozmalar yoki joriy bozor kon’yunkturasini, tumovni davolash vositalari yoki o‘ta halokatli kuchga ega bo‘lgan qurol yaratish yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlashi mumkin. Ammo har qanday ilmiy tadqiqot vaqt va mablag‘ sarflashni talab qiladi. ≪Sof≫ ilmiy haqiqatning tagiga yetish uchun haddan tashqari qimmat narx to‘lashga to‘g‘ri kelganida, uni izlovchilar soni sezilarli darajada kamayadi.
Jamiyat (xalq, davlat, u yoki bu ijtimoiy guruh) o‘zi qay jihatdandir kerakli va nimagadir foydali deb hisoblagan haqiqatlargagina qiziqish bildiradi, qolgan haqiqatlarga esa befarq qaraydi yoki hatto ulaming tan olinishiga qarshi chiqadi (agar bu zarar keltiradi, deb hisoblasa). Jamiyat o'ziga haqiqatdan boshqa hech narsa bermaydigan ishga pul sarflamaydi. Haqiqiy, lekin hech kimga kerak bo‘lmagan bilim uni olish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lashga tayyor iste’molchilami topmaydi.
O'tmishda, ≪ilk fan≫ davrida (XVI asrga qadar) ilm bilan shug‘ullanish asosan o‘z ixtiyorida mavjud resurslar bilan kifoyalanishga qodir bo‘lgan o‘ziga to‘q odamlarning xususiy ishi hisoblangan. Antik faylasuflar hatto o‘z faoliyati uchun pul olishni uyatli ish deb hisoblaganlar (o‘qituvchilik bilan tirikchilik qilgan sofistlar
bundan mustasno). 0 ‘rta asr olimlari - sxolastlaming aksariyati monaxlar va ruhoniylar bo‘lgan. Bu olimlar ilohiyot va diniy ta’lim bilan shug‘ullanganlari bois, cherkov ulami ta’minlashga tayyor bo'lgan. 0 ‘sha davrda falsafa va ilohiyotning tarkibiy qismi sifatida tushunilgan fan madaniy shakl hisoblangan, uning muxlislari ilmiy faoliyat bilan asosan o‘z shaxsiyatini namoyon etish uchun shug‘ullanganlar, ayrimlar uchun esa ilm bir ermak - ta’bir joiz boisa, ≪intellektual o‘yin≫ sanalgan.
XVI-XVII asrlar ilmiy inqilobi nafaqat fanning mazmunida o‘zgarish yasadi, balki uning sof ≪havaskorlik≫ ishi sifatida o‘sish imkoniyatini ham yo‘qqa chiqardi. Eksperimentning mustahkam zaminiga o‘rnashgan fan o‘z rivojlanishiga yanada ko‘proq xarajatlar talab qila boshladi. Fanning turli jabhalarida ishlash uchun ko‘p sonli professional olimlar talab etiladi. Fanga laboratoriyalar va laboratoriya asbob-uskunalari, muzeylar, kutubxonalar va hokazolar uchun mablag‘lar kerak bo‘ladi. Shu tariqa fan ayrim havaskorlaming xususiy ishi sifatida mavjud bo‘la olmaydigan mehnat sohasiga aylanadi. U jamiyat va davlatning madadini talab qiladi.
Ammo bunday moddiy madadni fan faqat o‘zining jamiyat uchun foydali ekanligini amalda isbotlash yo‘li bilan olishi mumkin. Ayni shu sababli fanning ijtimoiy-madaniy mo‘ljallarida o‘zgarishlar yuz beradi: olimlar oldida haqiqatning tagiga yetish vazifasi bilan bir qatorda jamiyat manfaatlariga xizmat qilish vazifasi paydo bo‘ladi.
≪Sof≫ haqiqat ilmiy qadriyat bo‘lib qoladi, lekin olimning haqiqat sari intilishga bo'lgan huquqi haqiqatning tagiga yetishi mumkin bo‘lgan foydali natijalaming noilmiy, ijtimoiy qimmati bilan asoslanadi. Fan rivojlanishining klassik davrida olimlar fan natijalari amalda qo‘llanilishini o‘z tadqiqotlarining maqbul, lekin muqarrar bo‘lmagan oqibati deb hisoblaydilar. Ammo fan o'zining foydali bo‘lish qobiliyatini (ayniqsa, sanoat texnikasining rivojlanishi uchun) amalda namoyon etishiga qarab jamiyat undan ayni shu yo‘nalishda olg‘a siljishni talab qiladi. Amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar davlat hamda sanoat korchalonlari tomonidan fundamental fanga qaraganda ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. Ilmiy hamjamiyat ongida fanning bosh mo‘ljali haqiqatning tagiga etish yo‘lida izlanishlar olib borish, foyda esa – shu izlanishlaming ≪qo‘shimcha≫ mahsuli hisoblangan bo‘Isa, ijtimoiy ongda aksincha - ilmiy haqiqat foydaga xizmat qilishi kerak, deb hisoblanadi. Olimlar fanning ≪ziyokorligi≫ni birinchi o‘ringa qo‘ysalar, jamiyat uchun uning ≪unumdorligi≫ birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Fan va jamiyat o‘rtasidan ≪qora mushuk o‘tadi≫.
Mazkur ziddiyat asta-sekin ilmiy hamjamiyatga ham kirib keladi. Ilmiy faoliyat motivlariga daxl etib, u olimlar o‘rtasidagi konfliktlar manbaiga aylanadi. Ayrimlar haqiqatga beg‘araz xizmat qilish ideallariga muvofiq ish ko‘rsa, ayrimlar odamlar foydasiga qaratilgan ≪manfaatga xizmat qilish≫ ideallariga bo‘ysunadi.

Yüklə 49,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin