Sotilmasin!



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/32
tarix01.01.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#50486
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
[ @biznes kitob ] Life management

qilishga  intilish.  Bu  ham  deyarli  barchada  mavjud  hamda  bunday 

kasallikka  chalingan  insonlar  uzoqqa  borishmaydi.  Hammamiz  xato 

qilishda qo`rqamiz, sababi bizni yoshligimizda har bir xatoyimiz uchun 

ota-onamiz  urushishgan,  shu  sabab  miyamiz  xato  qilishdan  qo`rqib 

qolgan,  chunki  xato  qilsak, yana o`sha tarsakilarni kutib turamiz.  Va 

organizm shu darajda dangasaki, u bitta ishni qaytarishni xohlamaydi. 

Siz yangi ish boshlasangiz, u ishdan boshida rohat olasiz, agar u ishni 

qayta  qiladigan bo`lsangiz rohat  oldingiday  bo`lmaydi  yoki umuman 

bo`lmaydi, qolgani odatga aylanadi. Chunki, emosiyani atiga bir marta 



39 

 

olish mumkin, xolos,  so`ng u  o`chadi.  Shu  sabab, har bir qilayotgan 



ishingizni  xuddi  ilk  bor  qilayotgandek  his  qiling.  Bu  birinchisi. 

Ikkinchisi  xato  qilishdan  qo`rqmaslik kerak. Bu  gapni  gapirish  oson, 

lekin  bu  dunyoda  hech  kim  mukammal  emas  va  aslida  ayni  shu 

mukammal bo`lmagani ham o`ziga xoslikni yaratadi. Mukammal faqat 

Yaratgan,  biz  esa  oddiy  bandalarmiz.  Shunday  ekan,  mukammal 

chiqmasa,  xafa  bo`lmang,  shukur  qiling,  muhimi  siz  shu  ishni 

qildingiz,  axir  qilmasligingiz  ham  mumkin  ediku!  Perfeksionizmdan 

da`volanishning  yana  bir  yo`li,  hamisha  atayin  bir  qancha  xatolar 

qiling. Hatto to`g`ri qiladigan ishlaringizda ham kichik-kichik xatolar 

qiling  va  ularni  qabul  qilishga  harakat  qiling.  Bu  faqat  da`volanish 

uchun,  tag`in  bir  umr  shu  yo`sin  yashab  yurmang.  Xatolarni  to`g`ri 

qabul  qilishni  o`rgangach,  siz  yana  bir  pog`ona  yuqoriga  chiqasiz. 

Xatolar aslida  eng  buyuk ustozlar.  Agar  xato qilmasak, hech  narsani 

o`rgana  olmaymiz.  Xato  qildikmi, ushbu  xato ustida biroz  mulohaza 

qilish  lozim,  ya`ni  qanday  qilib  keyingi  safar  ushbu  xatoga  yo`l 

qo`ymasligimiz  mumkinligi  haqida  o`ylab  ko`rishimiz  lozim,  ana 

shunda  hamma  narsadan  unumli  foydalangan  bo`lamiz.  Hamma 

narsani  o`ziga  yarasha  gashti  hamda  rohati  bor,  faqat  biz  buni 

bilmaymiz; 

 

c) Bugungi kun bilan yashang. Bizni  ishimizni  ertaga  suruvchi asosiy 



omillardan  yana  biri  – bu  global rejalar tuzish. Ba`zi insonlar umrini 

oxirigacha bo`lgan muddatga ham reja tuzib qo`yishadi. Hech qachon 

global  reja  tuzmang,  sababi  hayotingiz  istagan  payti  o`zgarishi 

mumkin,  istagan  payti  kutilmagan  voqealar  ro`y  berishi  mumkin. 

Sizning  o`z  rejalaringiz  bor,  lekin  Yaratganning  sizga  nisbatan  o`z 

rejalari bor. Shu sabab, rus xalqida ajoyib ibora bor: “Xudo kuldirishni 

xohlasang,  unga  rejalaring  haqida  gapirib  ber”.  Ya`ni,  sizga  nima 

yaxshiroq ekanini taqdirni o`zi yaxshiroq biladi, u hamisha sizni to`g`ri 

yo`lga  olib  borishga  harakat  qiladi.  Misol  uchun,  ishlaringiz 

yurishmayaptimi,  kayfiyat  yo`qmi,  demak  siz  butun  Olamga  zid 

ravishda  yashamoqdasiz,  tezda  xatoyingizni  toping  va  to`g`rilang. 

Agar hayotingiz zo`r ketyaptimi, hammasi joyidami, demak siz Olam 

qonunlariga  amal  qilgan  holatda  yashamoqdasiz,  shu  sabab  sizga 

hamma  narsani  yetkazishmoqda.  Global  rejalarga  kelsak,  biz  ularni 

o`ylagan  holatda  juda  uzoq  vaqt  yo`qotishimiz  mumkin,  qolaversa 

undan keladigan stress darajasi juda yuqori. Global rejalarga asoslanib 

yashash  faqat  zarar  keltiradi,  xolos.  Shu  bois,  bugungi  kun  bilan 



40 

 

yashang,  bugungi  kundan  rohatlanishni  o`rganing,  hali  bu  kun  yana 



keladimi  yoki  yo`qmi,  hamma  narsani  qadriga  yetishni  o`rganing. 

Mana  sizga  oddiy  misol.  Tasavvur  qiling,  sizni  atiga  bir  kungina 

umringiz  qoldi,  xo`sh,  sizda  qanday  o`zgarishlar  ro`y  berdi?  Birdan 

muammolarni  unutdingiz,  sal  bo`lsa  ham  kutilmaganda  hotirjamlik 

keldi,  global  rejalar  yo`qoldi,  mana  shu  kunni  qanday  qilib  to`liq 

yashab o`tish haqida o`ylab qolasiz. Va bu kun xuddi bir umrdek totli 

o`tadi,  xuddi  shu  uslubda  yashashni  maslahat  beraman,  avvalambor, 

barcha ishlaringizga ulgurasiz, qolaversa baxt degan tushunchani ham 

yo`qotmaysiz. 

 


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin