Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə14/20
tarix06.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#125899
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Umar magistr07

Uchinchi bob xulosasi
Yuqoridagi ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, Surxondaryo viloyatining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlanishi asosan mintaqada mavjud sanoat korxonalarining transport infratuzilmasi, zamonaviy transport turlari, yо‘llar zichligini oshirish bilan ta’minlanganligiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun tashqi iqtisodiy aloqalarni kelajakda yanada rivojlantirish uchun uzoq xorij mamlakatlariga temir yо‘l hamda xavo transporti qatnovini yо‘lga qо‘yib, mavjud imkoniyatlardan tо‘la foydalanish lozim.
Ushbu tadqiqotda mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida transport omilining ta’sirini Surxondaryo viloyati misolida kо‘rib chiqildi va izlanishlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
Kelajakda Surxondaryo viloyati transport tizimi rivojlanishini quyidagi variantlarni alohida kо‘rsatib о‘tish mumkin

  • birinchi variantda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti Transafg‘on loyihasi avtomobil yо‘lini ishga tushishiga bog‘liq. Mazkur yо‘lning eng muhim jihati О‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom respublikasi orqali Hind okeani portlari bilan bog‘lovchi eng yaqin transport yо‘lagi ekanligidir.

  • ikkinchi variantda esa viloyatning tekislik orqali Tojikiston Respublikasi oraqali о‘tadigan transport yо‘llaridan foydalanishni qayta tiklash asosida mintaqa transport muammolarini yechish hisoblanadi. Mazkur muammoni yechimi Markaziy Osiyo davlatlari о‘rtasida iqtisodiy integratsiyalarni kuchaytirish, qо‘shni Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari о‘zaro manfaatli trasnport va bojxona tizimini takomillashtirish bо‘yicha hamkorlik qilishni ta’minlaydi.

- viloyatning 1 mln 150 ming aholisi istiqomat qiluvchi shimoliy tumanlarini respublikaning boshqa viloyatlari va poytaht bilan bog‘lashda, yuk va yо‘lovchi tashishda, Boysun tumanidagi M39 avtomobil yо‘lini Darband bojxonasidan sharqga yо‘nalgan viloyatning Oltinsoy, SHо‘rchi, Denov, Sariosiyo, Uzun, tumanlariga olib boruvchi dalat ahamiyatidagi yо‘l (M41 37.98)ni xalqaro ahamiyatdagi yо‘lga aylantirish orqali M39 yо‘li orqali viloyatning shimoliy tumanlariga avtomobil transportida yuk va yо‘lovchi tashishda о‘rta hisobda 208 km masofa hamda 2,5 soat vaqt tejaladi, natijada viloyat transportining asmaradorligi ortadi.


XULOSA
Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda dunyoning yetakchi davlatlari qatorida bо‘lishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, yuk va yо‘lovchilarni tashishda qatnashuvchi transport tizimi yoinki transport geografiyasi, О‘zbekiston Respublikasi viloyatlari ichida hamda о‘ziga xos xususiyatlarga ega Surxondaryo viloyati misolida kо‘rib chiqildi. О‘ziga xos transport tarkibiga ega, dengiz va okeanlardan yiroqda, Yevroosiyoning ichkarisida joylashgan О‘zbekiston Respublikasi va uchun transport tizimlarini rivojlantirish masalasi doimo eng dolzarb va murakkab vazifalardan biri hisoblanadi.

  • geografik jihatdan ma’lumki, har qanday katta yoki kichik hududlar, shu jumladan alohida olingan hududlar aloqasi qanchalik yuqori izchil bо‘lishi, mehnat unumdorligining oshishiga, iqtisodiy aloqalarning ta’siri kengayishi va rivojlanishiga olib kelishi shubhasiz. Transport tizimlarini viloyat miqyosida tadqiq qilish shuni kо‘rsatadiki, qishloq tumanlarining kо‘pchiligi transport salohiyati kuchsiz, bu esa ularning mineral xomashyo salohiyatidan samarali foydalanish imkonini bermaydi. Shu sababdan, mavjud transport hududiy tizimlarini rivojlanishi va kengayishini ta’minlash, ularni modernizatsiya qilish, viloyat transport tizimini hududiy jihatdan takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridndir;

  • transport iqtisodiyotning muhim tarmog‘i va ayni vaqtda infratuzilma elamenti ekanligi uni keng miqyosda tahlil va tadqiq qilishni nazarda tutadi. Bunda viloyat transport tо‘ri va turlarining turli tabiiy xamda ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida shaklanishi va о‘z navbatida uning hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy geografik rayonlashtirish va xududiy majmualarning vujudga kelishidagi ahamiyatiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq.

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin