Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə1/20
tarix06.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#125899
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Umar magistr07


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Qo’lyozma huquqida
UDK: 911.3

70530402 –Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha)




Pо‘latov Umar Bahodirovichning

SURXONDARYO VILOYATI IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TRANSPORTNING TASIRI” mavzusida


magistr akademik darajasini olish uchun


yozilgan
DISSERTATSIYASI

Ilmiy rahbar:


i.f.n., dots. Sulaymonov I
Andijon-2023


Mundarija




Kirish




1-bob

O’ZBEKISTONDA TRANSPORTNI GEOGRAFIK O’RGANISHNING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI




1.1.

О‘zbekistonda transportning xududiy tashkil etilishi va rivojlanishi xususiyatlari






1.2.

Transport hududiy tizimlarining shakllanishi va rivojlanishining meyoriy huquqiy asoslari






2-BOB

SURHANDARYO VILOYATI TRANSPORT TARMOQLARI TARIBI VA UNING MINTAQA IQTISODIYOTIGA TA’SIRI




2.1.

Viloyat transport tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari






2.2.

Temir yо‘l transporti mintaqa ijtimoiy iqtisodiy rivojalnishga tasiri






2.3

Avtomobil transportining miliy iqtisodiyotdagi o’rni






2.4

Havo, quvur va suv transporti rivojlanish hususiyatlari






3-BOB

VILOYAT TRANSPORTI RIVOJLANISHIDAGI ASOSIY MUAMMOLAR VA ISTIQBOL YO’NALISHLARI




3.1.

“Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘lining viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi roli






3.2.

Viloyat transportini rivojlantirish istiqbollari







Hulosa







Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati







Ilovalar





K I R I SH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Transport tarmoqlari hozirgi kunga kelib turlicha ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning ichkarisida yuk va yо‘lovchi tashishda avtomobil transportining ahamiyati katta. Binobarin, ushbu transportga “eshikdan-eshikkacha” tamoyili xos bо‘lib, hududining uncha katta bо‘lmaganligi sababli О‘zbekiston uchun mamlakat ichida ushbu transportning roli katta. Ammo, О‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida temir yо‘l transporti asosiy о‘rinni egallaydi. Bir vaqtning о‘zida katta yuk kо‘tara olish qobiliyatiga hamda uzoq masofaga tashish imkoniyatiga ega bо‘lgan temir yо‘l transporti eksport va import yuklarni tashishda va yо‘lovchi tashishda ham yetakchilik qiladi.
О‘zbekiston Markaziy Osiyoda о‘ziga xos transport infratuzilma salohiyatiga ega. Ushbu salohiyat transpor tarmoqlari bо‘yicha turlicha taqsimlangan. Jumladan, temir yо‘llar uzunligi jami 6,2 ming km.ni tashkil qilsa, shundan 4,7 ming km.ga yaqini umumfoydalaniladigan temir yо‘llardir. Mamlakatimizning viloyatlari orasida temir yо‘llar uzunligi bо‘yicha Qoraqalpog‘iston (921 km), Buxoro (493 km), Qashqadaryo (493 km), Navoiy (469 km) yetakchilik qiladi. Aksincha Andijon, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari temir yо‘llar uzunligi bо‘yicha eng past kо‘rsatkichlarga ega. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, hududning kattaligi yо‘llarning uzunligiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 — 2026 yillar davomida amalga oshirilishi mо‘ljallangan «Xavfsiz va ravon yо‘l» umummilliy dasturini tasdiqlash tо‘g‘risida qarorida ham har bir xudud infratuzilmasi, transport xavfsizligi masallari o‘rin olgan.1
Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli jihatlarini о‘z vaqtida D.Diskiene, B.Galiniene, T.Pablo, R.Vicente, R.Ramiro, B.Y.Heo, W.H.Heo, W.Dilla, N.Dalevska, M.L.Tseng, P.A.Tan, T.A.Khudyakova, A.V.Shmidt kabi xorijlik olimlar tomonidan о‘rganilgan2.
О‘zbekistonda A. Soliyev. A. Qayumov, Z. Akramovlar hamda beaosita Surxondaryo viloyatida A. Sattarov, Q. Allayev kabi olimlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning bо‘yicha umumiy jihatlarini kо‘rib chiqqan. Lekin chuqur va kompleks holatda transportning ta’siri jihatdan yetarlicha tadqiq etilmagan. Bu esa mazkur tadqiqot ishini yanada dolzarbligini belgilab beradi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin