Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə2/20
tarix06.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#125899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Umar magistr07

Mazkur tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz va shu bilan birga, uning о‘ziga xos ulkan tabiiy resurs, mineral xomashyo, demografik hamda ishlab chiqarish salohiyatiga ega bо‘lgan Janubiy mintaqasi xususan Surxondaryo viloyatining transport hududiy tizimlarini shakllanishi va rivojlanishining meyoriy-huquqiy jihatlarini yoritib berishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti sifatida О‘zbekiston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv faoliyati olingan.
Tadqiqotning predmeti bо‘lib Surxondaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining geografik jihatlari bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqotning obyekti esa Surxondaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga transportning ta’siri va hududiy tarkibi hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot ishida ilmiy mushohada, tahlil
va sintez, taqqoslash, tizimli tahlil, kartografik modellashtirish usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Surhondaryo viloyati transporining hududiy tarkibini takomillashtirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Dissertasiya ishining tuzilishi va hajmi: Dissertasiya ishi kirish, 3 ta bob, xulosa, ilova va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat. Dissertasiyada jadvallar va chizmalar aks ettirilgan.
Ilmiy ishning kirish qismida tanlab olingan mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, o’rganilganlik darajasi, uslubi va uslubiyoti, amalga oshirilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy axamiyati asoslab berilgan.
Dissertasiyaning xulosa va takliflar qismida tadqiqot natijalari boyicha ishlab chiqilgan xulosa hamda takliflar berilgan.

1-BOB.O’ZBEKISTONDA TRANSPORTNI GEOGRAFIK O’RGANISHNING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI
1.1. О‘zbekistonda transportning xududiy tashkil etilishi va rivojlanishi xususiyatlari
Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari kabi, mamlakatimizda ilk transport yо‘llarining paydo bо‘lishi Chor Rossiyasi davriga borib taqaladi. Binobarin XIX - asrning oxiri va XX-asrning boshlarida о‘lkaning tabiiy mineral resurs salohiyatdan foydalanish maqsadida Chor Rossiyasi tomonidan ilk temir yо‘llar barpo qilindi.
Biroq, sobiq shо‘rolar davrida О‘rta Osiyoda, jumladan, О‘zbekistonda transport tо‘ri nomaqbul ravishda, asosan markaz manfaatlarini hisobga olgan holda shakllantirildi. Janubiy va sharqiy yо‘nalishlarda esa transport kommunikatsiyalari amalda rivoj topmadi. Sobiq Ittifoq parchalangach, transport muammosi О‘zbekiston uchun yanada keskinlashdi.
Respublika birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan yoqilg‘i-energetika kompleksini jadal rivojlantirmay, mustahkam energetika bazasini tashkil etmay turib, temir yо‘l va avtomobil yо‘llarini taraqqiy ettirmay, suv, issiqlik, telekommunikatsiya aloqalari, boshqa infratuzilma turlari bilan ta’minlamay turib biron bir tarmoqni yuksaltirib bо‘lmaydi».3 Shu nuqtai nazardan, transportni rivojlantirish mustaqil mamlakatning birinchi galdagi vazifalaridan biriga aylandi.
Darhaqiqat, О‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoridan munosib о‘rin olishida sanoat, qishloq xо‘jaligi hamda xо‘jalikning barcha tarmoqlarini rivojlanishida transport tarmog‘ining ahamiyati ayniqsa muhim bо‘lib qoldi4.
Mamlakatimiz bevosita dengizga chiqa olmaydigan, boz ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan bо‘lganligi uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq davlat rahbariyati transport tizimini rivojlantirishga katta e’tibor qarata boshladi. Jumladan, transport tizimini takomillashtirish maqsadida “О‘zbekiston havo yо‘llari” milliy aviakompaniyasi (1992 yil 20 yanvar), “О‘zbekiston avtomobil transporti” (“О‘zavtodaryotrans”) davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar, 1998 yil 11 iyuldan “О‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi”); “О‘zbekiston temir yо‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr) va boshqa idoralar tashkil etildi. 2004 yilga kelib, О‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalar uyushmasi tashkil etildi, uning tarkibiga yuqorida aytib о‘tilgan tashkilotlar kiritildi.5
1993 yil fevralda О‘zbekiston avtomobil yо‘llari qurish va undan foydalanish aksiyadorlik konserni ish boshladi. Huddi shu yili О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Navoiy-Uchquduq-Sultonuvays-Nukus» yangi temir yо‘l liniyasini qurish va rekonstruksiya qilish tо‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. 2004 yilda esa mazkur temir yо‘l tarmog‘i ishga tushdi.
О‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlari anklav va eksklav xolda joylashgan. (masalan, Farg‘ona vodiysi, Sо‘x, Shoximardon). Bu xol, albatta, mahalliy va xalqaro transportni rivojlantirishning dolzarbligini kо‘rsatadi.
Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni tashishda transport alohida о‘rin tutadi. Zamonaviy transport vositalari va yо‘llarisiz, yangi о‘zlashtirilgan mintaqalardagi tabiat boyliklardan unumli foydalanish mumkin emas. Transport hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanishida ham yetakchi hisoblanadi.
Chunki, yangi topilgan kon yoki о‘zlashtirilayotgan hududga birinchi navbatda yо‘llar kirib boradi. Shu yо‘llar atrofida keyinchalik aholi manzillari, korxona va zavodlar barpo bо‘ladi.
Shu о‘rinda, 2007 yili katta qazilma yer osti boyliklariga, neft va gaz, kо‘mir, rangli metallar hamda qurilish materillariga boy bо‘lgan О‘zbekistonning janubiy mintaqalaridan samarali foydalanish maqsadida Toshguzar-Boysun-Qumqо‘rg‘on temir yо‘li juda qisqa muddatlarda qurib bitkazilganligi katta ahamiyatga ega bо‘ldi.
Transportning iqtisodiy ahamiyati turli xil hajmdagi yuklarni, aholi ehtiyojiga zarur bо‘lgan tavarlarni, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari bilan aholini о‘z vaqtida tashishda benihoya kattadir. Ayniqsa, transport turli xil xom ashyolar, metall, toshkо‘mir, neft, qurilish materiallarini, asbob uskunalar, yoqilg‘i mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga yetkazib beradi va qishloq xо‘jaligini mineral о‘g‘itlar, yem-xashaklar bilan ta’minlaydi, uning mahsulotini aholi va sanoat markazlariga yetkazib beradi.6
Transportning boshqa makroiqtisodiyot tarmoqlaridan ajralib turuvchi muhim xususiyati uning g‘oyatda xilma–xil ishlarni bajarishi, kо‘p funksiyaliligi, turli vazifalarni hal etishidadir7. Shahar va qishloqlarning ijtimoiy muammolarini hal qilishda ham transport asosiy omil hisoblanadi. Odamlarni о‘z vaqtida ish joyiga, ishdan esa uyga eltib qо‘yadi, ishchi va xizmatchilarni dam olishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, transport mintaqalar о‘rtasida turli sohalarda tajriba almashinishiga zamin yaratadi. Transportsiz aholi joylashuvi tizimlari, shu jumladan shahar aglomeratsiyalarini tasavvur qilib bо‘lmaydi.8 Shu bilan birga, transportning rivojlanishi qishloqni shaharga yaqinlashtiradi va, ayniqsa, malakali kadrlarni qishloqda mustahkam о‘rnashib qolishiga ma’lum darajada kо‘maklashadi. Natijada, katta ijtimoiy vazifani hal etishga, mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga yordam beradi. Demak, bu yerda tranportning 2 muhim xususiyati muhim ahamiyatga ega, biri milliy iqtisodiyot tarmog‘i sifatida bо‘lsa, va ikkinchisi ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omilidir.
Mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini oshirishda, uning harbiy strategik holatini mustahkamlashda ham transportning roli muhimdir.
О‘zbekistonning geografik о‘rni bevosita xalqaro transport koridorlarini shakllantirish mumkin bо‘lgan Osiyo va Yevropani bog‘lovchi Markaziy Osiyoning о‘rtasida joylashganligi transport komunikatsiyalarini rivojlantirish imkonini beradi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo mamlakatlarining, jumladan О‘zbekistonning transport tizimi bir tomonlama, asosan shimoliy (meridional) yо‘nalish vujudga kelgan. Dastlabki temir yо‘llar О‘rta Osiyoni Rossiya bilan bog‘laydigan Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi)–Andijon temir yо‘li 1899 yil ishga tushirilgan. 1906 yilda esa Toshkent–Orenburg temir yо‘li qurildi. U davrda hozirgi О‘zbekiston hududining transport geografiyasi asosan markaz manfatlari nuqtai nazardan rivojlantirildi. Buning natijasida mustaqillikka erishilgandan sо‘ng bir qator muammolar vujudga keldi. Yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni shimoliy yо‘nalish orqaligina jahon bozoriga olib chiqib sotish mumkin edi. Boltiq bо‘yi portlariga, Ukraina va Rossiya orqali Qora dengizga hamda Rossiyaning Uzoq sharqdagi bandargohlariga olib borilishi О‘zbekistonning transport imkoniyatlarini cheklab qо‘ygandi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida eng qisqa, xavfsiz, qulay va arzon transport kommunikatsiyalarini qidirib topish vazifasi dolzarb masalalardan briga aylandi. Chunki, bu vazifani hal etish mahsulot tannarxini tushirishga yordam beradi va shu bilan birga, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, mamlakatni jahonda yuz berayotgan glabalizatsiya jarayonida ishtirok etish uchun zamin yaratadi.
Jahon xо‘jaligi tizimiga О‘zbekiston transportining integratsiyalashuvida yangi loyiha, ya’ni Buyuk Ipak yо‘lining qayta tiklanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masala 1998 yil 7-8 sentabr kunlari Boku shahrida 32 mamlakat va 13 ta xalqaro tashkilotlardan tashrif byurgan delegatsiyalar tomonidan qо‘llab quvvatlandi. Hozirgi kunda Ipak yо‘li loyihasi Xitoy, Markaziy Osiyo, Eron va Turkiyani Yevropa mamlakatlari bilan bog‘laydi. Birinchi navbatda Markaziy Osiyo va Kavkazbо‘yi mamlakatlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi TASIS dasturi asosida TRASEKA loyihasining amalga oshirilishi Yevropa va Markaziy Osiyo transport kamunikatsiyalarini bir-biriga yaqinlashtiradi .
О‘zbekiston respublikasi prezidenti loyiha haqida “О‘zbekiston va boshqa qator Markaziy Osiyo davlatlari bevosita dengiz kommunikatsiyalariga olib chiqadigan yо‘llar yо‘q bо‘lgan sharoitning naqadar murakkab ekanligini chuqur xis qiladi. Kо‘pincha eksport va import qilinadigan mahsulotlarning yо‘l xarajatlari mahsulotning о‘zidan ham qimmatga tushib ketadi. Bu ekspotni iqtisodiy jihatdan foydasiz, hayotiy muhim mahsulotlar importini esa qimmatlashtirib qо‘ymoqda. Shu sabali ham mazkur loyihaning amalga oshirilishi dengiz yо‘liga ega bо‘lmagan mamlakatlar qarshisida Transevropa va Transosiyo transport tarmoqlari bilan bog‘lanish uchun muqobil va barqaror imkoniyat ochadi” deb ta’kidlaydi.9

Buyuk Ipak yо‘lining qayta tiklanishi 1995-2000 yillarda ancha jonlandi va unga yangi yо‘nalish qо‘shildi. Jumladan, 1991 yil 13 dekabrda Ashxobodda О‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlari Tajan-Seraxs temir yо‘lini hamkorlikda qurishga kelishib olishdi. Qurilish 1992 yil boshlandi va 1997 yil uzunligi 295 km-li Tajan-Seraxs-Mashxad yо‘li qurilishi tugallandi. Mazkur temir yо‘lning 130 km li qismi Turkmaniston hududiga, 165 km esa Eronga tо‘g‘ri keladi.


Ushbu temir yо‘llar orqali О‘rta Osiyo mamlakatlari Xitoy davlatining Tinch okeani qirg‘oqlaridagi portlarga, Fors kо‘rfazi mamlakatlariga va О‘rta dengizi orqali Yevropaga chiqish imkoniyatiga ega bо‘ldi.
О‘zbekiston uchun Toshkent-Farob-Tajan-Seraxs-Mashxad-Bandar Abbos (uzunligi 4122 km) yо‘lagi ayniqsa ahamiyatlidir. Hisob - kitoblarga kо‘ra, bu yо‘nalishda yiliga 5,3 mln tonna yuk tashilishi mо‘ljallangan. Cariq dengizdagi Xitoy bandargoxlaridan Istanbulgacha bu yо‘lning qurilishi masofani anchagina qisqartiradi. Agar Transsibir temir yо‘li bu masofada 14000 km bо‘lsa, hozir Markaziy Osiyo mintaqasida 9500 km. ni tashkil etadi. Ushbu yо‘l tashilayotgan yuklarning tannarxini tushirishi bilan birga uni о‘z vaqtida yetkazib berishni ham ta’minlamoqda.
Transsosiyo magistrali Sharqiy Osiyoni Markaziy Osiyo transport tizimi orqali Yevropa bilan bog‘laganligi sababli bu yо‘nalishga Yevropa mamlakatlari ham katta qiziqish bilan qaramoqda. Aytib о‘tilgan yо‘lga muqobil yо‘nalishlardan biri О‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy yо‘nalishi bо‘lib, Tashkent-Olma Ota-Taldiqо‘rg‘on-Drujba-Alashankou-Urumchi va undan Xitoyning Lyanyungan, Sindao hamda Shanxay portlarigacha davom etadi.
Mavjud ma’lumotlarga kо‘ra, yangi muqobil yо‘laklardan foydalanib tashilgan yuk О‘zbekistondan yaqin portlarga 5700 km. dan 3700 km ga qisqargan va eksport qilingan yuklarning 50% shu yо‘llarga tо‘g‘ri kelgan10.
Qolaversa, mintaqa iqlimi undan yil davomida tо‘htovsiz foydalanish imkonini beradi. О‘zbekiston paxtasini Qozog‘iston va Rossiya orqali Ukraina portlariga yetkazish uchun tonnasiga 100 dollardan ziyod mablag‘ sarflasak, shu yuk TRASEKA orqali tashilganda 55 dollarni tashkil etadi11 .
Yangidan-yangi yо‘nalishlarning ishga tushirilishi О‘zbekistonning jahon madaniyatiga qoldirgan ulkan merosi – Buyuk Ipak yо‘lining jadallik bilan qayta tiklanayotganini ham bildiradi. Ana shulardan biri TASIS-dasturiga kiruvchi TRASEKA loyihasi, ya’ni Yevropa–Kavkaz–Osiyo transport koridoridir. Ushbu loyihani amalga oshirish bevosita О‘zbekistonga ham taalluqlidir.
Hozirgi kunda respublika rahbariyati tomonidan mazkur soxani tarkibiy va hududiy takomillashtirish bо‘yicha ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Transport soxasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5647-son Farmoniga asosan О‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida О‘zbekiston Respublikasi transport vazirligini tashkil etilishi, mazkur tarmoqni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Transport koridorlari birinchi navbatda iqtisodiy xavfsiz bо‘lishi kerak. Buning uchun xavfsizlikka taxdid soluvchi omillardan xoli yо‘nalishlar manfaatdor mamlakatlarni qiziqtiradi.
О‘zbekistonning dengizga chiqish imkonini beruvchi quyidagi yо‘nalishlarnini kо‘rsatish mumkin12.

  • Turkmaniston va Eron, Turkiya orqali О‘rta Yer dengizga;

  • Qozog‘iston va Xitoy hududi orqali Uzoq sharqdagi portlarga.

  • Turkmaniston - Kavkaz orqali Qora dengizga va О‘rta Yer dengiziga olib chiquvchi yо‘lak, ya’ni Transkavkaz karidori. Ushbu yо‘lakda Dunay daryosidan foydalanib, Yevropa mamlakatlariga ham chiqish mumkin;

  • Qozog‘iston - Rossiya orqali Tinch okean portlariga;

  • Qozog‘iston - Rossiya orqali Shimoliy Muz okeani dengizlariga, Yevropaga; Latviya portlaridan foydalanib Boltiq bо‘yi mamlakatlariga;

  • Qirg‘iziston orqali Xitoy va uning dengiz portlariga.

Buyuk Ipak yо‘lining qayta tiklanishini yangi Yevropa-Kavkaz-Osiyoning “transport arteriyasi” deb atamoqdalar. Yuqoridagi avtomobil va temir yо‘llar xalqaro ahamiyatga ega bо‘lgan magistral yо‘llarning jahon miqyosida ahamiyatini yanada oshiradi. Ular doirasida avtomobil yо‘llar respublikamizda о‘ziga xos tarzda rivojlanib bormoqda.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin