Suyuqlik kichik tekshikdan oqayotganda qarshilik tezlik va sarf koeffisentlari



Yüklə 352 Kb.
səhifə4/8
tarix08.06.2023
ölçüsü352 Kb.
#126943
1   2   3   4   5   6   7   8
suyuqlik kichik tekshikdan oqayotganda qarshilik tezlik va sarf koeffisentlari

Ichki silindrik naycha.


Yupqa devordagi teshikdan oqish holi bilan solishtirish natijasi shuni ko`rsa­tadi­ki, silindrik naychalardan oqishda oqimchaning siqilishi bo`lmagani uchun sarf ortadi, lekin qarshilik katta bo`lgani uchun tezlik kamroq bo`ladi. Ba'zi hollarda ichki silindrik naychalar qo`llanilib, ular idish devoridagi teshikka ichkari to­mo­ni­dan kavsharlangan juda kichik truba ko`rinishida bo`ladi. Bunday naychalarda oqim­cha kirishdagi torayishdan keyin lн  2,5Dн ga teng uzunlikda to`liq kengayadi (8.3-rasm). Bu holda ham  = 1 bo`lib, m = = 0,70 bo`ladi lн1,5D da esa oqim to`liq kengayishiga ulgurmaydi, natijada sarf kamayib ketadi.
Turli xil naychalar
Silindrik naychalarning kamchiliklari shulardan iboratki, ularning uzunligi yetarli bo`lib, oqimcha to`liq kengayishga ulgursa (8.3-rasm a), u holda qarshilik ortib ketadi. Agar u kaltaroq bo`lsa, oqimcha to`liq kengaymasligi (8.3-rasm, b) natijasida sarf koeffisiyenti kamayib ketadi. Shuning uchun, odatda, boshqa xildagi nay­­chalar ham qo`llaniladi. Ular konussimon kengayuvchi (8.4-rasm, a), ko­nus­si­mon torayuvchi (8.4-rasm, b) va konoidal (8.4-rasm, v) naychalardir.
Konussimon kengayuvchi naychalarda (diffuzorlarda) kirishda oqimcha juda ko`p torayadi, so`ngra esa tez kengaya boshlaydi va naychani butunlay to`ldiradi. Shu­ning uchun siqilish koeffisiyenti  = 1. Konuslik burchagi Θ80 bo`lganda esa oqimcha to`liq kengaya olmaydi va natijada naycha devorlariga teg­may oqadi. Bu holda oqish yupqa devordagi teshikdan oqish holidan farq qilmaydi.
Kengayuvchi naychalarda tezlik, siqilish va sarf koeffisiyentlari (Θ≤80 da) konussimon kengayish burchagiga bog`liq bo`lib, ularning qiymatlari o`rtacha m = = 0,45 bo`ladi. Bunday naychalarda tezlik kamayib ketadi. Bunga sabab naychada oqimcha torayishi va so`ngra tez kengayishi natijasida qarshilik ko`payib ketishi­dir. Shunga qaramay suyuqlik sarfi ancha ko`payadi. Albatta, sarf koeffisiy­ent­idan buning aksi ko`rinadi, lekin bu koeffisiyent kengaygan chiqish kesimiga tegishli ekanini hisobga olsak, sarfning ko`payishi tushunarli bo`ladi. Konussimon kenga­yuv­shi naychalarda oqimcha toraygan yerda vakuum paydo bo`ladi va u so`rish ef­fek­tini vujudga keltiradi. Bu effekt silindrik naychalarda ham bo`ladi, lekin ken­ga­yuv­chi naychalarda kuchli. Bunday naychalar past bosimlarda yaxshi natija beradi.

Yüklə 352 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin