T abdraxmanov


-rasm. Och tusli bo‘z tuproqlar xududining sifat baxolash ko‘rsatkichlari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə24/43
tarix29.03.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#91263
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов

5-rasm. Och tusli bo‘z tuproqlar xududining sifat baxolash ko‘rsatkichlari

Masalan, agar namunaviy tajriba sharoitida TXO turli holatlarda suv bostirilsa, TXOning turli chuqurliklarda vaqtga nisbatan bog‘liqlik grafigi tuziladi va hokazo. Har bir o‘lchangan ko‘rsatkichning oralig‘i belgilangan ehtimollikni aniqlash uchun mos tarzda bo‘lishi kerak; bu bo‘limda olingan dastlabki statistik natijalar qo‘llanilgan usulning ham tahliliy ham aniqlanayotgan ko‘rsatkichning o‘zgarishlarini aks ettirishi kerak. Ko‘p qo‘llaniladigan usullarning tahliliy xatoliklariga oid ma’lumotlar ilmiy adabiyotlardan olinishi mumkin.



III.BOB.O‘QITUVCHINING DUNYOQARASHI, ILMIY SALOHIYATI VA PEDAGOGIK MAHORATINING UZVIYLIGI


3.1.Dars o‘tishning asosiy shakllari va ularning bilimini baxolash

Ta’lim – pedagog, ya’ni o‘qituvchi bilan talabalar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbir hisoblanadi. Ta’lim faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayoni - uzatish, qabul qilish, anglash, esda saqlash va amalda qo‘llay olishni nazarda tutadi.


O‘qitish usullari o‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi, tegishli usullarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. Usullar bilimlarni berish va qabul qilish hususiyatiga qarab so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyga bo‘linadi. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda va talabalar bilim faoliyatlarini rivojlantirishda tushuntirish, mahsuldor, muammoli bayon, xususiy qidirish, hamda yarim tadqiqot uslublarini qo‘llash mumkin.
Ta’limning og‘zaki usullariga: hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar kiradi. Bu usullarni qo‘llashda pedagog so‘z vositasida o‘quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, talabalar esa tinglash, eslab qolish orqali uni faol qabul qiladilar.
Hikoya usulida talabalarga beriladigan bilim mazmunini og‘zaki bayon qilish ko‘zda tutiladi. Hikoyaning bir necha turi mavjud, ya’ni hikoya-muqaddima, hikoya-bayon, hikoya-xulosa. Birinchisining maqsadi talabalarni suxbat orqali yangi bilimni qabul qilishga tayyorlash. Hikoyaning bu turi bayonning nisbatan qisqaligi, yorqinligi, qiziqarliligi va hissiyotga boyligi bilan ajralib turadi, yangi bilim olishga qiziqish, uni faol o‘zlashtirishga extiyoj uyg‘otadi.
Bayon etish muqaddima vaqtida talaba faoliyatining vazifalari to‘g‘risida tushunarli shaklda xabar beriladi.
Bayon etish davrida pedagog yangi mavzu mazmunini ochib beradi, muayyan rivojlanuvchi reja asosida bilim berib, ichidan muhimlarini ajratib, ko‘rgazmali va ishonarli misollar bilan izchil bayon qilib beradi.
Bayon etish odatda, mashg‘ulotning oxirida keltiriladi. Pedagog ushbu usul orqali asosiy fikrni yakunlaydi, xulosalaydi va umumlashtiradi.
Bayon etish usulini qo‘llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Bular diqqatni faollashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlardir. Bayon etish samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o‘ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, misol va ko‘rgazmalarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish.
Suhbat usuli - atroflicha o‘ylangan savollar yordamida pedagog bilan talabalarning fikrlash tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Suhbat usulini qo‘llashda savollarni qo‘yish talabalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. Savollar yaxshi qabul qilinishi uchun yetarlicha hajmdor bo‘lishi lozim. Suhbat uslubi va unga tarkibiy qism bo‘lib kiruvchi usullardan foydalanishda pedagogning samimiyligi chehrasining ochiqligi, ruhining ko‘tarinkiligi yetakchi o‘rin egallaydi.
Ta’limning ko‘rgazmali usulini shartli ravishda ikki katta guruhga bo‘lish mumkin; ko‘rgazmali va namoyish qilish usullari.
Ko‘rgazmali usuli - talabalarga ko‘rsatish mumkin bo‘lgan qo‘llanmalar, didaktik materiallar, ya’ni harita, plakat, doskadagi chizma va rasmlar, allomalarning surati va boshqalarni nazarda tutadi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin